O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
Eng yangi tarix kitob

37 
4.
 
Farg‘ona voqealari. 1989-yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy 
hayotidagi o‘zgarishlar. 
Ma’lumki, XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sovet tuzumi parchalanishi 
arafasida 
mamlakatdagi 
inqirozli 
vaziyat 
millatlararo 
munosabatlarning 
keskinlashuvida ham o‘z aksini topdi. Chunki uzoq yillar davomida ijtimoiy- 
iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda to‘planib qolgan muammolar millatlararo 
munosabatlarga ta’sir etmasdan qolmadi. Bunday nizolar O‘zbekistonni ham chetlab 
o‘tmadi. 1989-yil may-iyun oylarida Farg‘ona viloyatidagi millatlararo mojarolar 
respublikadagi siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Respublikaning 
o‘sha paytdagi O‘zbekiston kompartiyasining sobiq birinchi kotibi Rafiq Nishonov 
boshchiligidagi siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri 
baholay olmagani uchun yoshlarning ommaviy chiqishlari, millatlararo to‘qnashuvlar 
sodir bo‘la boshladi. 
Shu narsa ayonki, deya yozadi Birinchi Prezident Islom Karimov “...o‘shanda 
barcha voqealarning ildizi - Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir 
ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan chambarchas bog‘liq edi. Yuzaga kelgan qaltis 
vaziyatni bartaraf etish uchun, eng avvalo, viloyatda, umuman, vodiy viloyatlarida 
yangi ish o‘rinlarini yaratish, bir so‘z bilan aytganda, odamlarga ta’minot va daromad 
manbayini topib berish zarur edi. 1989-yilning iyul oyiga qadar Farg‘ona viloyati 
aholisining hayot darajasini oshirish, mehnatga yaroqli aholining bandligini 
ta’minlash bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga 
oshirildi. 1989-yil 24 mayda Quvasoy shahrida yoshlar o‘rtasida bo‘lgan bezorilik 
millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o‘rtasida) to‘qnashuvni keltirib 
chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oladi. O‘sha davrdagi 
respublikaning rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay 
olmadi. Natijada oddiy mojaro Farg‘ona, Marg‘ilon, Toshloq, Qo‘qon, Andijon, 
Namangan, Toshkent viloyatida aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy 
chiqishlariga aylanib ketdi va millatlararo to‘qnashuvlarda namoyon bo‘ldi. 
Mamlakatimizga rahbar etib saylangan Islom Karimov hokimiyat tepasiga 
kelgach, eng avvalo, mamlakatda tartib o‘rnatishga kirishdi. O‘zbekistonning turli 
mintaqalaridan chiqqan etnik nizolar va ijtimoiy tanglik o‘choqlari shaxsan Prezident 
ishtirokida bartaraf etildi” Rahbar nafaqat siyosatchi bo‘lishi, balki dastlab uning 
irodali, qo‘rqmas shaxs sifatida shakllanganligi ham e’tiborlidir. 
1989-
yilning 23-iyunida Islom Karimov mamlakat rahbari bo‘lib saylangan 
kunining ertasigayoq, ya’ni 24 iyun kuni Ministrlar Sovetida Farg‘ona voqealariga 
bag‘ishlangan katta majlis o‘tkazadi. Mazkur majlisdagi chiqishida yangi rahbar 
siyosiy yetakchiga xos barcha fazilatlarini namoyon etadi. Islom Karimov davlat 
rahbari sifatida masalani keskin qo‘yadi: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz 
va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi” deya ta’kidlaydi. 
Ertasigayoq respublika rahbari janjal-to‘polonlar ichida qolib ketgan 
Farg‘onaga boradi. Lovillab yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan shahar 
va qishloqlar, qahr-g‘azabga to‘lgan odamlarning ichiga dadil kirib boradi. Ular bilan 
chin dildan, hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu insonlarning shu vaqtga 


38 
qadar hech kim eshitmagan ohu nolalarini tinglab, o‘zining yurakdan chiqqan 
samimiy va haqqoniy so‘zlari bilan bamisoli ularning qalbidagi yaralariga malham 
qo‘ygandek bo‘ladi. 
Ammo voqelar qaltis tus olgan kezlarda Farg‘ona fojialari haqida respublika 
matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to‘g‘ri ma’lumot berilmaganligi, 
bu mojarolarning kelib chiqishida, asosan, “mahalliy aholi aybdor” deb bir 
tomonlama va noxolis baholanishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Ta’kidlash joizki, 
1989-yil 11-iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va o‘qiyotgan farg‘onalik 
yoshlardan yuzga yaqini ommaviy axborot vositalarining voqealarga munosabati 
haqida bir qator to‘g‘ri talablarni qo‘yadilar. Bunday ommaviy chiqishlarga, 
kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga “ko‘nikmagan” mustabid tuzum 
siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashlaydi. 
1989-
yil 8-iyunda Qo‘qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari 
tomonidan o‘qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok 
bo‘ladi (ularning ko‘pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig‘i esa yarador qilinadi. 
Umuman 3-12-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va 
ularning harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan, 1009 
kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron qilingan. 
Voqealaming keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy 
organlar tomonidan mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga 
hamda Tojikistonning Leninobod (hozirgi Sug‘d viloyati) viloyati Asht tumanidagi 
Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko‘chiriladi. Minglab odamlarni bunday 
lagerlarda uzoq saqlab bo‘lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg‘ona viloyatidan 
Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko‘chirib 
olib borib joylashtiriladi. Zero, o‘zbek xalqining vijdoni pok. Farg‘ona voqealari 
o‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bo‘lmadi. Bu voqealarga tuturuqsiz va g‘arazli 
maqsadlarni ko‘zlab, kim qanday bo‘yoq bermasin, tarix, albatta, o‘zining adolatli 
hukmini chiqaradi. Baynalminalchilik, mehmondo‘stlik, yaxshilik, qalb saxovati 
hamisha o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib keldi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi, 
kadrlar siyosati, qatag‘onlar, sanoat, elektroenergetika, mashinasozlik, asbobsozlik, 
irrigatsiya, melioratsiya, qo‘riq va bo‘z yerlar, ijtimoiy hayot, madaniy hayot, fan, 
adabiyot va san’at, ta’lim-tarbiya, “qayta qurish”, “paxta ishi”, paxta yakka hokimligi, 
ekologik muammolar. 
Respublika rahbarining bunday qat’iyati asossiz ta’na va bo‘xtonlardan 
ezilgan, turli tahdidlar oqibatida tahlikaga tushgan xalqning ruhini ko‘tardi. Islom 
Karimov qonli voqealar haqidagi haqqoniy fikrlari bilan xalqimiz sha’niga otilgan 
malomat toshlari butunlay bo‘hton ekanligini isbotlaydi. Ayni paytda vahshiylik 
qilgan, odam o‘ldirgan, tartibsizliklarni keltirib chiqargan, uylarga o‘t qo‘ygan, 
transport vositalarni yoqib yuborgan kimsalar o‘zbek millatiga mansub emasligini, 
ularning hammasi ataylab tashkil etilganini markazdagi minbarlardan turib jasurlik 
bilan aytadi. 
Davlat rahbari o‘sha davrdayoq Farg‘ona voqealarining tub sabablari quyidagi 
masalalar bilan bog‘liqligini asoslab bergan edi va bu sabablar Islom Karimovning 



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin