O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklari


Gekkel 1866 yilda chop etilgan o‘zining “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” degan kitobi orqali olib kirdi. Uning ta’rifiga ko‘ra, “Ekologiya



Yüklə 51,78 Kb.
səhifə2/7
tarix14.12.2023
ölçüsü51,78 Kb.
#177791
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchi-fayllar.org

Gekkel 1866 yilda chop etilgan o‘zining “Organizmlarning umumiy
morfologiyasi” degan kitobi orqali olib kirdi. Uning ta’rifiga ko‘ra, “Ekologiya –
tabiatni iqtisodiy jihatdan tadqiq qilish orqali hamma tirik organizmlarning 
organik va noorganik muhit unsurlari bilan birga, uning ta’sir doirasida turgan 
antogonistik va noantogonistik aloqadorlikda bo‘lgan o‘simlik va hayvonot 
dunyosi o‘rtasidagi munosabatlarni ochib berishi»dir.
E.Gekkel buyuk ingliz olimi CHarlz Darvinning tirik organizmlarning
evolyusion rivojlanishi to‘g‘risidagi ta’limotini rivojlantirib, har qanday tirik
organizm atrof tabiiy muhitga moslashib, o‘zining morfologik(ichki) va
morfometrik(tashqi) ko‘rsatgichlarini o‘zgartirib borishi, moslashmagani esa
tabiiy tanlash asosida qirilib ketishini isbotlab berdi.
E.Gekkel «ekologiya» so‘ziga ta’rif berar ekan, inson tomonidan «tabiatni
iqtisodiy tadqiq qilish» degan iboralari alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki
tabiatni son jihatdan ifodalanishi inson faoliyati iqtisodiyotiga nechog‘liq
bog‘liqligini u ifoda etmoqchi edi. E.Gekkel birlamchi kapital ko‘pincha «tabiatga
salb yurish» orqali jamg‘ariladi, degan edi.
YUqorida keltirilgan tushunchada E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan so‘zlar
yoki iboralarning ayrimlari tushirib qoldirilgan yoki unga qo‘shimchalar
kiritilgan. Masalan, XIX asrning ikkinchi yarmida Evropa uchun «iqtisodning
tabiatini anglash» degan ibora o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, hozirga
kelib ham u birlamchi ahamiyat kasb etayapti deyish qiyin. CHunki qadimgi qita
vakillari ekologik talofat va inqiroz nima ekanlligini allaqachonlar tushinib
etganlar.
Nima uchun ekologiya fani aynan Evropada, XIX asrning ikkinchi yaramida va
biologlar tomonidan kashf etildi, degan o‘rinli savol tug‘iladi. CHunki XIX asr
o‘rtalarida Markaziy Evropada “ilmiy-texnikaviy inqilob” kishilarni tabiatga
nisbatan bosimini Germaniyaning Sileziya va Rur sanoati rivojlangan havzalarida,


tabiat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatning keskin buzilishi noevolyusion


1
tarzdagi buzilgan tabiat tizimlarini yuzaga keltirdi va tegishli iqtisodiy-moliyaviy
munosabatlarni shakllantirdi. Bu, o‘z navbatida, organizmlar yashash muhitini, u
esa organizmlar turi, populyasiyasi va jamoasiga keskin ta’sir etdi. O‘sha davrdagi
Reyn daryosining holatiga nazar tashlagan fransuz jurnalisti “Reyn daryosining
suvini XIX asrning ikkinchi yarmidagi tabiat manzarasini aks ettirish bo‘yog‘i
o‘rnida ishlatsa bo‘ladi», deb bejiz aytmagan. Bunday holat aynan Evropada ilk
bor ekologik dunyoqarashlarni shakllantirishga olib keldi. Ekologiya ushbu davrda
biologiya fanlari tizimiga kirgan va tirik organizmlar haqidagi fan tariqasida ilk bor
biologlar tomonidan taklif etilgan. Zamonlar o‘tib, XX asrning 70-yillariga kelib
(1972 yil “Atrof-muhit muhofazasi”ga bag‘ishlangan Stokgolm konferensiyasidan
so‘ng), ekologiya nafaqat mustaqil fan sohasi, balki fanlar tizimiga aylanib ketdi.
Hozirgi kunda 80 ziyod ekologik fanlar mavjud bo‘lib, ular deyarli barcha fan
tarmoqlariga kirib borgandir (2-rasm).
E.Gekkeldan so‘ng ekologiya atamasi ta’rifiga taqiqotchilar tomonidan
ko‘plab o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. Lekin, hanuzgacha, uning
birlamchi mazmuni va mohiyati umumiy tarzda saqlanib qolindi. Turli fikrlarni
umumlashtirgan holda biz ekologiyanimuayyan tabiat tizimida (ekotizimda) 
organizmlar o‘zaro va ularni yashash muhiti o‘rtasidagi munosabatlarning turli 
jihatlarini tadqiq qiluvchi fan tarmog‘i, ularga oid bilimlarni beruvchi ta’lim 
yo‘nalishi, ularni optimallashtiruvchi xalq xo‘jaligi sohasi, deyishimiz mumkin.
1
Яблоков А.В., Юсуфов А.Г. Эволюционное учение (дарвинизм).-М.: Высшая школа, 1997.






Yüklə 51,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin