9. Ipoteka shartnomasi bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkni sug'urta qilish Ipoteka shartnomasi bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulk, agar ipoteka shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, yo'qotish va shikastlanish xavfidan sug'urta qilinishi kerak. Agar ipoteka shartnomasida garovga qo'yilgan mol-mulkni sug'urta qilish uchun boshqa shartlar mavjud bo'lmasa, garovga oluvchi o'z mablag'lari hisobidan ushbu mol-mulkning to'liq qiymatini yo'qotish va shikastlanish xavfidan sug'urtalashga majburdir, agar mol-mulkning umumiy qiymati belgilangan miqdordan oshsa ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat miqdori - ushbu majburiyat miqdoridan kam bo'lmagan miqdorda.
10. Moliyaviy xizmatlar ko'rsatishda majburiy sug'urta Moliyaviy xizmatlar provayderi iste'molchilarning talablarini qondirish uchun tugatilgan yoki bankrot bo'lgan taqdirda o'z javobgarligini sug'urta qilishi shart. Moliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi provayder iste'molchiga etkazilgan zarar uchun pudratchining javobgarligi to'g'risida sug'urta shartnomasi mavjudligi to'g'risida ma'lumot berishga majburdir.
11. Turoperatorning javobgarligini sug'urta qilish Turistlar va ekskursionistlarni sug‘urtalash ixtiyoriydir, bundan turoperatorlar va turagentlar turistlar va ekskursionistlar uchun turistik mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari va shakliga qarab sug‘urta polisiga ega bo‘lishi to‘g‘risidagi talabni belgilashga haqli bo‘lgan hollar bundan mustasno. Turoperatorlar o'zlarining fuqarolik javobgarligini sug'urta qilishlari shart. Turoperatorning fuqarolik javobgarligini sug'urtalashning maqsadi turistga pullik va ko'rsatilmagan xizmatlar uchun yoki turoperator o'z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda uning pulini qaytarish kafolatini berishdan iborat.
12. Majburiy davlat sug'urtasi Mehnat kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining barcha xodimlari majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasiga tortiladilar. Davlat ijtimoiy sug'urta badallari ish beruvchilar tomonidan, shuningdek sug'urtalangan xodimlarning o'zlari tomonidan to'lanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, ish beruvchilar tomonidan davlat ijtimoiy sug'urta badallarini to'lamaslik sug'urtalangan xodimni davlat ijtimoiy sug'urtasi mablag'lari bilan ta'minlash huquqidan mahrum qilmaydi. Sug'urtalangan xodimlar va zarur hollarda ularning oila a'zolari davlat ijtimoiy sug'urtasi mablag’lari bilan ta’minlanadi
- vaqtinchalik nogironlik bo'yicha nafaqalar va ayollar, shuningdek, homiladorlik va tug'ish uchun nafaqalar;
- bola tug'ilishi uchun nafaqa;
- keksalik, nogironlik va boquvchisini yo'qotganlik uchun davlat pensiyalari;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar.
Bugungi kunda O'zbekiston sug'urta bozorida majburiy sug'urta turlari bilan shug'ullanish uchun sug'urta kompaniyalari oldiga bir qator talablar qo'yilgan bo'lib, ushbu talablarni bajargan sug'urta tashkilotlari majburiy sug'urta bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bugungi kunda bunday talablami bajarib majburiy sug'urta bilan shug'ullanayotgan sug'urta tashkilotlari quyidagilardir:
I. Davlat ulushi bor sug'urta kompaniyalari;
1) “O'zagrosug'urta” AJ
2) “Kafolat sug'urta kompaniyasr AJ
3) “O'zbekinvest” EIMSK
II. Boshqa sug'urta kompaniyalari;
4) "Alskom” AJ S
5) “Alfa Invest” MCHJ ST
6) “Kapital sug’urta" AJ
7) “Ishonch” BSK MCHJ
8) “Asia insurance" MCHJ
9) “Gross Insurance’" MCHJ
10) “Universal sug'urta” AJ kabi 10 ta sug’urta kompaniyasi O‘zbekiston majburiy sug’urta bozorida faolivat olib bormoqda.
Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti munosabatlari chuqurlashib ketayotgan bir paytda har bir soha va tarmoqni izchil takomillashtirib borish davr talabiga aylangan. Sug'urta sohasini ham takomillashtirish yuzasidan hukumatimiz tomonidan bir qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan majburiy sug‘urtaning yangi turlarini amalivotga joriy etilishi bunga misol bo’la oladi.
Fikrimizcha majburiy sug’urta turlarini takomillashtirishning ikki xil yo’nalishi mavjud:
1. Sug’urta bozoridagi mavjud majburiy sug’urta turlari bo’yicha muammo va kamchiliklarini bartaraf etish orqali ulami takomillashtirish;
2. Jahon amaliyotini o’rganib, milliy sug’urta bozoriga majburiy sug’urtaning yangi turlarini joriy etish:
Xorij tajribasini o’rganish natijasida mamlakatimiz sug’urta bozoriga majburiy sug’urtaning yangi turi hisoblangan majburiy tibbiy sug’urtani joriy etish majburiy sug’urta sohasini yanada takomillashtiradi deb topdik.
Tibbiy sug'urta sug’urtaning bir turi bo’lib, unda sug’urtalanuvchi sug'urta tashkiloti bilan kelishilgan ma’lum haq (sug’urta mukofoti) evaziga, tibbiy xizmatdan foydalanish bo’yicha xarajatlarning yuzaga kelish xavfini sug’urtalanuvchi va sug’urta tashkiloti o'rtasida tuzilgan sug’urta shartnomasida kelishilgan summa va shartlar asosida sug’urta tashkilotiga o'tkazadi.
Sug’urtalanuvchi salomatligi yomonlashgani sababli xarajat qilishga majbur bo’lganda, sug’urta tashkiloti ushbu xarajatlami sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan pul summasi doirasida qoplab beradi.
Agar tibbiy sug’urta shartnomasi ixtivoriy tarzda tuzilsa, u holda ixtiyoriy tibbiy sug’urta hisoblanadi. Tibbiy sug’urta shartnomasi qonun asosida majburiy tarzda tuziladigan bo’lsa, ya’ni fuqarolar qonunga binoan, tibbiy sug’urta shartnomasi tuzishga majbur bo’lsalar, u holda sug’urtaning bu turi majburiy tibbiy sug’urta hisoblanadi. Ixtiyoriy va majburiy tibbiy sug’urta sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonunchilik asosida faoliyat olib borilayotgan va tijorat tashkiloti hisoblanuvchi sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunchilikka asosan, majburiy tibbiy sug’urta sug’urtaning ijtimoiy yo’naltirilgan turi hisoblangani tufayli, ushbu sug’urta turini amalga oshiruvchi sug’urta tashkilotlari uchun moliyaviy barqarorlik va to’lov qobiliyatiga oid qo’shimcha talablar qo’yilishi mumkin.
Majburiy tibbiy sug'urta ijtimoiy sug'urta ko'rinishida ham amalga oshirilishi mumkin. Ijtimoiy sug'urtaning odatdagi sug'urtadan farq qiluvchi tomoni shundaki, ijtimoiy sug'urtada yagona ijtimoiy sug'urta fondi yaratiladi va bu fond asosan, sug'urta mablag'larini to'plab, tijorat maqsadlarini ko'zlamagan holda mablag'larlami mo'ljaldagi maqsadlarga qayta taqsimlavdi.
Majburiy tibbiy sug'urtani ijtimoiy sug'urta sifatida amalga oshirganda bu sohadagi munosabatlar sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonunchilik doirasiga tushmaydi. Bu o'z navbatida ushbu sohadagi munosabatlami muvofiqlashtiruvchi yangicha me'yoriy-huquqiy aktlar majmuasini ishlab chiqishni talab etadi.
Xorijiy tajriba shuni ko'rsatadiki, majburiy tibbiy sug'urtaning universal modeli amaliyotda yo‘q. Har bir mamlakat o'zining sog'liqni saqlash va sug'urta tizimidan kelib chiqqan holda majburiy tibbiy sug'urta tizimini yaratadi. Fikrimizcha, u yoki bu shaklda majburiy tibbiy sug'urtani joriy etish to'g'risida qaror qabul qilish uchun amaldagi sug'urta tizimi va mamlakatdagi sog'liqni saqlash tizimini tahlil etish va u yoki bu shakldagi majburiy tibbiy sug'urtani joriy etish zaruriyati va uning qay darajada maqsadga muvofiq ekanini baholash lozim. O'zbekiston sug'urta bozorida 42 ta sug'urta kompaniyasi, 3 ta sug'urta brokeri va 6000 ga yaqin sug'urta agentlari bor.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, mamlakat ijtimoiy sohasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan sog'liqni saqlash sezilarli o'zgarishlarni boshidan kechirdi. 1998 yilgacha davom etgan qator tayyorlov tadbirlaridan keyin O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni qabul qilinib, unga muvofiq, «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Konseptsiyasi» va «0'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi» tasdiqlandi. Bugungi kunda sog'liqni saqlash tizimi islohotining asosiy qismi yakunlangan. Bugun respublika sog'liqni saqlash tizimi ancha murakkab tuzilishga ega.
Sog'liqni saqlash tizimi davlat va xususiy tibbiyot muassasalariga bo'linadi. Xususiy tibbiyot muassasalari o'z faolivatini Sog'liqni saqlash vazirligi bergan ruxsatnoma (litsenziya) asosida olib boradi. Davlat tibbiyot muassasalari respublika sog'liqni saqlash tizimida asosiy o'rin egallaydi. Davlat tibbiyot muassasalari uch bosqichga: respublika, viloyat va tuman (shahar, qishloq) bosqichlariga bo'linadi.
Agar tibbiy xizmatlami shartli ravishda uch turga: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, ixtisoslashgan tibbiy yordam va yuqori texnologik tibbiy yordamga ajratsak bu xildagi xizmatlar turli tibbiyot muassasalari tomonidan ko'rsatilishini ta’kidlash kerak bo'ladi.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami o'z ichiga ancha keng tarqalgan kasalliklar, jarohatlar, zaharlanish va boshqa shu kabi vaziyatlarda shoshilinch yordam ko'rsatadi, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi, o‘ta muhim kasalliklarga qarshi profilaktik tadbirlami bajaradi, oila, onalik va bolalikni muhofaza etishga oid choralarni ko'radi, fuqarolarga turar-joylariga qarab tibbiy-sanitar yordam ko'rsatish bilan bog'liq ishlarni amalga oshiradi.
Masalan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, uning viloyatlardagi filiallari, tuman (shahar) kasalxonalarining shoshilinch tibbiy yordam bo'limlari, shuningdek, qishloq vrachlik punktlari va shahardagi oilaviy poliklinikalar tomonidan ko'rsatiladi.
Ixtisoslashgan tibbiy yordam profilaktika, diagnostika, davolashning maxsus usullari talab etiladigan kasalliklarda ko'rsatiladi.
Yuqori texnologik tibbiy yordam diagnostika, davolashning maxsus usullari hamda murakkab tibbiy texnologiyalar va uskunalardan foydalanishni talab qiladigan kasalliklarda ko'rsatiladi.
Ixtisoslashgan tibbiy yordam respublika davolash-profilaktika muassasalari, respublika ixtisoslashgan tibbivot markazlari, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, ixtisoslashgan kasalxonalar, dispanserlar, tuman (shahar) tibbiy birlashmalari kabilar tomonidan ko'rsatiladi.
Yuqori texnologik tibbiy yordam bugungi kunda respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari, viloyat ixtisoslashgan kasalxonalari, dispanserlari va yuqori texnologik uskunalardan foydalanuvchi boshqa tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiIadi.
Davlat sog‘liqni saqlash tizimi shuningdek, SPIDga qarshi kurash respublika va viloyat markazlari, qon xizmati, viloyat qon quyish stansiyalari. respublika, viloyat va tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari, oliy o'quv yurtlarini ham o‘z ichiga oladi.
Sog'liqni saqlash tizimining murakkabligi ushbu tizim oldiga respublika fuqarolari salomatligini muhofaza qilislmi ta'minlashga qaratilgan qanday vazifalar qo‘yilganidan kelib chiqadi. Shunisi ravshanki, sog'liqni saqlash tizimining samaradorligi ko'p jihatdan uni moliyalashtirish tartibiga bog'liq.
Amaliyot shuni ko'rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida sog'liqni saqlash tizimini yuz foiz davlat tomonidan moliyalashtirish maqsadga muvoftq kelmaydi. Shu bois respublikada 1998 yilda boshlangan islohotlar sog'liqni saqlash tizimining byudjet, xususiy va moliyalashtirishning aralash shakli qo'llaniladigan tibbiyot muassasalaridan bir yo‘la foydalaniladigan modelini yaratishni ko‘zda tutadi.
Mazkur model birinchi navbatda kafolatlangan hajmdagi bepul tibbiy-sanitariya xizmati bilan ta’minlashni va shu bilan sog'liqni saqlash tizimining moliyaviy bazasini aralash va xususiy xizmat shaklini rivojlantirish hisobiga takomillashtirishni ko'zda tutadi.
Bunda fuqarolaming malakali tibbiy xizmatdan bahramand bo'lish va ijtimoiy himoyaga bo'lgan konstitutsion huquqi tamoyillariga rioya etilishi hamda aholining turli xildagi, ham pullik, ham bepul tibbiy xizmatdan teng ravishda foydalana olish imkoniyatini saqlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Moliyalashtirish tartibidan kelib chiqqan holda tibbiyot muassasalarini uchta guruhga bo'lish mumkin. Ya'ni, byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar, aralash shaklda moliyalashtiriladigan muassasalar va xususiy moliyalashtiriladigan muassasalar.
Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish konseptsiyasiga muvofiq davlat quyidagilami o'z ichiga olgan bepul tibbiy-sanitariya xizmatlarining taqdim etilishini ta’minlaydi:
- tez, shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatilishi;
- sog'liqni saqlashning birlamchi bosqichlarida va qator davlat avvalo qishloq joylardagi davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy xizmatlar ko'rsatilishi:
- aholini qator yuqumli kasalliklarga qarshi emlash;
- ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar va atrofdagilar uchun xavfli bo'lgan kasalliklar (sil, onkologik. ruhiy, giyohvandlik, endokrinologik kasallar va kasb kasalligiga uchragan bemorlar)ga oid ixtisoslashgan tibbiy yordam;
- tekshiruvdan o'tkazish va davolash (pullik kasalxonalardan tashqari);
- 15-17 yoshdagi o'smirlar va chaqiruv komissiyasi yo'llanmasi bilan kelgan chaqiruv yoshidagilar (18-27 yosh)ni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash:
- tug'ruqqa yordam xizmatlarini ko'rsatish (pullik kasalxonalardan tashqari):
- davlat davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarning imtiyozli toifalari (nogironlar, urush faxriylari, yetimlar)ni davolash.
Tibbiy-sanitariya xizmatlarining haqiqiy kafolatlangan hajmi sog'liqni saqlash tizimining davlat muassasalari tomonidan ko'rsatiladi. Natijada sog'liqni saqlashning byudjet moliyalashtirilishi quyidagilami ko‘zda tutadi:
- aholiga shoshilinch va zarur tibbiy yordam ko'rsatish, xizmat ko'rsatilayotgan hududdagi aholi jon boshiga sarflash me'yorlaridan kelib chiqqan holda immunizatsiya va yuqumli kasalliklarga qarshi emlash;
- tug'ruqqa ko'maklashish, bemorlaming imtiyozli toifalarini ambulator sharoitda tekshiruvdan o'tkazish va davolash, ijtimoiy ahamiyatga ega va atrofdagilar uchun xavfli bo'lgan kasalliklar bilan og'rigan bemorlarga belgilangan me’yorlar bo'vicha davolangan bemorlarga ajratiladigan mablag'lardan kelib chiqqan holda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko'rsatish;
Aralash moliyalashtirilishi quyidagilar uchun ko'zda tutilgan:
- tuman, shahar va ko'p tarmoqli davolash-profilaktika muassasalari, bepul tibbiy yordam tizimiga kirmagan ilmiy-tekshirish institutlari klinikalarida bemorlami (imtiyozli toifalardan tashqari) tekshiruvdan o'tkazish va davolash;
- ixtisoslashgan davolash muassasalarida bemorlaming imtiyozli toifalari (nogironlar, urush faxriylari, yetimlar)ni tekshiruvdan o'tkazish va davolash;
- alohida ko'p tarmoqli bolalar kasalxonalari.
Respublikamizda davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy-sanitariya xizmatlari hajmi doirasida bepul tibbiy xizmat ko'rsatilishi byudjet moliyalashtirilishi hisobiga ta'minlanadi. Bu o'z navbatida mamlakatda ma'lum darajada majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish zaruriyatini kamaytiradi.
O'zbekiston Respublikasining fuqarolar salomatligini muhofaza etish to‘g‘risidagi qonuni hamda sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasiga muvofiq, davlat sog'liqni saqlash tizimini moliyalashtirish manbalaridan biri tibbiy sug'urtadan tushadigan mablag'lardir. Bugungi kunda respublikada majburiy sug'urtaning ijtimoiy yo‘naltirilgan turli ko'rinishlari keng tadbiq etilyapti.
Masalan, ‘'transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash", «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash” hamda “tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish". Majburiy sug'urtaning bu turlari birinchi navbatda yo'l-transport hodisalari yoki xizmat vazifalarini ado etayotgan vaqtda yuz berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalardan ijtimoiy himoyani kafolatlash va ta’minlashga qaratilgan.
Tabiiy ravishda «Majburiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etish sog'liqni saqlash tizimiga nima beradi» degan savol tug'ilishi mumkin. Agar iste'molchi nuqtai nazaridan yondoshiladigan bo‘lsa, bugungi kunda u birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini va ixtisoslashgan tibbiy yordamning kafolatlangan tibbiy-sanitar yordam doirasidagi ba'zi turlarini (ijtimoiy ahamiyatga molik, atrofdagilarga xavf solishi mumkin bo‘lgan kasalliklar, tug'ruqqa yordam xizmatlari) bepul olishi mumkin.
Ixtisoslashgan tibbiy yordamning boshqa turlari va yuqori texnologik tibbiy yordam iste’molchi uchun pullik bo'ladi. Bundan tashqari, pullik tibbiy xizmatlar shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ham ko‘rsatiladi.
Bayon etilganlami hisobga olib, majburiy tibbiy sug'urtani pullik tibbiyot qismida joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu fuqarolarning tibbiy xizmatlar uchun xarajatlarini bir maromda taqsimlash va tibbiy xizmatlar uchun belgilangan hajmda haq to‘lashini kafolatlaydi.
Ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalaming asosiy qismi, davolangan har bir holat uchun haq to‘lash usulida molivalashtirishga bosqichma-bosqich o'tayotgani tufayli moliyalashtirishning bu usuli tibbiy sug‘urta mexanizmi bilan muvaffaqiyatli tarzda bo'linadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish birinchi navbatda vakolatli davlat organi tomonidan yagona klassifikator, shuningdek, uning asosida tibbiy xizmat turlarining narxlarini shakllantirish standartlarini tatbiq qilishni taqozo etadi. Bundan tashqari, tibbiy xizmatlaming majburiy sug‘urta bilan qoplanadigan hajmini belgilash kerak bo‘ladi.
Tibbiy xizmatlarning klassifikatsiyasi va davlat sog’liqni saqlash tizimi tomonidan ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning yagona narxlari belgilangandan keyin ixtisoslashgan tibbiy xizmatlaming alohida fuqaro uchun yillik tarkibi hajmini aniqlash mumkin bo'ladi.
Bu o'z navbatida majburiy sug'urta bilan qoplanadigan tibbiy xizmatlar hajmini belgilashga imkon beradi. Umuman, majburiy sug‘urta mexanizmini joriy qilish, fuqarolaming tibbiy xizmatlar uchun xarajatlarining davlat tomonidan belgilangan me’yorining qayta taqsimlanishini ta’minlaydi. Mazkur mexanizm eng kam miqdordagi pullik tibbiy xizmat hajmi hammabop bo'lishini ta'minlash imkonini yaratib beradi.5