“O„zbekistonda yer-suv munosabatlari tarixi (qadimgi davrdan hozirgi kungacha)” fanining ishchi o„quv dastur


-mavzu. Mang„itlar sulolasi hukmronligi yillarida Buxoro



Yüklə 273,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/20
tarix07.01.2024
ölçüsü273,91 Kb.
#209486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
34863 Er suv munosabatlari tarixi ishchi dastur (1)

8-mavzu. Mang„itlar sulolasi hukmronligi yillarida Buxoro 
amirligida yer-suv munosabatlari
. XVIII asrning oxiri va XIX
asrning birinchi yarmida Buxoroda mang‗itlar hukmronligi
o‗rnatilib, amirlikda sug‗orish tizimi yaxshilash bo‗yicha bir
qator tadbirlarining o‗tkazilishi. Zarafshon vodiysida Jo‗yi Xurmo
va Jo‗yi Sarazm kanallarining qurilishi, Darg‗om arig‗i to‗g‗onining 
qayta tiklanishi, Panjikent yaqinida, SHeroz va Urgut tumanlaridagi 
ariqlar, 
Samarqand 
yaqinidagi 
Oqdaryo 
va 
Qoradaryodan
chiqarilgan ariqlarning qayta qazilishi. Amir SHohmurod davrida 
Urgut tumanida Qozonariq, SHeroz tumanida Toymanariq, Sugut
tumanida To‗g‗uzariq kabi kanallarning chiqarilishi.
 


9-mavzu. Xiva xonligida yer - suv munosabatlarining
umumiy holati va dehqonchilik.




XVI asrning o‗rtalaridan Ko‗hna Urganch, Vazir, Adoq
tumanlarining suv qurib qolganligi sababli sahroga aylanishi.
Janubiy Xorazm hududi XVII
asrning birinchi yarmidai boshlab, o‗zbek va turkmanlar o‗rtasida er, 
binobarin, suv uchun kurash maydoniga aylanishi. Abulg‗ozi
davrida xonlik iqtisodiy va siyosiy jihatdan yuksalishi. Anushaxon 
hukmronlik qilgan davrda (1663—1686) Janubiy Xorazmda ikkita 
katta SHohobod va YOrmish kanallarining qurilishi.
Muhammad Rahimxon davrida 1815 yilda Qilich Niyozboy
kanalining qurilishi. Qilich Niyozboy kanalidan chap tomonga
Beshuyli, o‗ng tomonga esa,
Gurlan, Nukus, Uyg‗ur, Polvonbek kanallarining ajralib chiqishi.
1828 yilda Polvonyopning yangi boshi Toshsaqoning qurilishi va
1831 yilda Ko‗hna Urganch tumaniga kanal o‗tqazilishi. Qorako‗z 
va Qilich Niyozboy kanallarining Muhammad Rahimxonning ikki 
lashkarboshisi – Qilich Niyozboy va Davlat Qorako‗z tomonidan 
qurilishi.
XIX asrning ikkinchi o‗n yilligida Amudaryo suvlarining
Lovzonga qarab o‗pirilib ketishi natijasida SHomurod, Sipohiy
va Qoraqalpoqyorgan kabi kanallar o‗tkazilishi hamda bu erlarning 
Xonobod nomini olishi.
Suvning taqsimlanishi: saqo – arna – yop – badoq – solma – tortma. 
Doldarg‗a, toqurtqa va uning ahamiyati. Suv chiqarish qurilmalari: 
«sepma», «depma», «nova»,
chig‗ir. To‗g‗onlar va ularning tuzilishi. Xiva xonligidaga erga egalik 
qilish shakllari. Adno, avsat, a‘lo.

Yüklə 273,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin