6-mavzu.
Amir
Temur
va
temuriylar
davrida
er-suv
munosabatlari
Amir Temur va temuriylar tomonidan Samarqand, Buxoro,
Qashqadaryo, Marv, Tus vodiysi hamda Hirot va uning atrofida yirik
sug‗orish inshootlarining barpo etilishi. YAngi qishloqlar va
bog‗larning barpo qilinishi. Kobul yaqinidagi Jo‗yinav dahasida
Bodon anhorining barpo etilishi. 1381 yili Amir Temurning Murg‗ob
vodiysini obodonlashtirish haqidagi Farmoni va sarkardalarning
Dilkusho, Ganjravon, Ganjxona, Umar Tobon, SHayx Abu
Sa‘id, SHayx Ali Bahodir, Davlatshoh Jondor, Gulbog‗on, Hasan
Jondor, Bu Alouddin inoq, Sahdak, Purdor, Ali Malik, Oq Bug‗o,
Davlatshoh bihisht, Sanjidak, Mangli Xoja, Kebekchi yurtchi,
Qutlug‗ xotun kabi kanal va ariqlarni qazilishida boshchilik
qilishi. Darg‗om anhoridan chiqarilgan Angor kanalining qayta
tiklanishi. Samarqand atrofidagi Jo‗ybori Bozor, Jo‗ybori Mazdohin,
Jo‗ybori Obirahmat,
Jo‗ybori Koranda, Jo‗ybori Jadid ariqlari va ulardan 72 qishloq
suv bilan ta‘minlanishi. 1401 yilda Kavkazning Boylaqon
mavzeida Amir Temur farmoni bilan Araks daryosidan
chiqarilgan Barlos kanali. SHohruh Mirzo tomonidan Murg‗ob
daryosining bosh to‗g‗oni – Sultonbandning tiklanishi. Mirzo
Ulug‗bek hukmronligi yillarida Buxoro vohasidagi Somonjuq
dashtiga suv chiqarilishi. Sulton Husayn tashabbusi bilan
Marviruddan yangi kanal qazilishi. Alisher Navoiy tomonidan
To‗ruqband suv omborining barpo etilishi. Toshhovuz, darg‗ot,
navo, chiqir, charxparrak, qaynama, sharshara, osma ko‗prik,
xandaq, tazar, sardoba kabi turli-tuman suv inshootlarining
qurilishi. Er egaligi turlari: ―mulki devoniy‖, ―mulk‖, ―mulki vaqf‖,
―jamoa erlari‖. Suyurg‗ol egaligi va uning huquqlari. Tarxon yorlig‗i
va tarxon egalarining nufuzi.
Qishloq xo‗jaligidan yig‗iladigan soliqlar. Ekin maydonlariga
ishlov beruvchi ―muzoriylar‖: davlat erlarida ishlovchi
2
7
muzoriylar; mulkdorlarning erlarini ishlovchi muzoriylar; o‗z
eriga ega bo‗lgan dehqonlar; vaqf mulklarida ishlovchi
muzoriylar.
7
Dostları ilə paylaş: |