rivojlanuvchi ekologik ob’ektlarni yuzaga keltirdi hamda noevolyusion
ko‘rinishdagi ekologik munosabatlarni shakllantirdi
1
.
Ekologiyaning ob’ekti va predmetiga izoh berishda alohida urg‘u
berilgan
«noevolyusion tarzdagi va ko‘rinishda»gi so‘zlarning qo‘llanishi aslo ilmiy
tadqiqotlarni evolyusion tarzda, ya’ni tabiiy rivojlanish tarzdagi yoki
ko‘rinishdagi joylar va undagi jarayonlarga ekologik nuqtai nazardan qarash kerak
emas, degan fikrni ifodalamaydi. CHunki ekologik muammo bo‘lmagan joyda
ham, uni yo‘qligini isbotlash yoki oldini olish maqsadida ekologik tadqiqotlarni
o‘tkazish mumkin. Er kurrasida esa, XXI asrga kelib, ekologik
muammolar etib
bormagan na bir quruqlik va na bir suv havzasi qolmagan bo‘lsa kerak.
Ekologik munosabat tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, umumiy
va shunga o‘xshash ko‘p qirrali xarakterga(ko‘rinishga) ega bo‘lishi mumkin.
Ushbu xarakterlarga, ya’ni fan predmetiga qarab ekologiya turli fan tarmoqlariga
bo‘linib ketadi. Masalan, tabiiy xarakterda–geoekologiya, bioekologiya,
zooekologiya, ixtioekologiya, fitoekologiya va h.k. Ijtimoiy xarakterda–ijtimoiy
ekologiya,
inson ekologiyasi, rekreatsion ekologiya va h.k. Iqtisodiy xarakterda–
amaliy ekologiya, sanoat ekologiyasi, resurslar ekologiyasi, agroekologiya va h.k.
Huquqiy xarakterda–ekologiya huquqi, xalqaro ekologiya huquqi, tabiatni
muhofaza qilish huquqi, tabiiy resurslardan foydalanish huquqi va h.k. Siyosiy
xarakterda–politekologiya, xalqaro ekologiya va h.k. Umumiy xarakterda–
umumiy ekologiya, regional ekologiya, kosmik ekologiya va h.k.
YUqorida sanab o‘tilgan barcha ekologik fan tarmoqlari (2-rasmga qarang)
ham o‘zining mustaqil o‘rganish ob’ekti, predmeti, manbalari,
usullari, tadbiq
qilish ob’ektlariga ega. Ularning mustaqil predmeti–muayyan ekologik tizimdagi
noan’anaviy tarzda o‘zgaruvchan organizmlar va noan’anaviy tarzda
o‘zgaruvchan atrof tabiiy muhit o‘rtasidagi aniq bir munosabat turidir. Masalan,
ekologiya huquqining predmeti–ekologik huquqiy munosabat, ya’ni insonlar
tomonidan tabiatni tiklash, sog‘lomlashtirish va muhofaza qilish hamda ulardan
1
Яблоков А.В., Юсуфов А.Г. Эволюционное учение (дарвинизм).-М.:
Высшая школа, 1997.
oqilona foydalanishda kelib chiqadigan shaxs-jamiyat-davlat o‘rtasidagi yuridik
xarakterdagi munosabatdir. Lekin keyingi paytda olimlar tabiiy resurslardan
oqilona foydalanishda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni ekologiya
huquqining predmeti emas, balki Suv, Er, O‘rmon huquqlari kabi fanlarning
predmeti qilib ko‘rsatmoqdalar. Ammo tabiiy resurslardan kompleks foydalanish
huquqini ma’lum bir huquq tarmog‘i bilan tartibga
solinishi maqsadga muvofiq
bo‘lmaydi. Undan tashqari, ekologik munosabat deganda biz faqatgina
insonlarning tabiatni tiklashdagi ijobiy faoliyatlarini tushunmaymiz. Inson yashar
ekan, u xohlaydimi yoki yo‘qmi, albatta ma’lum bir darajada tabiat ob’ektlaridan
foydalanadi. Bunday foydalanish huquqshunoslikda tabiiy huquqlar toifasiga
kiritiladi. Misol uchun, insonlarni atmosfera havosidan nafas olishi va nafas
chiqarishi, suv ichishi va tabiat ne’matlarini iste’mol qilishi, erda yurishi,
suvda
cho‘milishi va h.k. qarangki, inson tug‘ilishi bilan paydo bo‘ladigan hamma
huquqlar ma’lum darajada atrof tabiiy muhitni ifloslantiradi. SHuning uchun ham
Ijtimoiy ekologiyada «tabiat sig‘imi», ya’ni Er kurrasida tabiiy resurs
imkoniyatlariga ko‘ra, insonlarning sonini me’yorlash muammosi turadi. Undan
tashqari, tabiiy resurslardan oqilona va o‘ta samaradorlik bilan ilmiy asoslangan
tarzda foydalanish atrof tabiiy muhitni buzmasligini SHveysariya,
YAponiya,
Kanada, Finlyandiya kabi «ekologiyalashtirilgan mamlakatlar» tajribasida ko‘rish
mumkin.
Xullas, Ekologiya huquqining predmeti deganda, muayyan bir ekologik
tizim(ekotizim)da atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va buzilgan tabiat komplekslarini qayta tiklashdagi ijtimoiy
munosabatlarning huquqiy tomonlarini tushunish lozim. Atrof tabiiy muhitni
«qayta tiklash», «sog‘lomlashtirish», «qayta ishlab chiqarish» kabi uchchala
iboraning barchasini umumlashtirgan tarzda «muhofaza qilish» degan yagona
ibora bilan ifoda etish xato bo‘lmaydi, deb o‘ylaymiz.
Ekologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishining yana bir talabi
o‘ziga
Dostları ilə paylaş: