ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.08.2022
169
Bunday o’zgarishlarga sabab bo’ladigan omillar ikki xildir: 1) lisoniy (lingvistik)
omillar - til birliklarining til sistemasi ichidagi munosabatlari
Masalan, tilning lug‘at boyligidagi aniq va ochiq leksemalari kontekstual
sinonimiya munosabatida bo’lishi mumkin: aniq gapirmoq va ochiq gapirmoq kabi,
ammo - ochiq eshik‖ni ―aniq eshik‖ deb bo’lmaydi, bunga aniq va ochiq
leksemalarining ma’no xususiyatlaridagi o’ziga xosliklar, ularning valentlik
imkoniyatlari yo’l qo’ymaydi; 2) nolisoniy (yekstralingvistik) omillar – ijtimoiy-
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, xalqlar o’rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalar,
ong, tafakkur rivoji, bilingvizm (ikki tillilik) yoki polilingvizm (ko’p tillilik) kabi
jarayonlar. Bunday omillar tilga, ayniqsa, uning leksikasiga doimiy ta’sir o’tkazib
turadi, ayrim leksemalarning semantik tarkibida yangi leksik ma’nolarning yuzaga
kelishiga ham sabab bo’ladi. Masalan, oyoq leksemasi dastlab inson a’zolaridan birini
nomlagan, keyinchalik u xontaxta, kursi, stol, stul, karavot kabi mebellarning
―oyog‘i‖ni ham atay boshlagan: xontaxtaning oyog‘i, kursining oyog‘i, stolning oyog‘i,
karavotning oyog‘i kabi. Bunga inson yashab turgan muhitda turli-tuman
mebeljihozlarning paydo bo’lganligi, shu bilan bog‘liq ravishda inson ongida yangi
tasavvurlarning yuzaga kelganligi, nihoyat, til bilan ijtimoiy hayot, ong va tafakkur
o’rtasidagi murakkab aloqalar sabab bo’lgan
Demak, so’z-leksemaning leksik ma’nosi yuqorida keltirilgan omillar ta’sirida
o’zgarib turadi, leksik ma’no taraqqiyoti deyilganda shular nazarda tutiladi. Bunday
taraqqiyotning yo’llari ham har xil: ma’noning ko„chishi, kengayishi va torayishi,
bundagi miqdor va hajm o’zgarishlari shular jumlasidandir.
Ma’noning ko’chishi - bir predmet (yoki hodisa) nomining keyinchalik boshqa
predmet yoki hodisani anglatish xususiyatiga ega bo’lishi. Bunday ko’chish shu nom
bilan atalayotgan ikki yoki undan ortiq predmet (hodisa) o’rtasidagi aloqadorlikka
asoslanadi. Masalan, nafas leksemasining bosh (to’g‘ri) ma’nosi ―o’pkaga olinadigan va
undan chiqariladigan havodir, ammo nafasingizni iliq qiling deganda nafas leksemasi
―havo‖ni emas, ―gapni va ―niyat‖ni ifodalamoqda, chunki nafas olish va nafas
chiqarishsiz gap shakllanmaydi, gapsiz esa fikr-niyat ifodalanmaydi: nafas, gap, fikr-
niyat o’rtasidagi ana shu aloqa va bog‘lanish nafas leksemasining mazmun
mundarijasidagi ma’no ko’chishlariga sabab bo’lgan. Tilda ma’no ko’chishining
quyidagi turlari bor: