Birinchidan, sug'urta faoliyati bilan shug'ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilot sug'urta xizmatini ko'rsatishi ham raqobatli muhitda muvaffaqiyatli ishlashi uchun ham moliyaviy barqarorligini mustahkamlashi, filiallar tarmog'ini kengaytirishi;
Ikkinchidan, yuridek va jismoniy shaxslarning sug'urta zaxirasini shakllantirish jarayonida bevosita ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishi, ayni vaqtda ular tomonidan sug'urta xizmatiga talabning ham yuqori bo'lishiga erishishi;
Uchinchidan, turli mulkchilik shaklidagi iqtisodiyot sub'ektlar, xususan, davlat (byudjed mablag'larini jalb etmagan holda) ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko'rsatish) jarayonida yuz berishi ehtimoli bo'lgan risklar bo'yicha kutilmagan zarar va yo'qotishlarni qoplash mexanizmi sifatida sug'urta faoliyati rivojlanishidan manfaatdor bo'lishi kabilar.1 1. Majburiy sug'urtaning iqtisodiy mohiyati, nazariy va huquqiy asoslari Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yangicha bozor iqrisodiyoti mexanizmining shakllanish davri boshlandi, bu esa o‘z navbatida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida zaruriy ichki infratuzilmani yaratishni davr talabiga aylantirdi. Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida ijtimoiy kafolatni ta’minlaydi va shartnomaviy majburiyatlari bo'yicha turli xil sug'urta qaltisliklaridan ogoh etish asosida iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi subyektlar manfaatlarini himoyalash vazifasini amalga oshiradi.
Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ulaming turli xil risklar va qaltisliklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimoli bo'lgan zararlarni qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi va rivojlandi. Fuqarolarning kundalik hayot faoliyati davomida ularning mulkiy manfaatlari va o‘zlarining hayotlariga turli toifadagi xavf-xatarlar o‘z ta'sirini o’tkazadi. Har bir shaxs o'z hayoti va mulkiy manfaatlarini xavf soluvchi turli xil risklardan himoyalash maqsadida sug'urtaviy munosabatlarga kirishadi. Sug'urta jamiyatning barcha a'zolariga turli xil baxtsiz hodisalar natijasida yuzaga kelishi mumkin boigan turli xil zararlardan o‘zlarini himoyalash imkoniyatini beradi.
Sug‘urta munosabatlari, ulaming tashkiliy shakllaridan qat’iyy nazar. sug’urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta'kidlash joizki, sug’urta munosabatlari murakkab va keng qamrovli moliyaviy - iqtisodiy munosabatlar bo'lib, ular yuzaga kelishi uchun o'zaro bog'liq shart - sharoitlar majmuasi mavjudligi ham muhim hisoblanadi. Bugungi kunda O'zbekiston sug'urta bozorida majburiy sug'urtaning mavjudligi sug'urta xizmatlarining mamlakatimiz iqtisodiyotiga kirib borishida eng muhim omillardan biridir.
Haqiqatdan ham, sug'urtaning majburiy turlarini amaliyotga tadbiq etish orqali respublikamiz sug'urta sohasi rivojiga ko'p jihatdan imkoniyatlar yaratilishiga erishiladi. Lekin majburiy sug'urta turlarini amaliyotga joriy etishdan asosiy maqsad aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga erishishdan iboratdir. Bugungi kunda majburiy sug'urta aholining muhtoj qatlamlari uchun ijtimoiy himoyani bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida ta’minlab beruvchi eng muhim iqtisodiy richaglardan biri hisobianadi.
Ijtimoiy himoya - bu mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muxofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora - tadbirlar majmui, ya’ni davlat, jamiyat a’zolarining yoshi, salomatlik holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko'makka muxtoj fuqarolar to'g'risidagi g'amxo'rligidir. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining yaxshilanishini ta’minlash, aholi qatlamlarini ta'lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta'minlashga yordam berishdan iborat.
Majburiy sug'urtaning iqtisodiy mohiyati shundaki, u sug'urtaning ma'lum bir turida qatnashgan barcha fuqarolardan tushgan mablag'lami jamlaydi va sug'urta hodisasi yuzaga kelganda ushbu hodisa tufayli jabr ko‘rganlaming zararlarini qoplaydi. Majburiy sug‘urta qilish mamlakatda ijtimoiy ishlab chiqarishni barqarorlashtirishni, biznesni va aholini turmush darajasini himoya qilish asosiy vositasi hisoblanadi. Majburiy sug'urtaning afzalliklaridan biri shundaki, unda sug‘urta qamrovi sezilarli darajada kengayadi.
Bu o'z navbatida qo'llanilayotgan sug'urta ta'riflarini eng past darajagacha kamaytirish imkonini beradi. Albatta, bu sug'urtalovchilar manfaatlariga mos keladi. Majburiy sug'urta qilishning iqtisodiy mohiyati, sug'urta faoliyati, mazkur sug‘urta turi yordamida sug‘urtalanuvchi risklarning mohiyati, xavf-xatarlar, sug'urta hodisasining mazmuni, sug'urta maydoni, sug'urta portfeli, sug‘urta agentlari va brokerlari, sug'urtalangan shaxs, uchinchi shaxs, naf oluvchi, voris, sug'urta obyekti, sug'urta predmeti orqali ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 922-moddasida majburiy sug'urta to'g'risida alohida ko'rsatib o'tilgan. Xususan, unda shunday deyiladi: «Qonunda quyidagilami sug'urta qilish majburiyati belgilab qo'yilishi mumkin:
- qonunda ko'rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog'ligi yoki mol-mulki ulaming hayoti, sog'ligi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimolini nazarda tutib;
- boshqa shaxslarning hayoti, sog'ligi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan o'zining fuqaroviy javobgarligi xavfi».
Sug'urta qildiruvchi bo'lish majburiyati qonun bilan unda ko'rsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi. Qonunda majburiy sug'urtaning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin. Fuqaroga o'z hayoti yoki sog'ligini sug'urtalash majburiyati qonun bilan yuklatilishi mumkin emas. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki unda belgilangan tartibda xo'jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida davlatga qarashli mol-mulkka ega bo'lgan yuridik shaxslarga bu mulkni sug'urtalash majburiyati yuklanishi mumkin.
Mol-mulkni sug'urta qilish majburiyati qonundan kelib chiqmaydigan, balki mol-mulkning egasi bilan tuzilgan shartnomaga yoki mol-mulkning mulkdori hisoblanuvchi yuridik shaxsning ta'sis hujjatlariga asoslangan hollarda, bunday sug'urta ushbu moddaning ma’nosi jihatidan majburiy.
Majburiy sug'urta bunday sug'urta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sug'urta qildiruvchi) sug'urtalovchi bilan sug'urta shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi. Majburiy sug'urta sug'urta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi. Majburiy sug'urtalanishi lozim bo'lgan obyektlar, ular sug'urtalanishga sabab bo'ladigan xavflar va sug'urta pulining eng kam miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi
Fuqarolik kodeksining 924-moddasida majburiy sug'urta to'g'risidagi qoidalarni buzish oqibatlari ko'rsatib o'tilgan. Qonun bo'yicha foydasiga majburiy sug'urta amalga oshirilishi lozim bo'lgan shaxs, agar sug'urta amalga oshirilmagani unga ma’lum bo'lsa, sug'urta qildiruvchi sifatida zimmasiga sug'urtalash majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga haqli.2 Agar sug'urta qildiruvchi sifatida sug'urtalash majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs uni amalga oshirmagan bo'lsa yoki sug'urta shartnomasini naf oluvchining ahvolini qonunda belgilangan shartlarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarda buzgan bo'lsa, u sug'urta hodisasi yuz berganida basharti tegishlicha sug'urtalangan taqdirda sug'urta tovoni to'lashga asos bo'lishi kerak bo'lgan shartlarda javobgar bo'ladi
Xalqaro amaliyot talablariga mos keladigan majburiy sug'urta turlarini joriy etish orqali, sug'urtalanuvchilarning mulkiy manfaatlari himoyalanadi. Majburiy sug'urta turlarining keng qamrovli ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, bu o'z o'rnida sug'urtaning rivojlanishiga va keng omma orasida tarqalishiga imkoniyat yaratadi.
Majburiy sug'urta turlarini joriy qilish orqali davlat o'zining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etishi mumkin. Jumladan, sug'urta sohasidagi qonunchilikni takomillishtirish, hamda majburiy sug'urta turlarini joriy etish orqali davlat quyidagi natijalarga erishishi mumkin:
- bosqichma-bosqich davlat o'zining ijtimoiy-iqtisodiy himoya bilan bog'liq muammolami iqtisodiyotning biznes sohasiga topshirishi.
Bunda davlat jamiyatda mavjud va ro'y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy himoya yuzasidan jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq muammolami bartaraf etish va ulaming nazoratini amalga oshirishni ma'lum ma'noda iqtisodiyotning biznes sohasi bo'lmish, ya’ni majburiy sug'urtalash faoliyati bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar zimmasiga tegishli qonun hujjatlari asosida topshirishi mumkin;
- O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini izchil kamaytirib borish.
Bizga ma’lumki, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan jamiyatning iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan iqtisodiy operatsiyalarga davlatning ishtirokini kamaytirish asosiy tamoyillardan biri hisoblanadi. Ya'ni davlat iqtisodiyotda ro'y berayotgan har bir jarayonlarga alohida - alohida aralashmasdan balki, ushbu jarayonlarni tartibga solishda iqtisodiy richaglardan foydalanishini nazarda tutadi. Buning natijasida jamiyatda ijtimoiy himoyani ta’minlashning kompleks tizimi yaratiladi;
- Byudjetning ijtimoiy xarajatlar qismiga tushadigan og'irlikni yengilashtirish; Buning mohiyati shundan iboratki, davlat tomonidan jamiyatdagi mavjud va ro'y berayotgan ijtimoiy himoya bilan bog'liq xarajatlar, majburiy sug'urta bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar zimmasiga yuklanadi. Ya’ni, majburiy sug'urtaning tegishli turlarida ko'rsatilgan, sug‘urtalanishi kerak bo'lgan potensial sug'urtalanuvchilar tomonidan to'langan sug‘urta mukofotlari evaziga shakllantirilgan fond mablag‘laridan, sug'urta hodisasi ro‘y berganda, ijtimoiy himoyalanishi kerak bo'lgan shaxslarga to‘lovlar ya’ni sug'urtalangan shaxslar va ularning javobgarligi yuzasidan vujudga kelgan zararlami qoplash orqali budjet xarajatlarini kamaytirish tushuniladi.
- sug‘urta tashkilotlari mablag'larini ijtimoiy-iqtisodiy himoya bilan bog'liq masalalarga yo'naltirish;
- yuqoridagi chora-tadbirlami qo'llash orqali bo‘shagan pul mablag'larni sog‘liqni saqlash, infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, sug'urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish kabi maqsadlarga sarflashda foydalanish mumkin.
Aytish kerakki, majburiy sug‘urtalash yurtimiz moliya bozorini jonlantirish barobarida aholining ijtimoiy muhofazasini yanada mustahkamlashda ham katta rol o‘ynabdi. Shu bois ishonch bilan ayta olamizki, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sug‘urta amaliyoti, xususan majburiy sug'urtaning ahamiyati kattadir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish mamlakat iqtisodiyotida yetakchi ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar aholining kuchli ijtimoiy himoyasini ta’minlashga intiladilar. Buning ustiga, ijtimoiy himoyani ta’minlashning samarali usullari sifatida bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan metodlar bo'lib, ular bir vaqtning o'zida ham iqtisodiyotning rivojlanishi uchun, ham mamlakatda ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun sharoit yaratadi.
Bugungi kunda majburiy sug'urtaning mavjudligi sug'urtaning mamlakat iqtisodiyotiga kirib borishida asosiy omillardan biri ekanligini xorij amaliyoti orqali yaqqol ko'rishimiz mumkin. Albatta, sug'urtaning majburiy turlarini tadbiq etish respublikada sug'urta sohasi rivojiga ko'p jihatdan imkon yaratadi.
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga ko'ra, majburiy sug'urta qonun hujjatlariga asosan joriy etiladi. Majburiy va majburiy davlat sug'urtasi mavjud. Majburiy sug‘urtada sug'urta mukofotlari sug'urtalanuvchining mablag'lari hisobidan, majburiy davlat sug'urtasida esa davlat byudjeti mablag'lari hisobidan to'lanadi.
Hozirgi paytda aholi orasida keng tarqalgan majburiy sug'urtaning quyidagi turlari mavjud:
-“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish”
-“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash" hamda
-“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish”
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqorida ko'rsatilgan majburiy sug'urta turlari hukumat qarorlari asosida joriy etilgan. Unda sug'urtalanuvchilar guruhi, sug'urta qilish shartlari, sug'urta tarifi stavkalari va sug'urta qoplamalari miqdori ko'rsatilgan.
Bugungi kunda barcha transport vositalari egalari uchun amalga oshirilayotgan avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi sug'urtasi juda samarali ishlamoqda. Davlatning majburiy sug'urta turlarini joriy etishidan ko'zlangan asosiy maqsad majburiy sug'urtani amaliyotga joriy qilgan holda uning mohiyati va zarurligini keng ommaga namoyon qilish, shuningdek, uning aholini ijtimoiy muhofaza qilishdagi ahamiyatini anglatishdan iborat.
Majburiy sug'urtaning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyatini inobatga olgan holda 2008-yil 21-aprelda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida” O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Ushbu qonun 41 ta moddadan iborat bo'lib, unda mazkur qonunning maqsadi, asosiy tushunchalari, majburiy sug'urtaning asosiy tamoyillari, majburiy sug'urtani amalga oshirishning shartlari va tartibi, sug'urta hodisalari ro'y berganda zararning o'rnini qoplash, kompensatsiya to'lovlari, majburiy sug'urta bo'yicha to'lovlarni kafolatlash kabi boblar mavjud.
Mazkur qonun qabul qilingandan so'ng uni amalga oshirishni ta'minlashga qaratilgan Hukumat qarorini qabul qilishga zarurat tug'ildi va 2008-yilning 26-iyunida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g‘risida”gi 141-sonli qaror qabul qildi.
Fuqarolik javobgarligini sug'urtalashning majburiy ekanligi sug'urta kompaniyalariga majburiy sug'urtaning ushbu turi qo'llanilish doirasiga kiruvchi barcha transport vositalarini qamrab olish imkoniyatini beradi. Shu bilan bir qatorda sug'urtalanuvchilar o'zlarining fuqarolik majburiyatlarini mazkur majburiy sug'urta turida ko'rsatilgan sug'urta summasidan yuqori qiymatda ixtiyoriy sug'urta qilish huquqiga ham ega hisoblanadi.
Majburiy sug'urta bo'yicha sug'urta tariflari bir xil bo'lib, barcha sug'urtalovchi tashkilotlar tomonidan qonunda belgilangan tartibda va shartlarda qo'llaniladi. Ixtiyoriy sug'urta bo'yicha esa sug‘urtalovchilar o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli sug'urta tariflarini qo'llash imkoniyatiga egadirlar.
Modomiki, majburiy sug'urtada obyektlarni qamrab olish darajasi ushbu sug'urtaning ixtiyoriy turidagi qamrab olingan darajasidan ortiq ekan, bu majburiy sug'urta bo'yicha ixtiyoriy sug'urtadan ko'ra pastroq tariflar qo'llash imkonini beradi. Amaliyotning ko'rsatishicha, aynan yuqorida keltirilgan sabab natijasida ixtiyoriy sug'urta qilish bo'yicha xizmatlar haqi majburiy sug'urta xizmatlarini ko'rsatish haqiga nisbatan hamisha yuqori bo'ladi.
Bundan tashqari, majburiy sug'urta bo'yicha sug'urtalanuvchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida hukumatimiz tomonidan majburiy sug'urtaning mazkur turi bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi sug'urtalovchilarga qo'shimcha talablar ham o'matiladi.
Masalan, yuqorida qayd etilgan qonunning 14-moddasida sug'urtaning mazkur turini amalga oshiruvchi sug'urtalovchilar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida nafaqat majburiy sug'urtaning mazkur turi bo'yicha shartnomalami tuzish vakolatiga ega bo'Igan, balki jabrlanuvchilarning (ulaming vorislari yoki huquqqa egalik qiluvchi shaxsning) sug'urta to'lovlarini to'lash to'g'risidagi talablarini ko'rib chiqish va ulami amalga oshirish vakolatiga ham ega bo'Igan vakillariga ega bo'lishi shart.
Qonunga muvofiq jabrlanuvchining hayotiga, sog'ligiga va (yoki) mulkiga yetkazilgan zarar majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha to'lovlar to'lash orqali ularing manfaatlari himoyaga olinmay qolgan quyidagi holatlar bo'yicha kompensatsiya to'lovlari hisobiga amalga oshiriladi:
- sug'urtalovchiga bankrotlik jarayoni qo'llangan bo'lsa;
- yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxs noma’lum bo'lganda;
- transport vositasi egasi tomonidan yetkazilishi mumkin bo'Igan zararlar bo'yicha uning o'z fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash majburiyatlarini bajarmagan taqdirda.
Kompensatsiya to'lovlarini amalga oshirish maqsadida fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash (FJMS)ni amalga oshiruvchi sug'urta tashkilotlari majburiy tartibda a’zo bo'luvchi FJMS bo'yicha to'lovlar to'lashni kafolatlash jamg'armasi tashkil etilgan. Jamg'amra mablag'lari a’zo - sug'urtalovchilaming bir martalik va kalendar badallari hisobiga shakllantiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to‘g‘risida» gi 2009 yil 16 aprelda qabul qilingan 210- sonli qonuniga ko'ra, 2009 yil 16 oktabrdan boshlab ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish qonun asosida kuchga kirdi. Bu qonunning joriy etilishidan asosiy maqsad ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish sohasidagi munosabatlami tartibga solishdan iboratdir.
Keng ma’noda esa, mehnat faoliyati jarayonida jarohat olgan, kasb kasalligi yoki xizmat burchini bajarayotgan vaqtida salomatligiga zarar yetgan kishilaming ijtimoiy himoyasini ta’minlashdan iboratdir. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalashning mohiyati shundan iboratki, xodim o‘z mehnat vazifasini ado etishi bilan bog'liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog'lig'ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog'ligiga yetkazilgan zararning o'mini qoplash bo‘yicha ish beruvchi tomonidan o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilinishidir. Bunday munosabat ishchining (xodimning) ish beruvchi (tashkilot, korxona, zavod va h.k.) bilan tuzgan mehnat shartnomasi imzolaganidan so‘ng boshlanadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalashning asosiy maqsadi barcha mehnat faoliyati bilan band bo'lgan ishchi va xodimlaming sog'lig'ini, hayotini ijtimoiy himoya qilishdir. «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida» gi qonunning maqsadi esa ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish sohasidagi munosabatlami tartibga solishdan iboratdir.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanib, bu sug'urta turi bilan sug‘urta tashkilotlari shug‘ullanishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- avvalambor litsenziyaga ega bo’Iishi kerak;
- ustav fondining eng kam miqdori majburiy sug‘urta bo‘yicha shakllantirilgan bo‘lishi lozim;
- mamlakatning barcha hududlarida sug'urta tashkilotining filiallari ta’sis etilgan bo'lishi kerak;
- kelib tushgan da’volarni joylarda ko‘rib chiqishi zarurdir.
Sug‘urtaning ushbu turining majburiyligi birinchi navbatda mamlakatning barcha ish beruvchilarini qamrab olish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida sug‘urtaning ushbu turi bo‘yicha minimal sug‘urta tariflarini qo'llashga imkoniyat yaratadi.
Mohiyatan, majburiy sug‘urtaning bu turi mamlakat ish beruvchilari o'rtasidagi jabrlangan ish beruvchilar ko‘rgan zararlarni qoplash uchun mo’ljallangan mablag'larni qayta taqsimlash mexanizmi sifatida harakatga keladi. Bu mexanizm orqali jabrlangan xodimlar ko‘rgan zarami qonunda belgilangan sug'urta summasi doirasida qoplanishini kafolatlaydi va jabr ko‘rgan xodimga zararni qoplab berganda ham ish beruvchilarning moliyaviy barqarorligi saqlanib qolishini qo‘llab-quvvatlovchi real usul hisoblanadi.
Yana bir majburiy sug‘urta turi 2015 yilning 26 martida O'zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to‘girisidagi Qonuni qabul qilindi. «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilishning to’laqonli faoliyat ko'rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 sentyabrdagi 266-son Qarori qabul qilindi. Ushbu qonun 26 moddadan iborat bo'lib, uning asosiy maqsadi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunda tashuvchiga quyidagicha ta’rif berilgan: shahar yo'lovchilar transportida, temir yo'l, havo, avtomobil, daryo transportida va boshqa transportda yo'lovchilarni hamda ulaming mol-mulkini tijorat asosida tashish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi va buning uchun maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo'lgan yuridik shaxs.
Qonunning 4-moddasiga binoan, tashuvchining o'z fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish majburiyati - tashuvchi yo'lovchilaming hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun o'z fuqarolik javobgarligini tashish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish boshlanguniga qadar ushbu qonunda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug'urtalashi shart. Mazkur qonunning 5-moddasida ushbu sug'urta turining obyekti va subyekti ko'rsatib o'tilgan. Unga ko'ra, sug'urta obekti:
- yo'lovchining hayoti;
- yo'lovchining sog'lig'i;
- yo'lovchining mol-mulki (bagaj va yo'lovchining o'zi bilan birga tashilayotgan qoi yukiga yetkazilgan zarar o'rnini qoplash bo'yicha fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan chog'dagi mulkiy manfaatlari.
Tashuvchi, sug'urtalovchi, yo'lovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish subyektlaridir.
Qamrab olinadigan transport vositalari turlari:
- havo transporti;
- temir yo'l transporti;
- daryo transporti;
- avtomobil transporti;
- shahar yo'lovchilar transporti;
- boshqa transport (sh.j. parom kechuvlari, monorels va h.k.).
Agar majburiy sug'urta obyekti xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq ixtiyoriy sug'urta bo'yicha majburiy sug'urta qilish bo'yicha belgilangan sug'urta puli miqdoridan kam bo'lmagan miqdorda sug'urtalangan bo'lsa majburiy sug'urta qo'llanilmaydi.
Tashuvchi tomonidan o'z fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta qilinmagan taqdirda uning mansabdor shaxslariga nisbatan jarima sanksiyalari qo'llaniladi. Bunda, jarima sanksiyalarini qo'llash nazorat qiluvchi organlarining (Davavianazorat, O'ztemiryoTnazorat, O'zADTA va h.k.) taqdimnomalariga asosan sud tartibida amalga oshiriladi.
Jarima miqdori eng kam oylik ish haqining 7-10 barobarigacha belgilangan (ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishga o'xshash). Yuqoridagi shartlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 1461- moddasi bilan to'ldirilgan.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtasi bo'yicha sug'urta summusi har bir yo'lovchi uchun 11 ming AQSH dollari ekvivalentiga tong qilib belgilangan va undan:
10 ming AQSH dollari - yo’lovchining hayoti yoki sog’lig'iga yetkazilgan zararni qoplash uchun;
1 ming AQSH dollari - yo'lovchining mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash uchun to'lanishi nazarda tutilgan.
Sug'urtalovchilarga qo'shimcha talablar belgilangan, jumladan sug'urtalovchi:
- tegishli litsenziyaga ega bo'lishi;
- sug'urta sherikchiligida ishtirok etishi;
Qoraqalpog'iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug'urta shartnomasi tuzishga, sug'urta tovonlari haqidagi talablarni ko'rib chiqishga hamda sug'urta tovonlarini amalga oshirishga vakolatli o'z filiallariga ega bo'lishi kerak.
Sug'urta sherikchiligida ishtirok etish bo'yicha talab majburiy sug'urta bo'yicha tavakkalchiliklarni sug'urtalovchilar o'rtasida taqsimlash va ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, hamda tavakkalchiliklarni mamlakat hududida maksimal darajada ushlab qolish yo'li bilan qavta sug'urtalashga to'lanadigan chet el valyutasi chiqib ketishini kamaytirish maqsadida taklif etilgan. Sug'urta sherikchiligining ish faoliyati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.3