34863 Er suv munosabatlari tarixi ishchi dastur (1)
Xonliklar davrida O„zbekistonda yer - suv munosabatlarining umumiy holati va dehqonchilik. XVI asr boshlarida SHayboniyxon tomonidan Samarqandning
CHo‗ponota tepaligi yonida SHayboniyxon suv ayirg‗ich
ko‗prigining qurilishi. SHayboniyxonning er-suv hamda soliq
masalalarini tartibga solish maqsadida Samarkand yaqinida
Konigil manzilida qonunshunos olimlarni to‗plab o‗tkazgan
maxsus kengashi. Abdullaxon hukmronlik qilgan davrda
(1557—1598) mamlakatda amalga oshirilgan qurilish va
irrigatsiya ishlari. 1583 yilda Zarafshon vodiysining shimolida
joylashgan Nurota tizma tog‗idan oqib tushadigan Oqchob
soyining darasi ichiga Abdullaxonbandi suv ombori,
Zarafshon daryosi suvining taqsimotini tartibga solishda
Zarafshon daryosi ustiga 1582 yilda qurilgan Puli Karmana, XVI
asrning ikkinchi yarmida bino qilingan Puli Mehtar Qosim, Puli
CHahorminor, Puli Jondor kabi suv o‗lchagich va
taqsimlagich inshootlarning qurilishi. XVI asrning ikkinchi
yarmida Tuyatortar kanalining chiqarilib, Jizzax vohasi suv
ta‘minotining yaxshilanishi. Murg‗ob vodiysining yuqori qismida
Ko‗shk soyi to‗silib Xovuzixon suv omborining barpo etilishi.
Buxoro
xonligida
yangi
erlarni
o‗zlashtirishda Jo‗ybor
xo‗jalarining tutgan o‗rni. Xo‗ja Kaab kanalining qazilishi va
Somonjuq dashti obod etilishi, Afshona qishlog‗igacha kanal
chiqarilishi, Amudaryodan CHorjo‗y atroflariga suv olib
kelinishi, Romitan tumani kanalidan shoxob kovlanib, Sevinj
qishlog‗i etagidagi
dasht erlar obod etilishi, Vaxsh daryosidan suv chiqarish uchun
kanal qazilishi.
Xonlikdagi er egaligi shakllari. XVII asr va XVIII asrning birinchi
yarmida Buxoro xonligida tarqoqlikning kuchayishi hamda
Xiva xonligi bilan bo‗lgan o‗zaro urushlar natijasida quyi
Zarafshonning irrigatsiya xo‗jaligiga putur etishi, sug‗orma
dehqonchilik erlarining maydoni qisqarib ketishi. Muhammad
Rahimxon davrida 1815 yilda Qilich Niyozboy kanalining
qurilishi. Qilich Niyozboy kanalidan chap tomonga Beshuyli,
o‗ng tomonga esa,
Gurlan, Nukus, Uyg‗ur, Polvonbek kanallarining ajralib
chiqishi. 1828 yilda Polvonyopning yangi boshi Toshsaqoning
qurilishi va 1831 yilda Ko‗hna Urganch tumaniga kanal
o‗tqazilishi. Qorako‗z va Qilich Niyozboy kanallarining
Muhammad Rahimxonning ikki lashkarboshisi – Qilich Niyozboy
va Davlat Qorako‗z tomonidan qurilishi.
XIX asrning ikkinchi o‗n yilligida Amudaryo suvlarining
Lovzonga qarab o‗pirilib ketishi natijasida SHomurod, Sipohiy
va Qoraqalpoqyorgan kabi kanallar o‗tkazilishi hamda bu
erlarning Xonobod nomini olishi.
Suvning taqsimlanishi: saqo – arna – yop – badoq – solma –
tortma. Doldarg‗a, toqurtqa va uning ahamiyati. Suv chiqarish
2
15
qurilmalari: «sepma», «depma», «nova», chig‗ir. To‗g‗onlar va
ularning tuzilishi. Xiva xonligidaga erga egalik qilish shakllari.
Adno, avsat, a‘lo.
8