Respublika, mintaqaviy va mahalliy boshqaruv organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash jarayonining hozirgi holati
O’zbekistonda respublika mahalliy xo’jalik amaliyoti jahon tajribasidan kelib chiqib, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan konstitutsiyaviy vakolatlarni amalga oshirishning quyidagi samarali shakllarini qo’llashni nazarda tutadi:
1) mahalliy boshqaruv organlariga mahalliy ahamiyatga molik quyidagi masalalarni mustaqil hal qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish:
a) mahalliy mulkka, shu jumladan yerga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
b) mahalliy budjetlarni shakllantirish, tasdiqlash va ijro etish, mahalliy soliqlar va yig’imlarni belgilash;
v) jamoat tartibini saqlash bilan boqliq chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;
2) fuqarolarning: turar joyga ega bo’lish; sog’lig’ini saqlash; tibbiy yordam olish; bilim olish huquqlarini ta’minlash uchun sharoitlar yaratish;
3) soliq va budjet islohotlari doirasida mahalliy o’zini-o’zi boshqarishning moliyaviy-iqtisodiy negizini shakllantirishni nihoyasiga yetkazish, avvalambor, quyidagilar hisobiga budjet va soliqlarni tartibga solish tizimini takomillashtirish:
a) O’zbekiston Respublikasi subyektlarining birlashtirilgan budjetlarga yo’naltiriluvchi respublika budjeti mablag’larini qayta taqsimlash, mahalliy tuzilmalarning vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalarni hal qilish uchun mazkur tuzilmalarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash;
b) davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining o’zaro hamkorligi, shu jumladan mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlariga beriladigan alohida davlat vakolatlarining amalga oshirilishi va davlatning minimal ijtimoiy standartlarini belgilash prinsiplarini ishlab chiqish;
v) mahalliy o’zini-o’zi boshqarish moliyaviy-iqtisodiy negizining muhim tarkibiy qismi – mahalliy mulkni faol shakllantirish;
g) ko’chmas mulk bozorini rivojlantirish va aholi daromadlarini jalb etish hamda kichik va o’rta biznes vakillarining ishtirokini ta’minlaydigan investitsiya siyosatini amalga oshirish;
d) tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy tabiiy resurslardan samarali foydalanish hamda kichik va o’rta biznes korxonalarining aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlash va ular xizmatlar ko’rsatish faoliyatini muvofiqlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
e) respublika, mintaqaviy, mahalliy davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari o’rtasida vakolatlarni hamda tegishli moddiy va moliyaviy resurslarni taqsimlash;
j) mahalliy boshqaruv va mahalliy o’zini-o’zi boshqaruv organlarining O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilishlari ustidan samarali davlat nazorati tizimini shakllantirish;
z) mintaqa, respublika va xalqaro miqyosda o’zaro hamkorlik uchun shart-sharoitlar yaratish;
i) mahalliy boshqaruv organlarining faoliyatini davlat tomonidan ilmiy-uslubiy, tashkiliy-uslubiy va axborot bilan qo’llab-quvvatlash;
k) mahalliy hokimiyat organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarida ishlash uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va kadrlarning malakasini oshirish samarali davlat tizimini tashkil etish
Dostları ilə paylaş: |