CH. Darvinning “Biglg’” kemasidagisayyoxati Bu dalillar ilgari yaShab, qirilib ketgan hayvonlar bilan hozirgi davrdagi hayvonlar o’rtasida o’zaro qarindoShlik bor, deb taxmin qiliShga sabab bo’ldi. Buenos-Ayresdan Santg’yagogacha bo’lgan masofada ham Darvin taksodont, mastodont, ot, Patagoniyada esa karkidon, tapir, paleotYeriy kabi ilgari kirilib ketgan hayvonlar suyagining qoldiqlarini topdi. Bundan hayratlangan Darvin: «Bitta qithaning o’zida ilgari yaShab, qirilib ketgan va hozir yaShayotgan hayvonlar o’rtasida Shu qadar ajablanarli o’xShaShlik borligini Yer yuzasida organizmlar paydo bo’liShi va yo’qolib ketiShi haqidagi masalani qachonlardir, boshqa xildagi har qanday faktlarga nisbatan yaxShiroq yoritib bYeriShga men Shubha qilmayman» deydi. Darvin Kordilg’Yera qoyalari bo’ylab qilgan ekskursiyalarida tizmaning markaziy qismida — 2000m balandlikda araukariyalar oilasiga mansub 50 ga yaqin daraxtning toShga aylangan qoldig’ini topdi. Ular bir-biridan ancha uzoqda joylaShgan bo’lsada, bir guruhni taShkil etardi. ToShga aylangan daraxtlarga qarab, Darvin Shu yerlarda o’tmiShda sodir bo’lgan voqealarni ko’z oldiga keltirdi. Hayvonlar geografik tarqaliShining ba’zi o’ziga xos tomonlari ham safar davomida Darvinni ajablantirdi. U SHimoliy va Janubiy AmYerika hayvonlarini o’zaro taqqoslab, ular o’rtasida katta farq borligini qayd qildi. CHunonchi, Janubiy AmYerikada maymunlar, lama, tapir, yalqov, chumolixo’r, zirhli kabi hayvonlar tarqalgan. Ular SHimoliy AmYerikada uchramaydi. Darvin bu masalaga tarixiy nuqtai nazardan yondaShdi. Uning fikricha, o’tmiShda AmYerikaning ikkala qismi bir bo’lib, faunasi o’xShaSh bo’lgan, keyinchalik esa Meksikaning janubida quruqlik ko’tariliShi tufayli hayvonlarning bir qithadan boshqa qithaga o’tiShi uchun to’siq hosil bo’lgan. Qadimgi hayvonlar qirilib ketgan. Oqibatda SHimoliy hamda Janubiy AmYerika faunasi o’rtasida hozirgi farq vujudga kelgan. Okeandagi orollar faunasi kreatsionizmga qarShi qaratilgan yorqin dalildir. Darvin Tinch Okeanning ekvator zonasida joylaShgan va Janubiy AmYerikaning g’arbiy qirg’og’idan 900 km uzoqda bo’lgan Galapagoss arxipelagining hayvonot va o’simliklar olamini mufassal o’rgandi va ularning o’ziga xosligini tahkidladi. Mazkur arxipelag 10 ta asosiy va bir necha kichik orollardan taShkil topgan bo’lib, uning faunasi va florasi tuziliShiga ko’ra ko’p jihatdan Janubiy AmYerika faunasi va florasiga o’xShaSh edi. SHu bilan bir qatorda orollardagi ko’p o’simliklar bilan hayvonlar turi endemik, ya’ni boshqa joylarda uchramaydigan turlar hisoblanadi. Masalan, CHatem orolida uchraydigan 16ta o’simlik turidan 12 tasi, CHarlz orolidagi 29 ta o’simlik turidan 21tasi faqat Shu orolda uchraydi. Har bir orolning o’ziga xos hayvonlar turi ham mavjud, qayd etilgan mulohazalar ayniqsa fil toShbaqa, qorayaloq, vg’yuroklar turlariga xosdir. Vg’yuroklar boshqa xossalaridan taShqari, tumShug’ining tuziliShi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Ular orasida kichik va katta tumShuqli formalar, ko’pgina oraliq formalar uchraydi. Qizig’i Shundaki, har xil orolda tumShug’i turlicha tuzilgan vg’yuroklar tarqalgan. Darvin o’zi ko’rgan hodisalarni izohlab; «Mazkur arxipelagda dastlab quShlar kam bo’lganligi sababli bir quSh turi modifikatsiyaga uchrab, arxipelagning turli orollariga tarqalgan, deb o’ylaSh mumkin» deb yozgan edi. Darvin YaShil Burun orollaridagi hayvonlarni o’rganib, ular Afrika qithasi qirg’oqlarida uchraydigan hayvonlarga o’xShaSh bo’lsa ham, lekin ko’p xossalari bilan ulardan farq qiliShini qayd qiladi. U o’z kuzatiShlari natijasiga asoslanib, okean orollaridagi hayvonlar bilan o’simliklar yaqin qithadan tarqalgan, lekin tabiiy Sharoit boshqacha bo’lganligi tufayli vaqt o’tiShi bilan fauna va flora ham o’zgargan va o’ziga xos xususiy xossalarga ega bo’la borgan, degan mulohazani o’rtaga taShlaydi. Albatta, bu mulohaza kreatsionizmga tamomila qarama-qarShi bo’lib, turlarning o’zgariShi, ularning kelib chiqiShi bir-biriga bog’liq ekanligini ko’rsatadi.