O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 10- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix03.08.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#138529
1   2   3   4   5   6
Nuriddinova Xurshida Avazovna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
10-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.08.2022
168 
Til rivoji kishilarning turli - tuman tajribalarining takomillashiga, bu 
tajribalarning avloddan-avlodga o‘tishiga imkon bergan. Natijada fan, madaniyat, 
texnika taraqqiy qilgan, ya’ni kishilik jamiyati rivojlangan. Tilning rivojlanishi jamiyat 
rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ijtimoiy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar tilda 
aks etadi. Bu o‘zgarishlar hammadan ko‘proq tilning lug‘at boyligida o‘z ifodasini 
topadi. Yangi narsa-buyum va tushunchalarning keng iste’moldan chiqib ketishi 
hammadan avval tilning lug‘at boyligida o‘zgarish bo‘lishiga olib keadi. 
BMTning ma’lumotlariga ko‘ra,1999-yilda yer yuzi aholisi 6 mlrd.ga yetdi. 
Dunyodagi xalqlar 2976 xil tilda gaplashadi. Shundan 200 tilning har birida 1 mln.dan 
ortiq ,70 tilning har birida 5 mln.dan ziyod, faqat 13 tilning har birida 50 mln.dan ortiq 
kishi so‘zlashadi. Qolganlarning har birida esa 1mln.dan ortiq kishi gaplashadi. Kavkaz 
tog‘larining bag‘rida joylashgan Dog‘istonda 1mln.dan ortiq xalq bo‘lib, ular 40ga yaqin 
tilda so‘zlashadi. Dunyodagi tillar kelib chiqishi lug‘aviy va grammatik jihatdan 
yaqinligiga qarab bir necha til oillalariga bo‘linadi.Yer yuzida 20ga yaqin til oilasi bor. 
Lotin tili ko‘p asrlar davomida tirik til bo‘lgan: antik davrda rimliklar va Rim 
imperiyasidagi ko‘p xalqlar lotin tilida gaplashganlar. Bu tilda hozir ham o‘rta va oliy 
tibbiyot o‘quv yurtlarida xabardor qilinadi. O‘lik til hisoblanadigan qadimgi xorazmiy 
tili va yozuvi eroniy tillarning sharqiy turkumiga mansub bo‘lib, qadimiy Xorazm 
aholisi shu tilda gaplashgan. Qadimgi xorazmiy tili XI asrlarga kelib iste’moldan qolgan 
va o‘lik tilga aylangan. 
Jamiyatning turli sohalarida o’zbek tili ijtimoiy funksiyalarining kengayishi 
Til birliklari ijtimoiy qo’llanilishi nuqtai nazaridan nutq sharoitiga bog‘liq 
ravishda vazifalanishni kasb etadi. Ayrim lug‘aviy birlik garchi sinonimik qator 
tarkibida turishiga qaramay, semantik tarkibidagi ma’no nozikligiga ko’ra og‘zaki yoki 
badiiy nutq uchun xoslanganligi bilan farqlanadi. Til birliklarining ijtimoiy 
fuksionallashuvi lug‘viy birliklarning ayni mana shu xususiyatidan kelib chiqadi. 
O’zbek tilida til ijtimoiy vazifalanishida beshta uslub turi farqlanib, ularning barchasi 
fonetik-fonologik, leksik-semantik hamda grammatik imkoniyati va o’ziga xosligi bilan 
farqlanadi. Tilni funksional uslublarga ajratish masalasi munozarali jarayonlarni 
boshdan kechirgan bo’lib, so’zlashuv, ilmiy, rasmiy, publitsistik uslub turlari orasida 
badiiy uslubni ajratmaslik kerak, sababi bu uslubni, tom ma’noda, o’ziga xos lisoniy 
mezonlari yo’q degan qarashlar bilan bog‘liqdir. Aslida esa unday emas, sababi bu 
uslub turi o’ziga xos badiiylik, obrazlilik kashf etishi va eng asosiysi estetik tarbiya 
berishi va tashishi bilan boshqa uslub turlaridan tubdan farq qiladi. Uslublar ichida 
eng qadimiysi sanaluvchi uslub turi bu rasmiy uslub hisoblanib, u xalqimizning uzoq 
o’tmish-tarixidan beri qo’llanilib kelinayotganligini belgilash mumkin. 
Yuqorida sanalgan uslublar adabiy tilning og‘zaki va yozma shakli bilan xos 
bo’lgan tilning funksionallashuvi imkoniyatidan kelib chiqadigan hodisadir. 
Til ijtimoiy funksiyalari kengayishining so‘z semantik strukturasiga ta’siri 
So’zning leksik ma’nosi qotib qolgan, o’zgarmas hodisa emas, u ancha barqaror 
bo’lsa-da, ma’lum omillar ta’sirida, uzoq yillar davomida o’zgarishi ham mumkin. 



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin