O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 10- son ilmiy tadqiqotlar jurnali


 Metafora yo’li bilan ko’chiriladi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix03.08.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#138529
1   2   3   4   5   6
Nuriddinova Xurshida Avazovna

1. Metafora yo’li bilan ko’chiriladi: 
a) ifodalanayotgan predmetlar (hodisalar) o’rtasidagi shakliy o’xshashlik asosida: 
burun (―odamning burni‖- bosh leksik ma’no) - burun (―choynakning burni‖- hosila 
ma’no); b) ikkita belgi-xususiyat o’rtasidagi nisbiy o’xshashlik asosida: tez (―oz vaqt 
ichida, darrov‖ – bosh leksik ma’no: majlis tez tugadi) – tez (―darrov 
achchiqlanadigan, jizzaki‖ – hosila ma’no: tez odam); cho’qqi (―tik narsalarning eng 
yuqori nuqtasi‖ – bosh leksik ma’no: tog‘ning 
O‘zbek adabiy tili haqida tushuncha 


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
10-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.08.2022
170 
Adabiy til haqida gap borganda, avvalo, adabiy til –xalq tilining, milliy tilning oliy 
shakli deyilgan ta’rifga duch kelamiz. Adabiy tilning oliy shaklligi bu tilning o’ziga 
xosligida, uning o’ziga xos belgilari va vazifasida ko’rinadi. 
Adabiy til xalq tili negizida yuzaga keladi. Adabiy tilning paydo bo’lishi va uni 
yaratishdan maqsad umumxalq ommaviy aloqa vositasini yaratishdir. Adabiy tildan 
rasmiy davlat tili sifatida foydalanish bu tilning ijtimoiy-siyosiy sohalar tili, rasmiy 
muomala va yozishmalar tili, idoraviy ishlar va hujjatlar tili, diplomatik aloqalar tili, 
ilmiy uslublar tili, badiiy adabiyot va sahna tili, maorif, madanit tili kabi ko’p 
yo’nalishlarda rivoj topishi uchun yo’l ochadi. Bu hol adabiy tilning ko’p vazifali 
xususiyatini yuzaga keltiradi. Adabiy tilning ko’p qirrali va murakkab vazifalari adabiy 
tilning usluban tarmoqlanishiga, adabiy til doirasida xilma-xil nutqiy uslublarning 
yuzaga kelishiga olib keladiki, bu milliy adabiy tillarga xos muhim xususiyatlardan 
biridir 
Adabiy tilning me’yorlanishi, bu me’yorlarning muayyan qoidalarga olinishi 
aslida adabiy tilning umumxalq quroli, umumxalq mulki ekanligi bilan bog‘liqdir. 
Adabiy til o’zaro aloqa vositasi sifatida o’zi xizmat qilayotgan millatning barcha vakili 
uchun umumiydir. Adabiy tilning qabul qilingan, qoidalashtirilgan me’yorlariga barcha 
joyda, barcha kishilar (yozuvda va so’zlovchilar) tomonidan bir xilda amal qilinadi. 
Chunki adabiy til barcha tomonidan milliy tilning namunali va ishlangan shakli deb 
qabul qilinadi va tan olinadi. Shunga ko’ra ham adabiy tilning ko’pchilik tomonidan 
qabul qilingan va ma’qullangan me’yorlariga, bu me’yorlarga doir qoidalarga amal 
qilish, unga bo’ysunish hamma uchun majburiydir 
Bunday umummajburiy me’yorlar va qoidalar adabiy tilning so’z qo’llash va so’z 
yasash, gap tuzish, so’zlarni yozish va talaffuz qilish kabi barcha sohalarida ham 
mavjuddir. Adabiy tilda to’g‘ri so’zlash va yozish uchun mana shu me’yorlar, ular 
haqidagi qoidalarni bilish, o’zlashtirish lozim. Ba’zan adabiy tilni bir yoqlama va 
noto’g‘ri tushunish va tushuntirish hollariga ham duch kelamiz. Bunda adabiy til deb 
faqatgina ro’znoma tili, ilmiy asarlar tili va badiiy adabiyot tili ko’zda tutiladi. Bunda 
adabiy tilning og‘zaki shakli hisobga olinmaydi. Shuningdek, ba’zi hollarda adabiy til 
faqatgina yozma til orqali qolipga solinadi, adabiy til me’yorlari yozma nutqdagina 
to’la saqlanadi, deyilgan mulohazalar ham bildiriladi. Keltirilgan fikrlardan adabiy 
tilning og‘zaki shakli me’yorlangan emas ekan-da, adabiy til og‘zaki shaklida adabiy til 
me’yorlariga to’liq rioya qilish shart emas ekan-da, deyilgan noto’g‘ri fikrga kelish 
mumkin. O’zbek tilini ongli ishlash, bu til me’yorlarining shakllanish va takomilida 
1920-1940 yillarda ijod qilgan yetakchi o’zbek yozuvchilari, jurnalistlar, turli fan 
olimlari, ayniqsa, tilshunoslar, shuningdek, radio muhim rol o’ynadi. Natijada o’zbek 
adabiy tili takomillashgan milliy, adabiy til darajasiga ko’tarildi. Uning to’g‘ri yozish va 
to’g‘ri so’zlash uchun lozim bo’ladigan til vositalari takomillashdi va silliqlandi. Adabiy 
tilning mana shu holati til madaniyatini, ya’ni madaniylashtirilgan tilni bildiradi. 
Demak, tilni ongli ravishda qayta ishlash natijasida madaniy til yuzaga keladi. Bu 
madaniy til –adabiy tildir. Madaniy adabiy tilni yuzaga keltirsh uchun olib boriluvchi 



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin