CH. Darvinning hayoti va ilmiy faoliyati CHarlz RobYert Darvin 1809 yil 12 fevralda Angliyaning SHryusbYeri Shahrida vrach oilasida tug’ildi. U bolaligidayoq tabiatdagi voqea-hodisalar, chunonchi, quShlar hayotini kuzatiShga, o’simliklar va minYerallardan kollektsiyalar to’plaShga qiziqar edi. Darvinlar uyining bir tomonida xilma-xil manzarali daraxt va butalar ekilgan bog’ bo’lib, ikkinchi tomonida daryo oqar edi. YoSh CHarlz bo’Sh vaqtlarini tabiat quchog’ida o’tkazar, quShlar, haSharotlarni kuzatib, baliq tutar va ov bilan Shug’ullanar edi. U 1817 yili maktabga borgan bo’lsada, o’sha davrda hukmron bo’lgan «klassik maktab» sinchkov Darvinda hech qanday qiziqiSh uyg’otmadi. Darvin 16 yoShga to’lgach, otasi uning kelgusida vrach bo’liShini ko’zlab, Edinburg univYersitetining meditsina fakulg’tetiga o’qiShga kiritdi.
O’g’lining medik bo’liSh havasi yo’qligidan xabardor bo’lgan otasi uni 1828 yili Kembrij univYersitetining ilohiyot fakulg’tetiga o’qiShga berdi. Bu yerda ham u xuddi Edinburg univYersitetidagi kabi, darslarga qiziqmasada, uni taShlab ketmadi. CHunki univYersitetda ilohiyotga oid darslar bilan birga tabiiyot fanlari ham o’qitilar edi. Darvin tabiiy fanlarga qiziqiShi jihatdan boshqa studentlardan ajralib turgani sababli univYersitetdagi yirik tabiatShunos olimlarning diqqat-ehtiborini o’ziga jalb etdi. Botanika professori Genslo, geologiya professori Sedjvik Darvinning tabiiyotga oid bilimlarini rivojlantiriShga yaqindan yordam berdilar. U tajribali geolog Sedjvik tomonidan SHimoliy Uelg’sga uyuShtirilgai geologik ekskursiyalarda faol iShtirok etdi. Darvin A. Gumbolg’dtning Janubiy AmYerikaga qilgan safari xotiralarini o’qib, safar qiliShga ko’proq kiziqa boShladi.
Darvin 1831 yili univYersitetni tamomlagandan keyin pastor bo’lib iShlaShdan ko’proq tabiatShunoslikka, tadqiqotlarga moyillik sezdi. CHunki bu davrga kelib u botanika, zoologiya, geologiya sohasidagi adabiyotlardan yaxShi xabardor, tabiiy Sharoit da bu fanlar bo’yicha tadqiqot iShlarini olib boriSh metodikasini anchagina egallagan edi. Bundan xabardor bo’lgan professor Genslo uni ingliz harbiy doiralari tomonidan butun jahon bo’ylab safarga jo’natilayotgan «Biglg’» kemasidagi ekspeditsiya tarkibida tabiatShunos sifatida iShtirok etiShga tavsiya etdi.
«Biglg’» kemasida safar qiliSh va uning ahamiyati. «Biglg’ kemasidagi safar 1831 yil 27 dekabrdan boShlanib, 1836 yil yil 2 oktyabrigacha, ya’ni salkam 5 yil davom etdi. Bu kema safarining asosiy vazifasi dengiz xaritalarini mufassal tuziSh maqsadida Janubiy AmYerikaning Sharqiy va g’arbiy sohillarini hamda unga yaqin orollarni suratga oliShdan, Yer atrofida bir nechta xronometrik o’lchov oliShdan iborat edi.
«Biglg’»ning marShruti. 1831 yil 27 dekabrda Angliya qirg’oqlaridan chiqqan «Biglg’» kemasi YaShil Burun orollarida bir oz to’xtagandan so’ng, Janubiy AmYerikaning Sharqiy qirg’oqlariga yetib keldi. U aprelg’ oyida Rio-de Janeyroda so’ngra Montevideo, Buenos-Ayresda bo’lib, Olovli Yer tomon suzadi. Keyin yana Shimol tomonga qaytib, 1833 yil avgustda Bayya-Blankaga yetib keladi. 1833 yil dekabrida SHarqiy qirg’oqdagi barcha iShlar yakunlangach, kema Patagoniya qirg’oqlari tomon suzadi va Olovli Yerni aylanib o’tib, Janubiy AmYerikaning g’arbiy qirg’og’i bo’ylab suzib o’tadi. U PYeru va CHilining ba’zi gavanalarida to’xtagach, 1835 yili Galapagoss orollariga yetib keladi. U yerda birmuncha vaqt bo’lgach, Tinch okean orqali Yangi Zelandiya qirg’oqlariga yo’l oladi. Kema Avstraliyada bo’lgandan so’ng, 1836 yil boShida Hind va Atlantika okeanlari orqali yana Braziliya qirg’oqlariga yetib keladi va u yerdan Angliyaga qaytadi.
Safarga ketayotgan Darvin Lyayelning 1830 yili chiqqan «Geologiya asoslari» degan kitobining birinchi tomini o’zi bilan olib ketgan edi. YaShil Burun orollarida olib borilgan dastlabki geologik kuzatiShlarda Darvin Lyayelning geologik o’zgariShlar asta-sekin boriShi haqidagi mulohazalari boshqa mualliflar nazariyasiga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega ekanligiga iShonch hosil qiladi. Janubiy AmYerikada olib borilgan kuzatiShlar dastlabki xulosalarni yana bir marta tasdiqladi. Lyayelning geologiya sohasidagi nazariyasi o’simliklar, hayvonlar ham sekinlik bilan evolyutsiya jarayonini o’tadi, degan g’oyani ilgari suriShga undaydi. Kema Braziliyada bo’lganda, Parana daryosi qirg’oqlari yaqinida Darvin kurg’oqchilikdan nobud bo’lgan bir qancha hayvonlar suyagining qoldiqlarini topdi va ularning ko’plab qiriliShi «halokat nazariyasi» bilan bog’liq emasligini o’z kundaligiga qayd qildi.
Paleontologik qazilmalar ham Darvin fikrlarining yo’naliShiga katta tahsir ko’rsatdi. U Janubiy AmYerikaniig Bayya-Blanka rayonida qadimgi davrlarda yaShagan va qirilib ketgan sut emizuvchilardan milodont, taksodont, megaloniks, stsilidotYeriyalar suyagining qoldiqlarini topdi. Ayniqsa, qirilib ketgan qadimgi chala tiShlilarning hozirgi vaqtda yaShayotgan yalqov, chumolixo’r, zirxlilarga o’xShaShligi Darvinni hayratlantirdi. U qirilib ketgan va hozirgi davrdagi tukotuko hamda suv cho’chqalari o’rtasida yanada ko’proq o’xShaShlik borligini aniqladi. Qazilma holda topilgan ba’zi hayvonlar hozir yaShayotgan bir qancha hayvon turkumlarining ayrim belgilarini o’zida mujassamlaShtirganligi ham mahlum bo’ldi.