Seminar mashg’uloti-6. CH.Darvin tahlimotining paydo bo’lishida rolg’ o’ynagan ijtimoiy -iqtisodiy Shart- Sharoit lar va tabiiy ilmiy kaShfiyotlar.
Reja:
1. CH.Darvinning evolyutsion tahlimotini rivojlanishi.
2. CH.Darvinning hayoti va ilmiy faoliyati.
3. «Biglg’» kemasida safar qiliSh va uning ahamiyati.
4. CH.Darvinning yirik asarlari va ularning qisqacha mazmuni.
Darvinning evolyutsion tahlimoti qanday Sharoit da vujudga kelganligini tushun iSh uchun Angliya kapitalizmining XIX asrning birinchi yarmidagi ahvoli bilan taniShiSh kerak. XVII asrda Angliyada burjua revolyutsiyasi g’alaba qilib, kapitalizmning rivojlanishi uchun mavjud barcha to’siqlar yo’qotildi. Angliya sekin-asta Kanada, Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Tasmaniya, Janubiy Afrikani bosib oldi. Bu mamlakatlar xalqlarini ekspluatatsiya qiliSh tufayli Angliya kapitalizmi juda ko’p boylik to’pladi va uni sanoat, qiShloq xo’jaligini rivojlantiriShga sarfladi. 1765 yili mexanik to’quv stanogi, 1769 yili bug’ maShinasi kaShf etiliShi hamda qo’l mehnatining tobora maShinalar yordamida bajariliShi tufayli XIX asrning o’rtalariga kelib, Angliya industrlaShgan yirik mamlakatga aylandi. Bu davrda u jahon bozorida birinchi o’rinni egalladi, cho’yan va po’lat YeritiSh, og’ir va yengil sanoat sohalarida katta muvaffaqiyatlarga YeriShildi. Natijada Angliya eng qudratli kapitalistik davlatga aylandi. Bu davrga kelib, yirik Shaharlar, sanoat markazlarining soni ham orta bordi. SHahar aholisining asta-sekin orta boriShi tufayli oziq-ovqat, kiyim-kechakka bo’lgan talab ham oShdi. Bu esa o’z navbatida qiShloq xo’jaligining jadal surhatlar bilan rivojlanishini taqozo etdi. Sanoat, qiShloq xo’jalik mahsulotlarining miqdoriga emas, balki sifatiga ham ahamiyat bYerila boShlandi. Sanoatning talabi, qiShloq xo’jalik mahsulotlarini yaxShilaSh metodik selektsiyani rivojlantiriShni taqozo etdi. Bu davrda o’simliklar selektsiyasi sohasida Lekutyor, SHeyrif va Galletlarning muvaffaqiyatlari ayniqsa diqqatga sazovor bo’ldi. Lekutyor tanlaSh yo’li bilan o’simliklarning yangi navlarini chiqariSh mumkinligini birinchi bo’lib tajribada isbotladi. SHeyrif, Gallet ham yuqoridagi fikrning to’g’riligini o’z tajribalarida aniqladilar. CHorvachilik sohasida ham birmuncha yutuqlarga YeriShildi. Amaliy selektsiyaga maShhur ingliz selektsionYeri R. Bekvell asos soldi. U tanlaSh yo’li bilan qisqa vaqt ichida leychestYer qo’y zotining yanada sYermahsul bo’liShiga YeriShdi. Aka-uka CHarlz va RobYert Kollinzlar qoramolning Shortgorn, Dj. Sebrayt tovuqning yangi sYermahsul zotlarini chiqardilar. Xo’jalik talablariga mos keladigan zot va navlarni tanlaSh yo’li bilan chiqariSh mumkinligi qiShloq xo’jaligining turli sohalariga oid ko’rgazmalarda, kitob, jurnal sahifalarida va klublarda keng targ’ib qilina boShladi.
CH. Darvin yangi formalar chiqariShda selektsiyaning ahamiyatiga yuqori baho bYeriSh bilan birga, qiShloq xo’jalik amaliyotini nazariy tomondan iShlab chiqdi hamda undan evolyutsion tahlimot yaratiShda foydalandi. XIX asrning birinchi yarmida tabiyot fanlari sohasida YeriShilgan yutuqlar evolyutsion nazariya yaratiShda asosiy zamin bo’ldi. Bu davrda botanika va zoologiya fanlarida tabiiy sistemalar haqidagi g’oya tobora keng tarqala boShladi. SHu bilan birga turlarning o’zgariShiga doir ko’pgina ma’lumotlar to’plana bordi. Hayvonlar bilan o’simliklarni tavsiflaShda ilgari keng tarqalgan murakkabdan oddiyga tomon joylaShtiriShga qarama-qarShi o’laroq, oddiydan murakkabga tomon joylaShtiriShga asoslanildi. Qiyosiy anatomiya, paleontologiya sohasidagi tadqiqotlar ham evolyutsion nazariyaning yaratiliShida muhim zamin bo’lib xizmat qildi. Darvin esa turli tiplarga kiradigan hayvonlar tuziliShidagi o’xShaShlikda ularning o’zaro qon-qarindoShligini ko’rdi.
Barcha tirik mavjudotlar kelib chiqiShining bir xil asosga ega ekanligi hujayraning tuziliShida hamda umurtqali hayvonlar murtagining rivojlanishidagi o’xShaShlikda ham o’z ifodasini topdi. Geologik hodisalarga tarixiy yondaShiSh organizmlar orasida tarixiy bog’laniSh mavjud, degan xulosaga olib kelar edi. SHunga o’xShaSh, embriologiya sohasidagi tadqiqotlar ham barcha umurtqali hayvonlar o’zaro qon-qarindoSh, degan g’oya uchun asos bo’lardi. SHunday qilib, XVIII asrning oxiri XIX asrning boShlariga kelib biologiyada, Shuningdek, tabiatShunoslikning boshqa sohalarida ham bir qancha muvaffaqiyatlarga YeriShildi. Bunda, avvalo, ko’plab tasviriy matYerial to’planganligi muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o’tiSh lozim. Sistematika, qiyosiy anatomiya, embriologiya, tsitologiya, biogeografiya, paleontologiya, ekologiya, fiziologiya, organik ximiya sohasida to’plangan boy ma’lumotlarga asoslanib, muhim xulosalar qilindi va kelgusida evolyutsion nazariya uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan qonuniyatlar ochildi: 1) organizmlarning tabiiy guruhlarini; 2) tuziliSh planining birligini; 3) genealogik Shajarasini; 4) gomologik organlar haqidagi ma’lumotlarni; 5) turlarning o’zgariShi to’g’risidagi tasavvurlarni; 6) embriologiya sohasidagi BYer qonunlarini; 7) tarixiy geologiyaga mansub Lyayelg’ kontseptsiyasini; 8) Yerning turli geologik qatlamlarida qazilma holdagi o’simliklar va hayvonlarning almaShinib turiShini; 9) organik va anorganik tabiat vakillarining o’xShaSh ximiyaviy elementlardan tuzilganligini aniqlaSh Shular jumlasiga kiradi. Bu davrga kelib, biologiya fanlarining umumiy iSh uslubi ham o’zgardi. Ilgari o’simliklar bilan hayvonlarni tavsiflaSh bilan chegaralangan biologiya fani, endilikda dala va laboratoriya tadqiqotlarining aniq tekShiriSh usullarini iShlab chiqdi. Qiyosiy usul biologiyaning Shoxobchalariga joriy etildi. Tirik tabiat tuziliShining birligi va o’zgariShi haqidagi g’oya XIX asrning birinchi yarmidagi biologiya fani uchun umumiy va xaraktYerli hisoblanadi.
XVIII asr oxiri va XIX asr boShlarida biologiyaning turli Shoxobchalarida to’plangan boy matYeriallar natijasida transformistik qaraShlar ba’zi hollarda evolyutsionizm g’oyalarining ShakllaniShiga sababchi bo’ldi. XIX asrning birinchi yarmi tabiat to’g’risidagi bilimlarning yanada boyiShi, biologiya fani yangi Shoxobchalarining rivojlanishi, ayrim evolyutsion tasavvurlarning ShakllaniShi bilan xaraktYerlanadi. Mazkur davrni evolyutsion tahlimot g’alabasi bilan tugallaSh uchun, avvalo, biologiya fani sohasida to’plangan nihoyatda boy faktik matYeriallarni xulosalaSh uchun maShaqqatli mehnat qiliSh, bu faktlarni yoritadigan nazariyani asoslaSh zarur edi.
Biologiyada endigina rivojlanayotgan evolyutsion g’oyalar bir necha asrdan bYeri hukmronlik qilib kelayotgan «yaratiliSh» tahlimotiga zarba bYeriSh uchun kuchsizlik qilardi. SHunga ko’ra, nima sababdan hayvonlar bilan o’simliklar organlari Shunday tuzilgan va organizm hayot faoliyatiga ko’maklaShadi? Nima uchun organizm bir butun garmonik sistema? degan muammolarni hal etiSh fan doirasidan chetga chiqarilib taShlangan edi. Teleologik tasavvurlarga zarba bYeriSh, «mo’hjiza»larni tabiatdan siqib chiqariSh, biologiyani, haqiqiy fanga aylantiriSh uchun organik olamning rivojlanishini matYerialistik tushun tirib bYera oladigan va bu rivojlanish ilgaridan belgilab bYerilgan maqsad natijasi emas, balki tabiatda tabiiy raviShda paydo bo’lganligini iShonchli raviShda isbotlay oladigan nazariya zarur edi. Bu nihoyatda og’ir va maShaqqatli vazifani ingliz tabiatShunosi CHarlz Darvin hal etdi.
Dostları ilə paylaş: |