O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 10- son ilmiy tadqiqotlar jurnali


YEXPANSION OF THE SOCIAL FUNCTIONS OF THE UZBEKI LANGUAGE



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix03.08.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#138529
1   2   3   4   5   6
Nuriddinova Xurshida Avazovna

YEXPANSION OF THE SOCIAL FUNCTIONS OF THE UZBEKI LANGUAGE: 
CHANGES IN SOCIETY AND LANGUAGE DEVELOPMENT 
 
Annotation

In this article, young people will be introduced to issues related to full 
and correct use of the opportunities of the state language in all spheres of social life of 
our country, documents about the state language and their content; standards of the 
Uzbek literary language, spelling rules of the Uzbek-Latin alphabet, field lexicon and its 
features, use of field terms in the Uzbek language, speech styles, maintenance of official-


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
10-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.08.2022
167 
departmental work documents in fields, their types; information is given on the 
communicative qualities of yexpert speech and the necessary knowledge on the issues of 
conducting scientific research. 
Key words

Uzbek language, social functions, lecture, literary language, speech, 
monologue. 
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy 
o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk 
qadriyatdir. 
(O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev) 
Kishilar hamma vaqt bir-birlari bilan muomalada bo‘ladilar. Til vositasida o‘z 
fikrlarini, his-tuyg‘ularini ifodalaydilar. Til kishilarning birbirlarini tushunishlariga, 
yashash uchun vositalar topishda birlashishlariga, ishlab chiqarishni tashkil 
qilish,tabiat kuchlari bilan kurashishga yordam bergan. Til- aloqa quroli, u vosita. Nutq 
esa ana shu aloqa jarayonini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Tilning umri uni 
yaratgan xalqning umridan uzoq bo‘ladi. 
Nutqning umri esa qisqadir. Tilning xizmat doirasi juda keng,hajmi o‘lchovsiz 
bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog), ikki shaxs 
(dialog) yoki ko‘p shaxs (polilog) o‘rtasida bo‘lishi mumkin. Nutq yozma va og‘zaki 
bo‘ladi. Til kishilarning birgalashib mehnat qilishlarida, boshqa kishilar bilan aloqada 
bo‘lish zaruriyatidan paydo bo‘lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi boshlarida paydo bo‘lgan til 
uzoq davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib,boyib brogan 
O‘zbek tili – turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan; yangi uyg‘ur tili 
bilan birgalikda qarluq-xorazm guruhchasini tashkil etadi.O‘zbek tili asosan, 
O‘zbekistonda,shuningdek,Afg‘oniston,Tojikiston,Qirg‘iziston,Qozog‘iston,Turkmanisto
n,Rossiya, Turkiya,Saudiya Arabistoni, Xitoy,AQSh, Germaniya va boshqa 
mamlakatlarda tarqalgan. 
Adabiy til –har qaysi xalq va millat ma’naviyatida ulkan ahamiyat kasb 
etadigan,uning ruhiy olamini moddiy shaklda yuzaga chiqarish va umumbashariy 
taraqqiyot uchun xizmat qildirish, el-yurtni birlashtirish, o‘zlikni anglashda muhim 
vosita bo‘ladigan buyuk ijtimoiy hodisa.Adabiy til umumxalq tilining 
sayqallangan,lekin, fonetik va grammatik juhatdan shu xalq shevalaridagi eng yaxshi 
xususiyatlarni o‘zida mujassam etib,sayqallangan, hamma uchun tushunarli va ma’qul 
me’yorga solingan umummilliy muloqot vositasidir.Tarix va taraqqiyot jarayonida 
adabiy til o‘zgarib,takomillashib boradi.Masalan, Alisher Navoiy davridagi o‘zbek 
adabiy tili hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilidan farq qiladi. Istiqlol davrida adabiy 
tilning ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.Ayniqsa, 
1989 yil 21oktabrda o‘zbek tiliga davlat maqomining berilishi adabiy tilimiz rivojida 
mutlaqo yangi sahifa bo‘ldi.Hozirgi davrda o‘zbek adabiy tili milliy madaniyatimizning 
haqiqiy ko‘zgusiga aylanib bormoqda. 



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin