О‘zbekistonda ta’lim tizimi


О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi



Yüklə 296,5 Kb.
səhifə6/9
tarix02.09.2023
ölçüsü296,5 Kb.
#141279
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ўзбекистон таълим тизими

О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har kim umumiy о‘rta ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida о‘qishning yо‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bо‘yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limning navbatdagi bosqichida davom ettirish uchun asos bо‘ladigan о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Akademik litsey о‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini о‘stirshni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yо‘naltirlgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik о‘rta maxsus yurtidir.
Kasb-hunar kolleji о‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasblar bо‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik о‘rta kasb-hunar о‘quv yurtidir. Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiq о‘rta maxsus ta’lim beradi. О‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olib, ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirlgan, tabaqalashtirilgan kasbga yо‘naltirlgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
Akademik litseylarda о‘quvchilar о‘zlari tanlagan yо‘nalishi bо‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur о‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar kо‘nikmalarini о‘zlarida shakllantirsh imkoniyatiga ega bо‘ladilar. Bu kо‘nikmalarni о‘qishni muayyan oliy ta’lim muassalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida rо‘yobga chiqarishlari mumkin.
Kasb-hunar kolleji davlat ta’lim standartlari doirasida о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, о‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli о‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim va kasb-hunar dasturlarini bajarish;
о‘quvchilarning uzluksiz ta’limining keyingi bosqichida о‘qishni davom ettirishni tanlagan mutaxassisliklar bо‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun zarur va yetarli bо‘lgan bilimlar hamda kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish;
respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga bо‘lgan ehtiyojini qondirish.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. U ta’limning keyingi bosqichlarida о‘qishni davom ettirish va egallagan kasb-hunar bо‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi.



Yüklə 296,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin