O‘zbekiston



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə12/18
tarix21.05.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#58920
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Ekologik monitoring majmua

Qisqacha hulosalar

Ekologik monitoringning abiotik na biotik hamda bioekologik, geoekologik biosferali monitoring turlari mavjud.


Ekologik monitoring boshqa jihatlari bo‘yicha ham tasniflanadi.
Ekologik monitoring tadqiqotlari namunaviy (etalonli) hududlarda ma’lum dastur asosida amalga oshiriladi. Bioekologik monitorining acociy vazifasi atrof-muhit ifloslanishining inson (aholi) sog‘lig‘iga ta’sirini kuzatishdan iborat.
Geoekologik monitoring geotizimli yoki tabiy-xo‘jalik monitoringdir. U tabiy majmualarining o‘zgarishi ustidan nazorat olib boradi.
Biosferali monitoring biosfera ayrim ekologik hududlar bo‘yicha emas, bir butun global holda tadqiq qilinadi.


Nazoratga muhokama uchun savollar



  1. Ekologik monitoringning kanday turlari mavjud?

  2. Ekologik monitoring tadqiqotlari qanday amalga oshiriladi?

  3. Biologik monntoring qanday maqsad va vazifalarni echishi lozim?

  4. Geoekologik monitoringning mazmun-mohiyati nimada?

  5. Biosferali monitoringning xususiyatlarini bilasizmi?

  6. Biosferali qo‘riqxonalar boshqa qo‘riqhonalardan nimasi bilan farqlanadi? Ular qanday tuzilishga ega bo‘lgan?



IV bob


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING EKOLOGIK MONITORING TIZIMI


4.1. O‘zbekistan Respublikasida ekologik monitoring

Barqaror iqtisodiy rivojlanish asosida inson uchun zarur eng qulay yashash muhitini ta’minlash va qo‘llash mamlakatimiz davlat siyosatining strategik maqsadidir. Bu maqsadga erishish uchun, avvalo, tabiiy resurslarni majmuali boshqarish tizimini takomillashtirish darkor. Samarali boshqarish uchun esa ekologik monitoring tizimi juda zarur.


O‘zbekistonda meteorologik parametrlar, daryo oqimlari, atmosfera havosi, er usti suvlari va tuproqning ifloslanini kuzatish, axborotlar yig‘ish, ularni tahlil qilish, tabiatdagi kutilayotgan o‘zgarishlar bashoratini tayyorlash va ilmiy jihatdan umumlashtirish ekologik monitoringning tarkibi bo‘lib, respublikada tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq qarorla qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
O‘zbekiston Rssiublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining analitik nazorat Davlat inspeksiyasi respublika bo‘yicha havo muhiti, tuproqlar va ochiq suv havzalari monitoringn yuzasidan yagona tizim tashkil etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Analitik nazorat Davlat inspeksiyasi (ANDI)ning asosiy faoliyati O‘zbekiston hududida ifloslovchi manbalar, ular ustidan monitoringni tashkil etish va amalga oshirish, tuproq holati nazorati. ichimlik va oqar suvlar hamda sanoat chiqindilari monitoringi Dasturini amalga oshirishga qaratilgan.
Hozirda ekologik monitoring tuzilmasi ikki tizimdan iborat:
a) atrof-muhit holati sifatini kuzatish, uning sifatini majmuali baholashni va antropogen ta’sirda mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni bashoratlash;
b) tabiiy muhitni ifloslovchi manbalarni hisobga olish.
Respublikamizda ekologik monitoring faoliyatini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxka- masining 2002 yil 3 apreldagi 111-qarori bilan «O‘zbekiston Res- pubyaikasining atrof-muhit davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Bunga asosan yagona Dastur asosida atrof-muhit mo- nitoringini tashkil etish, shuningdek, atrof-tabiiy resurslaridan foydalanish bo‘yicha yillik Milliy ma’ruza tayyorlash buyurilgan.
O‘zbekistonda atmosfera havosi va uni ifloslovchi manbalar monitoringi Gidrometrologiya Bosh boshqarmasi va Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan. SHu holatga taalluqli «2005 yilgacha bo‘lgan davrda atmosfera havosi va uni ifloslovchi manbalar monitoringini rivojlantirish va modernizatsiya qilish Dasturi» ishlab chiqilgan.
Unda quyidagilar ko‘zda tutilgan:
- havo sifati monitoringi tizimini istiqbolda ham rivojlantirish va takomillashtirish;
- nazorat tizimlarini yaxshilash, jihoz va anjomlarini almashtirish, nazoratning to‘liq avtomatlashtirilgan tizimlari va tadqiqotning yangi usullarini qo‘llashni joriy etish;
- tegishli tashkilot va vazirliklardan havo sifati to‘g‘risidagi axboratlarni yig‘ish va qayta ishlashning yagona samarali tizimini tashkil etish.
Hozirda ekologik monitoring tadqiqotlarida an’anaviy usullardan tashqari distatsion zondlash va Er yo‘ldoshlaridan olingan axbortlardan foydalanilmoqda, bu o‘z o‘rnida katta maydonlarda tezkor nazoratni tashkil etishga yordam bermoqda.
O‘zbekistan Respublikasi 1994 yildan BMTning «CHo‘llashish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash bo‘yicha Konvensiyasi» a’zosi sifatida o‘z Milliy dasturida quyidagilarni zimmasiga olgan:
- iqlim, meteorologik, gidrologik, biologik va boshqa omillarni oldindan hisobga olib, ular to‘g‘risida ma’lumot, kuzatish, baholash, axborotlar tarmog‘ini mustahkamlash;
Milliy dasturda yana quyidagi masalalar mavjud bo‘lib, ular Boshgidrometga yuklatilgan:
- region (hudud) tabiiyy muhiti monitoringini rivojlantirish;
- avvaldan ogohlantiruvchi tizim tashkil etish;
- dehqonchilik va chorvachilik maqsadlari uchun barqaror irrigatsiya dasturini rivojlantirish.
Respublikada «Ekologik monitoringning yagona davlat tizimi» (7-chizma) tashkil etilishi qator ekologik, ijtimoiy-iqisodiy muammolarni o‘z vaqtida echishga yordam beradi:
- xukumat va vazirliklar tashkilotlar uchun jamiyatning uzoq davrga mo‘ljallangan rivojlanish rejalarini ishlab chiqish, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rivojlantirish rejalarini tuzish, ekologik vaziyat murakkablashganda tezkor qarorlar qabul qilish, mahsulotlar jahon bozoridagi xozirgi o‘zgarishlar sharoitida baholash va h,k.;
- xo‘jalik ishlab chiqarishi uchun xo‘jalikning rivojlantirishni rejalashtirish, xavfli ekologik vaziyatlarda tezkor tadbirlar qo‘llash, mahsulotlar narxining o‘zgarishini ba­holash va h.k;
- barcha tibbiy xizmatlar va FVV (faikulodda vaziyatlar vazirligi) uchun ekologik vaziyatlarda (yoki tabiiy ofatlar) vaqtida tadbirlar ishlab chiqish va aholini ijtimoiy muhofaza qilishni tashkil etish.(8-chizma).

8-chizma





Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin