О‘zbekistonda ta’lim tizimi


Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari



Yüklə 296,5 Kb.
səhifə4/9
tarix02.09.2023
ölçüsü296,5 Kb.
#141279
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ўзбекистон таълим тизими

Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajadagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi turlarini о‘z ichiga oladi:
Maktabgacha ta’lim;
Umumiy о‘rta ta’lim;
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
Oliy ta’lim;
Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
Maktabdan tashqari ta’lim;
Biz faqat ta’lim turlarinigina bilib qolmasdan, balki har bir turining mazmuni, maqsadi va vazifalari haqida ilmiy pedagogik ma’lumotga ega bо‘lishimiz darkor.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining о‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi tо‘qqiz yillik umumiy о‘rta hamda uch yillik о‘rtamaxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy о‘rta ta’lim dasturidan о‘rta maxsus, kasb-hunar dasturlariga izchil о‘tilishini ta’minlaydi. Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I-IVsinflar), umumiy о‘rta ta’lim (I-IX sinflar), о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi.
Kasb-hunar ta’limi dasturlari о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy (bakalavriant, magistratura) ta’lim va oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’limni kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni qamrab oladi.
Maktabgacha ta’lim.
Mazkur ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda о‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini kо‘zlaydi. U о‘quvchilikka intilish hisi uyg‘otiladi va uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’limga oilada, bolalar bog‘chasida, mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi va vazifalarini rо‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar va har qanday jismoniy shaxslar faol ishtirok etishi mumkin.
Maktabgacha ta’limi yaxshilash uchun tarbiyachi, pedagog kadrlarni tayyorlash, maktabgacha ta’limning samarali pedagogik - psixologik uslublarini izlash, bolani oilada tarbiyalashda psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;zamonaviy о‘quv uslubiy qо‘llanmalar, texnik vositalar, о‘yinchoqlar maydonlar yaratish va hayotga tadbiq qilish; maktabgacha yoshdagi bolalarni halqning boy madaniy - tarixiy merosi asosida tarbiyalashga shart-sharoit yaratish hamda ularning sog‘ligini ta’minlash va chiniqtirish bо‘yicha qulay sharoit yaratish kabilarni nazarda tutadi. Eng asosiy vazifasi bolalarning hayotini rejimga solish, axloq-odob xulq-atvor tarbiyalash, rasm chizish, harf elementlarini mashq qilish, sanash, hisoblash, nutq, organizmni chiniqtirish, dam olishlarni tashkil etish kabi vazifalar amalga oshiriladi. Ulardan madaniy xulq-atvor, sodda mehnat kо‘nikmalari, gigiyena qoidalari о‘rgatiladi.



Yüklə 296,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin