O'zbekistonda sement sanqati



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

 
3. Klinker tavsifi 
 
Sement klinkeri sifati quyidagilar bilan ifodalanishi mumkin: 
1. Alohida oksidlarning miqdori (kimyoviy tarkibi). 
2. Asosiy oksidlar miqdorining nisbatini ifodalovchi modullar qiymati. 
3. Asosiy minerallarning miqdori. Klinkerga oksidlarning o'zaro nisbati va klinker 
minerallarining miqdori bilan tavsif beriladi. 
Demak, portlandsement sifatini har qaysi klinker mineralining foiz 
miqdoriga qarab aniqlash mumkin. Klinkerning mineralogik tarkibini aniqlashning 
ikki usuli bor: bevosita petrografik yoki rentgenografik tahlil usuli yoxud bevosita 
hisoblab aniqlash usuli. Klinker mineralogik tarkibi zavodlarda ko'pincha hisoblab 
aniqlanadi (asosiy oksidlarning foiz nisbati orqali). Muhim oksidlarning foiz 
nisbati ikki xil modul (silikat va qumtuproq) hamda to'yinish koeffitsiyenti bilan 
ifodalanadi. Bu modullar va koeffitsiyent miqdori xomashyo aralashmasi uchun 
ham, klinker uchun ham amalda bir xil bo'ladi. Bu esa muhim amaliy ahamiyatga 
ega, chunki xomashyoning kimyoviy tarkibini tegishlicha tanlash bilan klinker 


43 
mineralogik tarkibini o'zgartirib turish mumkin. 
Silikat modul. Silikat modul (n) qumtuproq modul deb ham ataladi. Bu 
modul reaksiyaga kirishgan kremniy ikki oksid miqdorining alyuminiy va temir 
oksidlari miqdoriga foiz hisobidagi nisbatini ko'rsatadi: 
Awallari klinker tarkibini ifodalash uchun faqat gidravlik (boshqacha asosli) 
moduldan foydalanilgan. Bu modul birikkan kalsiy oksid miqdorini kislota 
oksidlar miqdoriga nisbatini ifodalaydi. 
Zamonaviy sement kiinkerlarining bosh moduli BM-1,7-2,4. Biroq gidravlik 
modul klinker sifatini xarakterlash uchun yetarli emas edi. Shuning uchun yana 
ikkita modul: silikat (qumtuproq) va giltuproq (alyuminat)lar kiritildi. 
Silikat modul (n) boshqa oksidlar bilan reaksiyaga kirishgan kremniy oksid 
miqdorini va klinker tarkibidagi alyuminiy hamda temir oksidlar yig'indilarga 
nisbatini ko'rsatadi. 
Xomashyo aralashmasi tarkibidagi kremniy ikki oksid ohak bilan hamma 
vaqt C
3
S va C
2
S holida birikavermaydi, shu tufayli birikkan qumtuproq miqdori 
kremniy ikki oksidining umumiy miqdori SiO
2
umumiy va erkin holda qolgan SiO
2
erkin miqdori ayirmasi bilan ifodalanishi mumkin. Shuning uchun silikat modul 
quyidagicha yoziladi: 
n sementdagi silikat minerallari eruvchan minerallar (klinkeming 
alyumoferrit, alyuminat qismlari) o'rtasidagi nisbatni aniqlaydi. 
Oddiy portlandsementlar uchun silikat modul qiymati 1,7-3,5; sulfatga 
chidamli portlandsement uchun esa 1,7 - 4. 
Giltuproq (alyuminat) modul p alyuminiy oksid miqdorining temir oksid 
miqdoriga nisbatini ifodalaydi: p klinkerdagi uch kalsiy alyuminatning temir oksid 
bor birikmalarga nisbatini ifodalaydi.
Giltuproq modul qiymati oddiy portlandsementlar uchun 1 - 3. Silikat modul 
katta qiymatga ega bo'lganda ham xomashyo aralashmasini qovushtirib pishirish 
qiyinlashadi. Hosil bo'lgan sement sekin tishlashadi va sekin qotadi, biroq 
keyinchalik uning mustahkamligi yuqori bo`ladi. Alyuminat moduli kichik 
qiymatga ega bo'lganda portlandsementlar minerallashgan tuzlar ta'siriga chidamli 
bo`ladi. 
p katta qiymatga ega bo'lganda esa sementlar tez tishlashadi va qotadi, 
ammo oxirgi mustahkamlik ko'rsatkichi past bo`ladi. 
Silikat modul katta boisa, klinkerda C
3
A va C
4
AF kam, ammo C
3
S va C
2

ko'p, giltuproq modul katta bo`lsa, klinkerda C
3
A juda ko'p, biroq C
4
AF kam 
bo`ladi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin