Oilada ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish. Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga kо‘maklashadi. Bolalarni oilada о‘qitish va mustaqil ravishda ta’lim tegishli ta’lim muassasalarining dasturlari bо‘yicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yо‘sinda yordam kо‘rsatiladi.
Bо‘lajak bakalavr va magistr mutaxassislar О‘zbekistonda ta’lim tizimi turlari va ularning ish mazmuni haqida ilmiy ma’lumotga ega bо‘lishlari darkor. Chunki bо‘lajak mutaxassislar har bir ta’lim turining tuzilishi, mazmuni, maqsad va vazifalarini aniq tasavvur etishlari shart. Bunday mas’uliyat egallayotgan ixtisosligi bо‘yicha kasb kо‘nikmalarini о‘z vaqtida tarkib toptirishga yо‘naltiradi. О‘z ixtisosliklari yuzasidan chuqur ilmiy pedagog ma’lumot olishga da’vat etadi. Eng muhimi har bir ta’lim tizimi haqida ilmiy ma’lumotga ega bо‘lmay shu sohadagi vazifalarni bajarish mumkin emasligini tushunib yetmoqlari lozim. Shuning uchun bо‘lajak mutaxassislar ta’lim tizimi va uning ish mazmuni tо‘g‘risida ham nazariy, ham amaliy bilimlar zahirasini о‘zlarida shakllantirmog‘i zarur bо‘ladi.
Adabiyotlar:
1.Mahkamov M. «Bо‘lajak tarbiyachilarning pedagogik muloqat madaniyatini shakllantirish” nomzodlik dissertatsiyasi. T., 2005. 2. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. T.:TDPU.-2005.-149 b. 3.«Pedagogika» V.A.Slastyonin, I.F.Isayev, A.I.Mi hyonko, YE.N.Shiyanov. Moskva. «Shkolg‘naya pressa». 2004 4.Voljskiy A. Metodika vospitatelg‘noy rabotо‘ s molodejg‘Y. – M. 2003. 5.Kotov V. Vospitatelg‘naya rabota v shkole: opо‘t i problemо‘. – SPb: Sev.siyaniye 2003. 6 .Tarbiyaviy ishlar metodikasi. P.I.Ruvinskiy. – T. 1991 y.