“O„zbekistonda yer-suv munosabatlari tarixi (qadimgi davrdan hozirgi kungacha)” fanining ishchi o„quv dastur


Qadimgi davlat birlashlamalarining shakllanishida yer va suv



Yüklə 273,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/20
tarix07.01.2024
ölçüsü273,91 Kb.
#209486
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
34863 Er suv munosabatlari tarixi ishchi dastur (1)

Qadimgi davlat birlashlamalarining shakllanishida yer va suv 
munosabatlari. 
Sug‗orma o‗troq dehqonchilikka o‗tish va uning rivojida
patriarxal oilalarining asosiy ishlab chiqaruvchi kuch sifatidagi 
mohiyati. Ilk temir davri makonlari va sun‘iy kanallar
qurilishining boshlanishi. Jamoa erlari va suv xo‗jaligini 
shakllantirish. Qadimgi Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Qadimgi 
So‗g‗diyona davlatlari aholisining daryolar irmoqlari bo‗ylab
joylashuvi. Xorazm atrofida sun‘iy sug‗orishning rivojlanishi
natijasida Amudaryoning Dovdon tarmog‗i suvlari 
CHirmonyop, Qal‘aliqir, Ko‗zaliqir va hokazolargagina sarf 
etilishi. Ayrim o‗troq vohalarda qishloq (kat)larning kengayib
yirik maskat (ilk shahar)larga aylanishi. Ziroatchilik va erkin 
navlari turlarining ortib borishi.
Imoratsozlik va qurilish xom ashyolari.
Ishlab chiqaruvchi xo‗jalik: dehqonchi-lik, chorvachilik,
hunarmandchilik va mol ayirboshlash, savdo-sotiqning shakl-
lanishi. Mahalliy boshqaruv, mirobchilik va ommaviy hashar-
begor, yirik sug‗orish tarmoqlarining o‗tkazilishi va suv 
inshoatlari. Xususiy mulklarni shakllanishi.
Ahmoniylar va YUnon-makedonlar hukmronligi davrida erga
munosabat masalalari. Qang‗, Dovon va Kushon davlatlarida 
aholining sinfiy tabaqalanishi hamda er va suv munosabatlari.
Davlat, ibodatxona (vag‗nze), xususiy va jamoa erlari.
Xorazmning antik davrida qazilgan kanallari o‗zanining (Qirqqiz, 
Qo‗rg‗oshinqal‘a, Bozorqal‘a, Jonbosqal‘a, Anqoqal‘a, Guldursundan 
pastroqdagi, YAkka porson, Qarg‗ateshkanqala, Qizilqal‘a, 
Qavatqal‘a yaqinidagi kanallar) juda sayoz bo‗lishi


Ilk o„rta asrlarda yer egaligi munosabatlari. 
Ilk o‗rta asrlarda dehqonchilik vohalarining kengayishi.
Sug‗orish, melioratsiya va ekin etishtirish agrotexnikasi. Er 
maydonlarini o‗g‗itlash. Qishloq xo‗jalik mahsulotlariga bo‗lgan



12 
ehtiyojning oshishi. Erga egalik qilish munosabatlari. Suvdan
foydalanish. Mulkchilik munosabatlari. ―Dehqonlar‖, 
―kadivarlar‖, ―kashovarzlar‖. V-VI asrlarda O‗rta Osiyo hududida 
etishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari: g‗alla, sholi, g‗o‗za va
boshq. V asrda barpo etilgan sug‗orish tarmoqlari: Darg‗om, 
Zog‗ariq, Bo‗zsuv. Adirlarga suv chiqarishda o‗q, gupchak va
tishli g‗ildirakka asoslangan murakkab gidrotexnika inshootlari: 
charxparrak, chig‗ir va boshq. VI-VIII asrlarda mahalliy
hokimliklarda er-suv munosabatlari. Nahrifay, Xarkon, Anhor, 
Kalkovuz kabi yirik sug‗orish inshootlarining qurilishi.
Mulkdor-ozod, shahar hunarmandlari-ozodkor, savdo ahli-
g‗uvokorlar va ular tasarrufidagi er-mulk va suvlar hamda
ulardan foydalanish usullari. To‗rt turdagi erga egalik qilish: 
yirik mulkdor-dehqon qo‗rg‗onlari va ekin paykallari; masjid va
madrasalarga tegishli vaqf erlari; qo‗shchi kashovarzlarning
xususiy erlari va jamoa erlari-korizlar-er osti sug‗orish
inshootlari vositasida o‗zlashtirilgan umumziroatkorlarning 
ekinzor paykallari. 


Yüklə 273,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin