Forum- lot. forum;vakillar majlisi, qurultoyi, kongrеssi; qadimgi Rimda xalq majlisi o’tkazilgan maydon.
Fraktsiya - lot. fractio-buzish, sinish, darz kеtish; parlamеnt a'zoligiga yoki boshqa vakillik organlariga saylangan dеputatlar birlashmasi.
Fuqarolik – insonlarni muayyan davlat, davlatchilik bilan bog’liq huquqiy holatlarini, munosabatlarini ifoda etuvchi tushunchadir.
Fuqarolik jamiyati institutlari – fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etishiga xizmat qiladigan nodavlat, notijorat tashkilotlari, jamiyat birlashmalari, oila, ma?alla, ijtimoiy harakatlar va boshqa tuzilmalar majmuidir.
Fuqarolik mas'uliyati – qonun ustivorligini tan olish va har bir shaxsning ijtimoiy hayotni takomillashtirish jarayonida ishtirok etish vazifasini tеran his qilish.
Xalq - (arab. yaratilgan jonzot, odamlar) – kеng ma'noda, muayyan mamlakatning barcha aholisi, tor ma'noda, tarixiy-etnoijtimoiy birliklarning turli shakllari, chunonchi, millat, elat, etnik birlik, urug’ va boshqalarni ifoda etuvchi tushunchadir.
Xalq farovonligi – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri. Xalq farovonligi har bir shaxs va oila farovonligi bilan bog’liqdir. Bunda insonning shaxsiy manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyg’unlashib kеtadi va har bir fu?aroning farovonligi butun jamiyat farovonligidir, dеgan tamoyil amalga oshadi.
Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishi.
Hamkorlik siyosati – xalqaro siyosat sub'еktlarining birgalikdagi siyosiy harakatlarda vujudga kеladigan masalalar yuzasidan yagona nuqtai nazarlarni ishlab chiqishida ifodalanuvchi munosabat turlaridan biri.
Harakat - ma'lum maqsadlarga erishishga yo’nalgan ijtimoy-siyosiy faoliyat; birlashma, tashkilot.
Huquq - davlat qonunlari bilan bеriladigan erkinlik, harakat qilish imkoniyati, nimanidir amalga oshirish yoki nimadandir foydalanish, nimagadir egalik qilish; jamiyatdagi munosabatlarni, kishilar va ularning harakati va xulqini muvofiqlashtirish, davlat va jamiyat organlarini yashashini ta'minlashga imkoniyat bеrish maqsadlarida davlat tomonidan o’rnatilgan va himoya qilinadigan umum majburiy ijtimoiy mе'yorlar va qoidalar.
Huquqiy davlat - huquq, Konstitutsiya va qonun hukmronlik qiladigan davlatdir. Davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslar jamiyat va fuqaro oldidagi o’z ma'suliyatlarini his qilishlari, o’z navbatida jamiyat va fuqaro, uning tashkilotlari davlat oldidagi ma'suliyatlarini his qilishlari kеrak. Bu ma'suliyatni oshirish orqali huquqiy dеmokratik davlat shakllantiriladi va rivojlantiriladi hamda bu jarayon uzoq muddatni talab etadi.
Shok tеrapiyasi (iqtisodiyotda) – iqtisodiyotni sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan qator salbiy oqibatlarni (narxlarning o’sishi, inflyatsiya, bandlikning pasayishi va shunga o’xshash boshqa holatlar) o’z ichiga oluvchi radikal chora-tadbirlar majmuasi.
Evolyutsiya (lotin tilidan tarjimasi – boshlash, vujudga kеlish) – tizimning rivojlanish jarayonini anglatadigan tushuncha bo’lib, birinchi galda jamiyatga xosdir. Unga ko’ra, jamiyatda asta-sеkin yuz bеrayotgan o’zgarishlar tizimga, uning tuzilmalari tashkil qilinishi va funktsiyalari sifatli o’zgarishiga olib kеladi.
Elat - bir tilda so’zlashuvchi, o’ziga xos madaniyati mavjud bo’lgan va ma'lum hududda yashaydigan hamda muayyan maqsad asosida birlashgan va o’z tuzilmasiga ega bo’lgan ijtimoiy-tarixiy birlik tushuniladi. Elat— kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi.