1-rasm. Ohaktosh tarkibida gil va boshqa qo‘shimchalar qanchalik kam bo‘lsa, ohakning aktivligi shuncha yuqori, so‘nish tez boradi, hamda ohak xamiri ko‘p xosil bo‘ladi. Quruq moddaga hisoblanganda aktiv (CaO-MgO) ning miqdori foiz hisobida: I - nav II - nav III - nav 90 80 70 Bo‘lakli ohakda so‘ndirilmagan zarralar miqdori % miqdorda: 7% 11% 14%
Xom ashyo maxsulotlari olinishi
Xom ashyo maxsulotlari olinishi
Havoda qotuvchi ohak ishlab chiqarishda tarkibida asosan CaCO3 bo’lgan hamma tabiiy moddalardan foydalanish mumkin. Ohakni nazariy tarkibi 56% CaO va 44% CO2 dan iborat. Ko’pincha zich ohaktosh va bo’r ishlatiladi. Ohaktoshlar ko’pchilik hududlarida uchraganligi uchun bog’lovchi moddalar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi
Ohak ishlab chiqarish texnologik jarayonini quyidagi asosiy qayta ishlovlardan xom ashyo qazish va uni tayyorlash, maydalash yoki so’ndirishdan iborat.
Ohaktosh kuydirish
Ajralib chiqishi CaCO ^ CaO - CO2 reaksiyasi asosida va keyinchalik bo’lakli ohakni qayta ishlash bilan hosil qilinadi. Havoda qotuvchi ohak karbonatli tog’ jinslarini 900-12000C da kuydirish yo’li bilan CO2 ni mumkin qadar to’liq Ohaktoshni shaxta pechlarida (bo’laklar o’lchami 20-80 mm) va aylanma pechlarda (5-40 mm) shuningdek «qaynama» qatlamli qurilmalarda kuydiriladi.
CaCO3 ning termik parchalanish 900 0C da boshlanadi, xom ashyo xossalari (zichligi - bo’laklar o’lchamlari) hamda pech konstruksiyasiga bog’liq holda zavod korxonalarida kuydirish harorati 1100 - 1200 0C ga teng.
SHAXTALI PECHLAR
Shaxtali pechlar - bu vertikal shaxta ko’rinishdagi yumaloq yoki boshqa shakldagi kesimli ish bajarish joyi bo’lgan pech shaxtali pech deb ataladi (3.1-rasm). Shaxtali pechlar asosan ohak, kamroq sement, magnezit, dolomit olish uchun qo’llaniladi. Shaxtali pechlar qattiq, suyuq va gazsimon yonilg’ilarda ishlaydi.
Qattiq yonilg’i xom-ashyo bilan birga pechning yuklash qurilmasidan, suyuq va gazsimon yonilg’ilar pechning pastki qismidan pechga kiritiladi
Xom-ashyoni pishirishning asosiy jarayoni pechning tanasi 2-da amalga oshadi.
Yukni ortish va tushirish yuk ortuvchi 3 va yuk tushiruvchi 4 qurilmalar orqali amalga oshiriladi.
Xom ashyo va qattiq yonilg’i pechning yuqori qismidan uzatiladi, gazsimon yonilg’ini uzatish uchun maxsus gorelkalar pechning pastki qismida o’rnatiladi