20
YAkuniy nazorat turini o‗tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.
III. TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada
yuritadi, olgan bilimini amalda qo‗llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‗yicha tasavvurga
ega deb topilganda — 5 (a‘lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‗llay oladi,
fanning
(mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi,
ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan
(mavzu) bo‗yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‗llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi,
biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‗yicha tasavvurga ega deb
topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‗zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi
hamda fan (mavzu) bo‗yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz)
baho bilan baholanadi.
IV. TALABALAR BILIMINI BAHOLASHDA UMUMIY QOIDALAR
1. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
2. YAkuniy nazorat, Fizika matematika fakulteti fakultet
dekani tomonidan ishlab
chiqilgan (o‗quv ishlari bo‗yicha prorektor tasdiqlagan) YAkuniy nazorat turlarini
o‗tkazish jadvaliga muvofiq o‗tkaziladi.
3. YAkuniy nazorat turini o‗tkazish va mazkur nazorat turi bo‗yicha talabaning
bilimini baholash o‗quv mashg‗ulotlarini olib bormagan professor-o‗qituvchi
tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bo‗yicha o‗quv mashg‗ulotlarini olib borgan professor-o‗qituvchi
yakuniy nazorat turini o‗tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
4. Agar ta‘lim sifatini nazorat qilish bo‗limi tomonidan nazorat turlarini o‗tkazilish
tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‗tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor
qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‗tkazilishi mumkin.
5. Talaba tegishli fan bo‗yicha yakuniy nazorat turi o‗tkaziladigan muddatga qadar
oraliq nazorat turini topshirgan bo‗lishlari shart.
6. Oraliq
nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‗yicha «2»
(qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
YAkuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi
bo‗yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor
hisoblanadi.
7. Talaba uzrli sabablarga ko‗ra oraliq va (yoki) yakuniy
nazorat turiga kirmagan
taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining
farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
8. Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan
o‗ta olmagan
taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi.
Komissiya
21
tarkibi tegishli fan bo‗yicha professor-o‗qituvchi va soha mutaxassislari orasidan
shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‗tkazish va talabani baholash
mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
9. Berilgan muddat davomida mavjud bo‗lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba
bo‗yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta‘lim muassasasi rektorini (boshlig‗ini,
filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori)
buyrug‗i asosida kursdan qoldiriladi.
10. Talaba baholash natijasidan norozi bo‗lgan taqdirda, baholash natijasi e‘lon
qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyasiya berishi mumkin. Talaba
tomonidan berilgan apellyasiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan
Apellyasiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‗rib chiqiladi. Talabaning
apellyasiyasini ko‗rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.
Apellyasiya
komissiyasi talabaning apellyasiyasini ko‗rib chiqib, uning natijasi bo‗yicha ushbu
semestrda fanni o‗zlashtirgani yoki o‗zlashtira olmagani ko‗rsatilib qaror qabul qiladi,
qarorni fakultet dekani va talabaga etkazilishini ta‘minlaydi.
11. Nazorat turi bo‗yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud
«5» (a‘lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‗l
qo‗yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: