Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bо‘lgan ehtiyojlarni ta’minlashga qaratilgandir. Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim oliy о‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida (aspirantura, adyunktura, doktarantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
U jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bо‘lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Oliy о‘quv yurtidan keyinga ta’lim bosqichlari (aspirantura, doktarantura) dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga kо‘ra fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi. Bu ishni takomillashtirish uchun: kasb ta’limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni ustivor tayyorlash; chet ellar tajribasidan foydalanishga sharoit yaratish; fan, texnologiya va ta’lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan halqaro hamkorlikni chuqurlashtirish va hokazo.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va kо‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlarini va kо‘nikmalarini yangilash va chuqurlashtirishga qaratilgan. Uni bitirganlarga guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi. Uni rivojlantirish uchun:
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun va boshqarishni shakllantirish;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan о‘tkazish;
iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlarida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish bо‘yicha raqobat muhitini yaratish va joriy etish va hokazo.
Maktabdan tashqari ta’lim Bolalar va о‘smirlar yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bо‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yо‘nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari muassasalariga bolalar ijodiyoti saroylari, uylar, klublar, markazlar, bolalar о‘smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Bolalar va о‘smirlarning ta’limga bо‘lgan, yakka tartibda talab ehtiyojlarini qondirish, ularning bо‘sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yо‘nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar. Uni takomillashtirish uchun:
ta’lim berish va kamol toptirishga yо‘naltirilgan xizmatlar kо‘rsatuvchi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va bunday xizmat turlarini kо‘paytirish;
о‘quvchilar bо‘sh vaqtini tashkil etishning; ommaviy sport, sog‘lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy qilish va hokazo.