O’zbekistоnning eng yangi tаriхi


O‘zbekiston-Eron munosabatlari



Yüklə 363,05 Kb.
səhifə73/91
tarix07.04.2023
ölçüsü363,05 Kb.
#94255
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91
4 Тарихи Маъруза матни Бир бетга иккита

O‘zbekiston-Eron munosabatlari.2017-yil sentabrda Ostonada o‘tkazilgan fan va texnologiyalar bo'yicha birinchi sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Eron Islom Respublikasi Prezidenti H.Ruhoniy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tashqi ishlar vazirining orinbosari darajasida muntazam ravishda O‘zbekiston-Eron siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkaziladi. Siyosiy maslahatlashuvlarning 5-davrasi 2017-yilning 13-martida Toshkentda o‘tkazildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston va Eron munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy asosini siyosiy, iqtisodiy madaniy sohalarda imzolangan 55 ta hujjat tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya tashkil etilgan. 2018-yilning aprel oyida Tehron shahrida O‘zbekiston-Eron qo‘shma komissiyasining 12-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 2018-yil natijalariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari $306,5 mln, shu jumladan O‘zbekison eksporti – $172,5 mln., import esa $133,9 mln. hajmida qayd etildi. O‘zbekistonda Eron sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 116 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan 19 tasi to‘liq Eron sarmoyasi asosida ish olib bormoqda.

O‘zbekiston-Isroil munosabatlari. Hozirgi kunga qadar ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 4 ta davrasi o‘tkazilgan. Siyosiy maslahatlashuvlarning oxirgi to‘rtinchi davrasi 2016-yil 30-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston-Isroil munosabatlarining huquqiy bazasi 19 ta hujjatlardan iborat (14 tasi davlatlararo va hukumatlararo, 5 tasi idoralararo hujjatlar). Ikki davlat o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarida eng qulay rejim o‘rnatilgan. 2018-yil yanvar-noyabr oylari yakuni bo‘yicha umumiy savdo aylanmasi $51.4 mln. (eksport - $16.1 mln., import - $35.2 mln.) tashkil etdi.


Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida Isroil sarmoyasi ishtirokida 37 korxonalar va shulardan 7 tasi 100% xorijiy sarmoyasi bilan mavjud. Ushbu korxonalar xorijiy kapital, turizm, ulgurji savdo, oziq-ovqat ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari yo‘nalishida faoliyat yuritib kelmoqda. 2018-yil 10-fevraldan Isroil fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejimi qo‘llanishi munosabati bilan O‘zbekistonga ushbu davlatdan keladigan turistlar soni ikki baravariga oshdi va 10 mingdan ortiqni tashkil etdi. O‘zbekiston-Quvayt munosabatlari.2017-yil iyun oyida O'zbekistonda Kuvait Milliy assambleyasi bilan hamkorlik bo'yicha parlamentlararo guruh tashkil etildi. 2018-yil 4-dekabr kuni al-Kuvayt shahrida O‘zbekiston va Kuvayt Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 2-davrasi o‘tkazildi. 2018-yilning 6-10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro maqom san'ati anjumanida Kuvayt madaniyat, san'at va adabiyot milliy kengashi Bosh kotibining o‘rinbosari Badr ad-Duveysh boshchiligidagi hay'at ishtirok etdi. 2018-yilning 25-26-oktabr kunlari Al-Kuvayt shahrida O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestrining konsertlari hamda milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Yüklə 363,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin