A.N. SEVERSEVNING FILEMBRIOGENEZ NAZARIYASI N.Seversev ontogenez bilan filogenez orasidagi munosabatlar nihoyatda murakkab
ekanligini ta’kidladi. U Gekkel tomonidan ilgari surilgan palingenez va senogenezlarni farqqilish juda qiyin ekanligini, .chunki, filogenezdaontogenezning chetga chiqish hollari,embriologik moslanish hamma vaqt senogenez bo’lmavermasligini, ontogenezda ro’y beradiganko’pgina o’zgarishlar filogenetik ahamiyatga ega ekanligini eslatib, ularni filembriogenez debnomladi. Filembriogenez nazariyasini Seversov birinchi marta 1910 yili asoslab berdi.Keyinchalik esa uni yanada rivojlantirdi. Bu nazariya organlarning turning filogenetikyangilanishiga olib keladigan o’zgarishi qanday yo’llar bilan va qaysi bosqichda amalga oshishini ko’rsatib beradi. Mazkur masalani xal etmoq uchun Severtsov paletologiya, embriologiya vaevolyutsion chog’ishtirma anatomiya fanlarida to’plangan ma’lumotlarga murojaat etdi. Uningta’kidlashicha, ontogenez (embriogenez)da filogenetik ahamiyatga ega bo’lgan o’zgarishlar uch usulda yoki modulda amalga oshadi. Ular anaboliya, deviatsiya, arxallaksisusullaridir.
Anaboliya grekcha anabole – qo’shimcha demakdir. Anaboliyada muayyan organningindividual rivojlanishi xuddi ajdodlarinikiga o’xshash, amalga oshadi, lekin rivojlanishningoxirgi bosqichida o’zgarish, ya’ni ajdodida bo’lmagan yangi xususiyat paydobo’ladi, buo’zgarish ajdodnnng rivojlanishiga nisbatan qo’shimcha ravishda vujudga keladi va organningrivojlanish muddati cho’ziladi. Severtsov umurtqali hayvonlarning embrion rivojlanishinio’rganib, filembriogenezning anaboliya usuliga ko’plab misollar keltirdi. Masalan, otajdodlaridagi barmoqlarning o’zgarishini hozirgi zamondagi otlarnnng embri onal rivojlanishibilan taqqoslab, olti xaftalik ot embri onining oyoqlarida uchtadan barmoq rivojlanishini,uchinchi barmoq, bir oz katta, yon barmoqlar esa kichik, ularnning har biri uchtadan falanggaega ekanligini so’ngra suyaklari qo’shilib, grifil suyaklarga aylanishini qayd qildi. To’qimalargistogenezida, chunonchi epiteliy to’qimada ham shunga o’xshash qonuniyat namoyonbo’ladi. Odam embriogenezining ma’lum bir bosqichida epiteliy bir qavat, keyinchalik ikki vanihoyat, uch qavat silindrsimon hujayralardan tashkil topadi. Uning ustki qavat hujayralarnningyadrosi yo’qolib, shoxsimon m odda bilan singadi. Voyaga yetgan lansetnik va suyakli baliqlardaesa bir kavatli epiteliy ko’p qavatli epiteliyga qaralsa-da, u1ar shoxsimon modda bilansingmaydi.
Anaboliyaga dengiz cho’rtan bolig’i sarganning individual rivojlanilishi yaqqol misolbo’ladi. Bu baliq jag`ining to’zililshi bilan o’ziga yaqin bo’lgan boshqa baliqlardan farq qiladi.Odatda, uning yuqorigi va pastki jag’lari uzunasiga cho’zilgan bo’lib uzun tumshuq xosil qiladi.Bu baliqning uzunligi 10 mm keladigan embri onda ikkala jag’ uzunlashmagan, faqat pastki jag’bir oz oldinga bo’rtib chiqqan bo’ladi. Sarganga qon-qarindosh baliqlarning ko’pchiligida,chunonchi, aterinkada bunday xolat voyaga yetgan baliqlarda saqlanadi. Sarganda esa avvalpastki jag’ uzunlashib, 20 mm ga yetadigan chavog’ida u yuqorigi jag’dan bir necha marta uzunbo’ladi. Sargan chavog’ining uzunligi 9 sm ga yetgandan so’ng, yuqorigi jag’ ham uzayaboshlandi. Bu xolat Hemiramphus avl odiga mansub baliqlaning voyaga yetgan f ormalarida birumr saqlanib qolgan. Sargan balig`ida esa yuqorigi jag`ning uzayishi keyinchalik ham davometadi. Binobarin, aterinka balig`iga nisbatan sargan balig`ining indivhdual rivojlanishida ikkitaqo`shimcha faza-gemiramfus va aterinka fazasi bo’ladi .
Xuddi shunga o’xshash, dengiz shaytoni deb ataluvchi baliqlarda ham ko`krak suzgichqanotlari individual rivojlanishda ikki marta o’z xolatini o’zgartiradi. Rivojlanishning birinchibosqichida ular ko`krak so’zgich qanotining akulasimon baliqlarnikiga o’xshash gorizontalxolati, keyin esa ko’pchilik suyakli balliqlarga xos bo’lgan vertikal xolati nam oyonbo`ladi.Keyingi rivojlanishda ko`krak so’zgich qanoti yana gorilzontal xolatga o`tadi, lekinuning uchi orqaga qayrilgan bo’ladi. Anabolilya usuli ontogenezda. organlarning xosil bo`lishdavri ajdod organlarnikiga nisbatan uzayishiga olib keladi. Filembriogenezining anaboliya usulio’simliklar olamida ham keng tarqalgan. O’simliklardagi anaboliyaga palmalar bargaining rivojlanishini misol qilib ko`rsatish mumkin.Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, palma barglarikurtak holida yaxlit plastinkadan iborat bo’ladi. Ontogenetik rivojlanishning keyingi davridabarglar bo`laklarga bo`linib, patsimon yoki yelpig`ichsim on shakilga kiradi.