“O„zbekistonda yer-suv munosabatlari tarixi (qadimgi davrdan hozirgi kungacha)” fanining ishchi o„quv dastur



Yüklə 273,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/20
tarix07.01.2024
ölçüsü273,91 Kb.
#209486
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
34863 Er suv munosabatlari tarixi ishchi dastur (1)




O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‗RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 
“O„ZBEKISTONDA YER-SUV MUNOSABATLARI TARIXI 
(QADIMGI DAVRDAN HOZIRGI KUNGACHA)” 
FANINING ISHCHI O„QUV DASTUR 
(SILLABUSI) 
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha 
Ta‘lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar 
Ta‘lim yo‗nalishii: 5A120300 –Tarix (yo‗nalishlar va mamlakatlar) magistratura
Umumiy o‗quv soati – 60 soat 
Shu jumladan: 
Ma‘ruza - 30 soat
Seminar – 30 soat 
Mustaqil ta‘lim soati - soat 
Urganch 2022 






Fan/modul 
kodi 
O„ESM 
1404
O„quv yili 
2022-2023 
Semestr 

ECTS - Kreditlar 
1-semestr – 4 
Fan/modul 
turi 
Majburiy 
Ta‟lim tili 
O‗zbek 
Haftadagi dars soatlari 
1-semestr – 4 
1. 
Fanning nomi 
Auditoriya 
mashg„ulotla
ri (soat) 
Mustaqil 
ta‟lim (soat) 
Jami 
yuklam

(soat) 
“O„zbekistonda yer 
va suv 
munosabatlari 
(qadimgi davrdan 
hozirga kungacha)" 
1-semestr 
60 
1-semestr 
60 
1-
semestr 
120 
FAN O„QITUVCHILARI HAQIDA MA‟LUMOT: 
Dastur mualliflari: 
U.Xoʻjamurotov – Tarix kafedrasi katta oʻqituvchisi, 
PhD 
Telefon raqami 
+998942307338 
E-mail: 
Tashkilot: 
Urganch davlat universiteti, Tarix kafedrasi. Tarix 
binosi 311 xona 
 
I. Fanning mazmuni 
Fanni o‗qitishdan maqsad – ―O‗zbekistonda er va suv munosabatlari (qadimgi 
davrdan hozirga kungacha)" fani orqali talabalarda xolisona ilmiy dunyoqarashni
ko‗nikma va malakani shakllantirish.
Fanning vazifasi – O‗zbekiston tarixida, davlatchilikning shakllanishi va unda er-suv 
munosabatlarining ahamiyatini ko‗rsatishdan iborat. 
Asosiy nazariy qism (ma‟ruza mashg„ulotlari) 
II.I.Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 
( I kurs – I semester) 
№ 
Ma‘ruza mavzulari 
Soa
ti 

1-mavzu. 
O„zbekistonda dehqonchilik madaniyatining 
shakllanishi.
Qadimgi odamlar yashagan davrda O‗rta Osiyoning tabiiy
shart – sharoiti, ularning tarqalgan hududlari hamda
manzilgohlari. Tirikchiligi va hayotiy manbalari. Terimchilik
qiladigan erlari va o‗zlashtiruvchilik xo‗jaligi. Tosh qurollar 
yasash. Tabiiy olovdan foydalanish. Ijtimoiy ya‘ni to‗dadagi 




munosabatlar. Atrof muhit haqida dastlabki tasavvurlar,
muomala, til, etiqodiy va g‗oyaviy tushunchalarni yuzaga 
kelishida inson bilan tabiatning bevosita bog‗liqligi.
Dehqonchilik madaniyatining shakllanishida daryolar va
ularning irmoqlarining tutgan o‗rni. Amudaryo va uning
deltasi. Tarixiy manbalarda Zarafshon. O‗rta Osiyoda neolit
davri ziroatchilik makonlari. Xorazmdagi Suvyorgan kanali va 
uning atrofidagi manzilgohlar.
Urug‗chilik jamoasi – matriarxatning vujudga kelishi bilan
O‗rta Osiyoda hamda er va suvdan foydalanishda yangicha
yondashuv, qurolsozlik takomili (tosh paykonli sanchqi, nayzali 
garpun, suyak teshgichlar va h.k.). Ilk ishlab chiqaruvchilik
xo‗jaliklar: ovchilik va xonaki chorvachilik, hunarmandchilik
va dehqonchilikni yuzaga kelishida ayollarning buyuk
kashfiyotchilik hissasi. Eneolit davri motiga dehqonchiligi, 
sun‘iy sug‗orish tarmoqlari, tosh o‗roqlardan foydalanish.
Bronza davrida O‗zbekistonda irrigatsiyaning shakllanishi.
Sun‘iy sug‗orishning tog‗oldi vohalar va daryolar etaklaridagi
erlarni o‗zlashtirishda ahamiyati. Loyqa va qayr dehqonchiligi. 
Daryo va uning tarmoqlari etaklarida suv toshqinlaridan atrofga
tortilgan ilk sug‗orish ariqchalari sug‗orma dehqonchilikning 
paydo bo‗lishi.

Yüklə 273,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin