O’zbekistonda to’liq va samarali bandlik muommosi Reja: Kirish



Yüklə 49,75 Kb.
səhifə8/10
tarix24.10.2023
ölçüsü49,75 Kb.
#160568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’zbekistonda to’liq va samarali bandlik muommosi Reja Kirish-fayllar.org

Texnologik va hududiy ishsizlik majburiy ishsizlik turlari hisoblanadi.
Texnologik ishsizlik ishlab chiqarishning amal qilishida texnologik usullar
bir- birining o’rniga kirib kelishi bilan birga boradi. Ularning ichida asosiylari
mexanizatsiya, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani
qo’llash hisoblanadi.
Hududiy ishsizlik tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy –
psixologik xarakterdagi bir qator kompleks omillagar bilan bog’liq.
Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to’liq band
bo’lmaslik xarakterli. U o’z ichiga ishchi kuchining ishlarining to’liq hajmini
bajarmaydigan bir qismini oladi.
Turg’un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo’qotgan,
ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo’lgan va faol mehnat
faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo’lmagan qismini qamrab oladi.
«To’liq bandlilik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutloq mavjud
bo’lmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friktsion va tarkibiy ishsizlikning
bo’lishini tabiiy deb hisoblaydi, shu sababli «to’liq bandlilik» ishchi kuchining
100 % dan kamini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda,
to’liq bandlilik sharoitida ishsizlik darajasi friktsion va tarkibiy ishsizlar soniga
teng bo’ladi. Tsiklik ishsizlik nolga teng bo’lganda, to’liq bandlilik sharoitidagi
ishsizlik darajasiga erishiladi. «To’liq bandlilik» sharoitidagi ishsizlik darajasi
ishsizlikning tabiiy darajasi deb ham ataladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan
bog’liq bo’lgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi, iqtisodiyotning ishlab
chiqarish salohiyatini ko’rsatadi.


Shamsiddinov N.


4. 

Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi. Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozining bandlik va ishsizlikka ta’siri.
Neoklassik maktab konsepsiyasi A.Smitning klassik nazariyasi qoidalari asosida 
shakllantirilib, D.Gilder, A.Laffer, M.Feldstayn, R.Xoll kabi bir qator olimlarning 
fikr-mulohazalari orqali namoѐn bo‘ladi. Bu maktab namoyandalari ishchi kuchi 
bozorini maxsus qonunlarga bo‘ysunuvchi aloqalar tizimi sifatida ko‘rib chiqib, 
ular bozor mexanizmi orqali boshqarilishini ta’kidlaydilar. Ish haqi darajasi 
ishchi kuchining narxi sifatida ko‘rsatiladi. U ishchi kuchi talab va taklifiga ta’sir 
ko‘rsatib, ular o‘rtasidagi nisbat va zarur muvozanatni ta’minlaydi. Ishchi 
kuchining narxi bozor kon’yunkturasiga 
tezlik bilan javob qaytaradi, ya’ni bozordagi 
talab va taklifning o‘sishi ѐki kamayishiga 
qarab o‘zgaradi. SHunga ko‘ra, ishchi kuchi 
bozoridagi taqchillik ѐki takli ortiqchaligi ish 
haqi darajasini o‘zgartirish orqali bartaraf 
etiladi. Ishchi kuchi bozorining klassik 
modeli uning o‘zini-o‘zi tartibga solish 
tamoyiliga asoslanadi. Keynscha maktab 
vakillari ishchi kuchi bozorini harakatsiz, 
o‘zgarmas tizim sifatida baholab, unda 
ishchi kuchining narxi qat’iy belgilangan 
bo‘lishini ta’kidlaydilar

Bandlik va ishsizlik darajasi, ishchi kuchiga bo‘lgan talab, real ish haqi 
darajasi kabi asosiy ko‘rsatkichlar ishchi kuchi bozori orqali emas, balki tovar va 
xizmatlar bozoridagi samarali talab miqdori orqali belgilanadi. Ishchi kuchi 
bozorida esa faqat ish haqi darajasi va unga bog‘liq bo‘lgan ishchi kuchi taklifi 
miqdori 
shakllanadi. 
Biroq 
ishchi 
kuchi 
taklifi 
amaldagi 
bandlikning shakllanishida etakchi rol o‘ynamay, balki faqat uning ish haqining 
muayyan hajmidagi eng yuqori mumkin bo‘lgan darajasini tavsiflaydi. Ishchi 
kuchiga bo‘lgan talab yalpi talab, investitsiya va ishlab chiqarish hajmi orqali 
Neoklassik maktabi vakili
William Stanley 
Jevons



Shamsiddinov N.


tartibga solinadi.
3

Ishchi kuchi ham bozor iqtisodiyotida oldi-sotdi ob’ekti bo‘lganligi sababli


mehnat bozorida unga talab va taklif vujudga keladi.
Ishchi kuchining bozor narxi ish xaqi bo‘lib, bu yollanib ishlovchilarga
ma’lum vaqtda bajarilgan ishning miqdori va sifatiga qarab to‘lanadi.
Ishchi kuchiga talab mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘lib, u doimo o‘zgarib
turadi. Ishchi kuchiga talab boshqa sharoitlar o‘zgarmasa, ish haqi darajasiga
bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ish xaqi yuqori bo‘lsa, unga talab qisqaradi, agar u pas
bo‘lsa, aksincha, talab ortadi. Ish beruvchilar ish xaqini kamaytirishga, yollanib
ishlovchilar uni oshirishga harakat qiladi, chunki har qanday tovar egasi uni yaxshi
narxda pullashga xarakat qiladi. Ammo ish haqi ortgan sharoitda ham ishchi
kuchiga talab ko‘payishi mumkin, chunki bunda ish haqiga nisbatan mehnat
unumdorligi tezroq ortib borishi yuz beradi. Natijada ish haqiga ketgan qo‘shimcha
sarfni mexnat unumdorligining ortishi qoplaydi va hatto uning tejalishiga ham olib
keladi.
Ishchi kuchiga talab va uning o‘zgarishi.
3
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17
th
edition. America, New York: McGraw-Hill,
2008. page 96
Y
9000
8000
7000
6000
5000
4000
3000
2000
1000

Yüklə 49,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin