5-jadval
Atrof-muhit monitoringi tizimi
(I.P. Gerasimov bo‘yicha, 1981 y.)
Monitoring
darajalari
|
Monitoring ob’ektlari
|
Xarakterli ko‘rsatkichlar
|
Bioekologik (sanitar)
|
Havoning er yuzasiga yaqin qatlami
|
.Zararli moddalar miqdori
|
Er usti va er osti suvlari
|
Fizik ia biologik qo‘zg‘atuvchilar (shovqin. allergen va boshqalar)
|
Sanoat va maishiy oqava suvlar va chiqindilar
|
|
Radiaktiv nurlanish
|
Radionurlanish darajasi
|
Geoekologik, geotizimli (xo‘jalik)
|
Yo‘qolib borayotgai hayvon va o‘simliklar turlari
|
Tabiiy ekotizimlarning funksional tuzilmasi va uning buzilishi
|
Tabiiy ekotizimlar
|
O‘simlik va hayvonlarning populyasiya xolati
|
Agroekotizimlar
|
Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi
|
O‘rmon ekotizimlari
|
Ekilgan daraxtlar maxsuldorligi
|
Biosferali (global)
|
Atmosfera(troposfera) va ozon ekrani
|
Radiatsiya balansi, ortiqcha qizdirish, gaz tarkibi va changa
to‘yinish
|
Gidrosfera
|
Yirik daryo va suv xavzalarining ifloslanishi, suv xavzalari va materiklarda suvning global tavsifi
|
O‘simlik va tuproq qoplami, hayvonot dunyosi
|
SO2 va O2 ning global balansi. Moddalarning yirik masshtabdagi aylanma harakati
|
2. Makon jihatdan:
a) global (dunyo miqiyosida) monitoring;
b) regional (hududiy, mintaqaviy) monitoring;
v) lokal (mahalliy) monitoring.
Vaqt jihatidan:
a) ob-xavo monitoringi (tezkor);
b) iqlim monitoringi (uzoq muddatga).
4) Komponentlar jihatidan — biosferaning qaysi komponentlari nazorat qilinishiga qarab:
a) biosfera holatining asl monitoringi;
b) er-quruqlik ekotzimlar holati monitoringi;
v) havo havzasi holati monitoringi;
g) quruqlik suvlari holati monitoringi;
d) okean ifloslanishi monitoringi;
s) litosferaning yuqori qismi holati monitoringi (tomonitoring);
s) tuproq degradatsiyasining global baholash monitoringi;
j) o‘simliklar qoplami, jumladan tropik o‘rmonlar monitoringi;
z) tirik dengiz resurslari monitoringi;
i) insonlar salomatligi holati monitoringi;
k) genetik monitoring.
5) Bosqich jihatidan — biosferaning qaysi bosqichlari nazorati bo‘yicha:
a) biosfera monitoringi;
b) biosfera tizimlari sifatida ekotizimlar monitoringi;
v) ekotizimlardagi biotalar monitoringi;
g) organizmlar monitoringi;
d) organizm to‘qimalari monitoringi;
s) genetik monitoring (molekula darajasida).
6) Tuzilmali — vazifa (strukturali funksional) jihatidan:
a) tabiiy jarayonlar dinamikasi monitoringi.
7) Sabab yoki genetik (ifloslanish manbalari) jihatidan:
a) ifloslovchi manbalar monitoringi;
b) oltingugurt (II) oksidi monitoringi va h.k.
8) Uslubiy jihatdan:
a) koinot monitoringi;
b) biosfera qo‘riqxonalari monitoringi;
v) dengiz monitoringi;
g) kimyoviy monitoring;
9) Siyosiy jihatdan: chegaraviy monitoring va boshqalar.
Hozirda ekologik monitoring konsepsiyasi jadal rivojlanmoqda. Bu o‘z-o‘zidan uning tasniflanishida ham takomillashishlar bo‘lishiga ta’sir etishi tabiiy. YUqoridagi tasniflar biosferaning juda murakkab tuzilganligidan dalolat berishi bilan birga, uni o‘rganish, ayniqsa, monitoring jihatlari ancha og‘ir kechishini ham bildiradi. Biroq, ekologik monitoring biosfera holatini nazorat qiluvchi yagona manba ekanligi aniq. Faqat ilmiy tashkil etilgan monitoringgina tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va biosferani muhofaza qilish — asrash borasidagi etarli hamda zarur ma’lumotlarni berishi mumkin.
Ekologik monitoringi tashkil etish va bioekologik monitoring
Andozali (etalon) hududlar (biosferali qo‘riqxonalar) da nazoratli tadqiqotlar o‘tkazish ularning inson ta’sirida o‘zgarishiga bo‘lgan holatlarni o‘rganish bilan hozirgi davrdagi o‘zgarishlar o‘rtasidagi farqlarni ajratish, ekologik vaziyatlarning o‘zgarishi bo‘yicha ilmiy xulosalarni tayyorlash uchun ahamiyatlidir. Bu borada biotik, tuproq bo‘yicha o‘zgarishlarga ustuvorlik beriladi. Buning natijasida radiatsion balans, muhitning issiqlik va suv jismlari bo‘yicha kirim-chiqim farqlari aniqlanadi. SHuningdek, ekotizimlar bo‘yicha qo‘riqxonalar va xo‘jalikda foydalanadigan ekotizimlarda insonning maqsadga muvofiq va salbiy ta’sirlarida bo‘ladigan o‘garishlar bo‘yiicha ham monitoringli ishlar bajarilishi darkor.
Bu borada integral ko‘rsatkichlar sifatida biologik mah- suldorlikning balansliligi (birlamchi mahsuldorlikni ikkilamchi mahsuldorlikka nisbati), biomahsuldorlikning vujudga kelish tezligi, biogen moddalar aylanma harakatining tezkorligini aniqlash zarur. Ushbu tadqiqotlarni amalga oshirishda quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq: atrof-muhit holati o‘zgarishining indikatorlarini aniqlash, bu hol uning ifloslanishi oqibatida yuz beradi; dacha kuzatish- lari va laboratoriya tajribalari asosida «doza (miqdor) - javob ta’siri» bog‘liqligini aniqlash; ekotizimlardagi ifloslantiruvchi moddalarning o‘zgarish yo‘llari va jarayonlarini tahlil qilish. Bu maqsadlarda kimyoviy-biologik o‘lchash natijataridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ekologik o‘zgarishlarni o‘rganish va ekologik monitoring (EM)ni tashkil etish hali tabiiy muhit kuchli darajada o‘zgarmagan hududlarda ancha murakkabligi bilan tavsiflanadi. Bu borada biosfera qo‘riqxonalarida tadqiqot ishlarini amalga oshirish amaliy ahamiyatga molikdir. CHunki bu hududlarda tabiiy sharoit tubdan o‘zgarmaganligi tufayli monitoring tadqiqotlari nihoyatda extiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim. Bunda bir qator geofizik ko‘rsatkichlar bo‘yicha (quyosh radiatsiyasi, kimyoviy elementlar aylanma harakatining inson ta’sirida o‘zgarishi, tuproq qoplami, suv kirim-chiqim va aylanma harakatini) kuzatish taklif qilinadi.
EM qo‘riqxonalarda quyidagi dasturlar asosida amalga oshirilgani ma’qul: tabiat ifloslanishining monitoringi; biotaning inson ta’siriga nisbatan aks-sadosi, birinchi navbatda ifloslanmagan muhitning javobi qanday bo‘ladi; etalon (andoza)li ekotizimlarning funksional va tuzilmaviy ko‘rsatkichlari o‘zgarishini kuzatish.
Biosfera qo‘riqxonalarida kuzatish ishlarini amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor beriladi: moddalarning tarqalganlik darajasi, barqarorligi, o‘zgaruvchanligi biologik va iqlimiy tizimlarga ta’sir etish qobiliyati. Havo va suv havzalarida ularni kuzatish muddati 10-20 kun, qolgan komponentlarda esa 2-6 oyda bajariladi.
Abiotik monitoring dasturiga gidrometeorologik va boshqa geofizik kuzatishlarning ko‘rsatkichlari ham kiritiladi. Bular quyidagilardan iborat:
- shamolning tezligi va yo‘nalishi atmosfera bosimi va havo harorati, yog‘in-sochin miqdori;
- quyosh radiatsiyasining intensivligi (to‘g‘ri radiatsiya, tarqoq va jami radiatsiya ultrabinafsha nurlanish);
- suv sathi na sarfi, harorati, oqiziq moddalari,
- tuproq namligi va issiqlik balansi, atmosfera bo‘yicha kuzatish ishlari 1-5 kungacha, yog‘in-sochin 1 oyda va gektarda 1 marta o‘tkaziladi. Qordan namuna bahorgi erish oldidai 1 marta, er usti suvlari va oziqlarda 1 yilda (3 marta, o‘zandagi tub jinslardan yozgi mejenda olinadi. Tuproq yilda 1-2 marta tadqiq qilinadi, biota yilda 2 marta (kimyoviy moddalarining mavjudligi bo‘yicha) tekshiriladi.
Biotik monitoring dasturiga esa quyidagilar kiritiladi:biotaniig hozirgi holatini baholash; biotaning atrof-muhitning moslashishiga bo‘lgan ta’sirlanishi bashorati; dala tadqiqoti uslublari bo‘yicha biotaniig holatini nazorat qilish. Ushbu ko‘rsatkichlar bir-birlari bilan bog‘liq holda olib boriladi. Birinchi dasturda turlarning ko‘payishini o‘lchash to‘xtovsiz amalga oshiriladi. Tuproqda mikroorganizmlarning holati va miqdorini yomg‘ir chuvalchangi misolida ko‘rish mumkin. Masalan, tuproqda kadmiyniig mavjudligi chuvalchang kamayishiga olib keladi yoki pestitsid miqdorining ortishi bilan bog‘liq.
Atmosfera havosi tarkibida pestitsidlar— DDT va boshqa og‘ir metallar o‘rganilishi lozim va h.q.
Bioekologik monitoring (BEM) I.P.Gerasimovv bo‘yicha atrof-muhitning hozirgi monitoringning birinchi bosqichi bo‘lishi lozim. Uiing asosiy vazifasi atrof-muhit ifloslanishining inson va umuman, aholi sog‘lig‘iga ta’sirini kuzatishdan iborat. Bu hol birinchidan, ushbu monitoring maqsadi manfatlarga yo‘naltirilganligi; ikkinchidan, inson salomatligi tabiiy muhit holati o‘zgarganligining asosiy mezoni hisoblanishi bilan izohlanadi. Inson salomatligining o‘zgarishi atrof-muhit holatining o‘zgarishdan darak beradi, binobarin, uni yaxshilash choralari ko‘rilishi muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ushbu bosqichni, bioekologik yoki qisqacha sanitar-gigienik monitoring, deb ham ataladi. Atrof-muhitining o‘zgarishi (ifloslani- shi) sekin-asta yoki keskin ravishda sodir bo‘lishi mumkin. SHu tufayli nazorat ishlari muntazam bo‘lishi va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lga noxush hodisalarning oldini oluvchi tadbirlar majmuasi oldindan belgilanishi zarur. Masalan, enidemiyalarning tabiiy o‘choqlari yoki kishilarning ommaviy zaharlanishini aniqlash darkor. Birinchi galdagi o‘zgarish natijasida, ya’ni tabiiy muhit holatining asta-sekin o‘zgarishi tufayli inson sog‘ligiga tez muddatda ta’sir etmasligi mumkin, lekin vaqt mobaynida qaytarilib turilishi sababli jiddiy darajada zarar keltirishi aniqlangan (masalan, radioaktiv nurlanish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarning pestitsidlar ta’sirida zaharlanishi va boshqalar).
BEMda kuzatish shoxobchalarining joylashtirilishi geoti- zimlarning, ijtimoiy va iqtisodiy komponentlarning tuzilmasiga bog‘liq. Aholi sog‘lig‘ini nazorat qilish uchun ma’lum ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lishi kerak. Ular odamning atrof-muhit ifloslanishi tufayli ekologik aks ta’sirlanishini ifodalashi lozim. Bu turli xildagi kasallanish va o‘limning yuz berishi bilan izohlanishi mumkin. Lekin ularni jamlashtiruvchi ko‘rsatkich sifatida umumiy kasallanish (odamning kasallanishi yil davomida necha marta sodir bo‘lganligi) va o‘lim (ularning miqdori vaqt mobaynida hududga nisbatan) ko‘rsatkichlari e’tiborga olinishi kerak. SHuningdek, tug‘ilishning tadrijiy o‘zgarishi (dinamikasi) va xayotning davomiyligi (o‘rtacha umr ko‘rish, 1 yoshgacha go‘daklar o‘limi) ham inobatga olinishi taqozo etiladi.
BEMda ko‘rsatkichlarning tarkibini aniqlash va ular o‘rtasidagi o‘zaro yaqinlik va aloqadorlik hodisalarning bir-biriga o‘xshashligi va genezisini aniqlashi talab qiladi. SHuning uchun ko‘rsatkichlarni tanlashda ma’lum tartib bo‘lishi shart. Birinchi navbatda eng aniq va eng xavfli ko‘rsatkichlarga e’tibor berilishi lozim, so‘ngra boshqa ko‘rsatkichlarga o‘tiladi.
Ekologik monitoring tizimida ko‘proq sinalgan tajriba atmofera havosi va suv havzalarining ifloslanganligini bildiruvchi, ya’ni zaharli ko‘rsatkichlarni ifodalovchi ruhsat etilgan konsentratsiya (REK) hisoblanadn. Bu ko‘rsatkich havo yoki suv (tuproq)ning turli chiqindi va kimyoviy ashyolar bilan ifloslanish darajasi me’yordan necha marta kattaligini ko‘rsatadi. Bular, albatta, o‘simlik, hayvonlar, tuproq va boshqa tabiat komponentlari uchun ham ishlab chiqilmoqda( (6-jadval).
BEM bo‘yicha atrof-muxitni ifoslantiruvchi moddalarni ko‘rsatib o‘tish muhim ahamiyat kasb etadi: radionuklidlar; gazli chiqindilar (oltinugurt qo‘sh oksidi, uglerod oksidi, azot oksidi, azot (II) oksidi na boshqalar); mineral chiqindilar (simob birikmasi, qo‘rg‘oshin, mishyak fosfor, kadmiy, ftop, nitrey, nitratlar va boshqalar); organik va polimer ifloslantiruvchilar (DDT, pestitsidlar, neft uglevodorodlari, mikroblar va boshqalar). REKga faqat zaharli chiqidilarni qo‘shish bilan birga, fizik xodisalarni ham kiritish kerak (shovqin, odam va hayvonda ruhiy kasalliklarni keltirib chiqaradi), bunda shuningdek, allergik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi biologik xodisalarga ham ahamiyat berish talab etiladi.
6-jadval
Atmosfera havosidagi inson va daraxtsimoi o‘simliklar uchun zararli moddalarning ruhsat etilgan eng yuqori birlamchi va o‘rtacha konsentratsiyasi
Zararli moddalar
|
Ruhsat etilgan konsentratsiyasi, mg/m3
|
Inson uchun
|
Daraxtlar uchun
|
eng yuqori
|
o‘rtacha
sutkalik
|
eng yuqori
|
o‘rtacha sutkalik
|
Azot oksidlar
|
0.08 l
|
0.04
|
0,04
|
0,02
|
Karbonat angidrid
|
0.5
|
0,05
|
0,3
|
0,015
|
Ammiak
|
0.2
|
0,04
|
0,1
|
0,04
|
Benzol
|
0.5
|
0.1
|
0,1
|
0,05
|
Qattiq moddalar (sanoat changi. sement)
|
0,5
|
0,05
|
0,2
|
0,05
|
Metanol
|
|
|
0.2
|
0.1
|
Uglerod
|
5.0
|
3,0
|
5,0
|
3,0
|
Sulfat kislota bug‘lari
|
0.3
|
OD
|
0.1
|
0,03
|
Oltingugurt vodorodi
|
0,008
|
0,008
|
0,008
|
0,008
|
Gazli ftor birikmalar
|
0.02
|
0,005
|
0,02
|
0,003
|
Farmaldegid
|
0,035
|
0,003
|
0,02
|
0,003
|
Xlor
|
0.1
|
0,03
|
0.025
|
0,0015
|
Inkeogekean
|
0,4
|
0,4
|
0,2
|
0,2
|
Atrof-muhit BEMini amalga oshirish tan olinganligi tufayli turli joylar (mamlakatlar, shaharlar)da nazorat-kuzatish shoxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda (masalan, sanitar-gigienik, epidemiologik, suv, havo va boshqalarning ifloslanishini nazorat qiluvchi bo‘limlar). Bundan keyin ularning ish faoliyatini kengaytiribgina qolmay, balki ilmiy va texnik darajasini oshirish, axborotlarning aniqligi va asoslanganligini ta’minlash va shularni muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq.
Atrof-muhit BEMini oqilona tashkil etish va nazorat shoxobchalarinn etarli darajada bir tekisda joylashtirish, avtomatik ravishda ma’lumotlarni olish va yig‘ish, qayta ishlash va ikkilamchi tayyor ma’lumotlarni berish muhim hisoblanadn. Albatta, axoli zich joylashgan hududlarda ularni joylashtirishda ham ma’lum darajada zichlik bo‘lishi darkor. Suv va havoning ifloslanishi manbalarida kuzatish jarayonlari alohida nazoratda bo‘lishi va bu boradagi ishlarga muntazam ahamiyat berib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |