Shamsiddinov N.
Mehnat bozorida muvozanatlik
CHizmada ishchi kuchiga talab chizig‘i AV taklif chizig‘i DS bilan M nuqtasida
kesishadi. Bu nuqta muvozanat nuqtasi bo‘lib, ishchi kuchiga talab va taklif
miqdoran tenglashganligini bildiradi. Ish haqi 5000 so‘m bo‘lganda 500 kishi
mehnatiga talab qondiriladi, ish qidirgan 500 kishi ishga joylashadi, demak, ish
kuchining bundan ortig‘i ish xaqining mavjud darajasida band qilinmaydi.
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklifiga ish xaqidan tashqari boshqa omillar
ham ta’sir qiladi, bular:
Texnika taraqqiyoti;
Iqtisodiy tanglik yoki turg‘unlik holati;
YAngi texnologiyaning joriy etilishi;
Ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi;
Y
9000
8000
7000
6000
5000
4000
3000
2000
10
So
atb
ay
is
h
xa
q
i(
so
’
m
)
0 100 200 300 400 500 600 700 800 900 u2 u3 u1 u
Ishlovchilar soni (nafar)
x
S
D
-
-
-
-
-
-
-
-
-
●
' ' ' ' ' ' ' ' '
М
B
A
Shamsiddinov N.
Xulosa
SHunday mehnat turlari ham borki, ular maxsus qobiliyat va tayyorgarlikni talab
qiladi. Masalan: og‘ir jismoniy ish sog‘lom va baquvvat kishilarni; san’at, adabiyot,
fan, konstruktorlik sohalari alohida iste’dodni talab qiladi. SHunday kasblar borki,
ular puxta bilim, maxsus tayyorgarlik va katta tajribani talab qiladi. Masalan,
Germaniyada mustaqil ishlovchi vrach bo‘lish uchun, oliy ma’lumot olgach, yana
10-12 yil tayyorgarlik ko‘rishi lozim bo‘ladi.
Ishchi kuchining taklifiga ishning jozibadorligi
kasbdan obro‘ topish, qo‘shimcha imtiyoz olish,
yuqori mansabga erishish imkoni, ishsiz qolish
xavfining yo‘qligi, mehnat sharoitining yaxshiligi,
shuningdek arzon kredit (qarz) olish imkoni va
boshqalar ta’sir qiladi.
Ishchi kuchining taklifiga nufus qonuni,
ya’ni aholi sonining o‘sish surati xam ta’sir qiladi.
Aholi soni tez o‘sib, ishchi kuchi qilish yoshiga
etgan aholi qancha ko‘p bo‘lsa, mehnat taklifi
xam shuncha ko‘p bo‘ladi. O‘zbekistonda 2019
yilda mehnat yoshiga etganlar jami aholining
49.3%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda bu
ko‘rsatkich 61,1%ga etgan. SHunga mos ishchi kuchi taklifi ham ortgan.
Iqtisodiyotdagi har qanday beqarorliklar, jumladan boshlangan jahon moliyaviy –
iqtisodiy inqirozi real sektordagi faollikka jumladan, bandlik va ishsizlikka o‘z
ta’sirini o‘tkazdi.
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdori uning yordamida yaratiladigan tovar va
xizmatlarga bo‘lgan talabning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bozorda tovarlarga
talab oshsa ishchi kuchiga talab ham ortadi. Agar tovarlarga talab qisqarsa uni
yaratadigan ishchi kuchiga ham talab qisqaradi. Mana shu bog‘liqlik sababli
iqtisodiy inqirozlar davrida ishchi kuchiga talab keskin qisqarib ishsizlar soni oshib
Inqirozning turli xil
oqibatlari faqatgina uning
xarakterini emas, balki
inqirozni yumshatishi yoki
qattiqlab yuborishi mumkin
bo‘lgan inqirozga qarshi
boshqaruvning tavsifini
ham aniqlaydi
.
Shamsiddinov N.
boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th
edition. America, New York: McGraw-Hill
2. Shodmonov Sh., Alimov R., Jo’raev T. «Iqtisodiyot nazariyasi» o’quv
qo’llanma. 2020 yil.
3. D.Tojiboeva «Iqtisodiyot nao’zariyasi» (o’quv qo’llanma) Toshkent-2003
yil
4. Mankiw N.G. Principles of Economics (5
th
). AQSh 2010
5. Iqtisodiyot nazariyasi.Sh. Shodmonov.2005
6. Ч.Т. Хорнгрен., Дж. Фостер “Финансы и статистика”
http://fayllar.org