Seminar mashg’uloti-13. Turlarning paydo bo’lishi va uning yo’naliShlari.
Biologik tur haqida mulohaza yuritiSh uchun bu atamaning tub mohiyatini anglab oliSh darkor. Hozirgi paytda biologiya fanida tur deyilganda morfofiziologik jihatdan nisbatan o’xShaSh, kelib chiqiShi bir, o’ng’aylik bilan o’zaro chatiShib nasl beradigan, ma’lum arealni egallagan organizmlar majmuasi tushun iladi.
UShbu taorifning o’ziga xos tomoni Shundaki, u o’zaro chatiShib ko’payadigan alohida organizmlar majmuasini tur sifatida talqin qiladi. Lekin Shuni unutmaslik kerakki, hamma organizmlar ham jinsiy yo’l bilan ko’payavYermaydilar. Tabiatda jinssiz yo’l bilan ham ko’paya oladigan organizmlar mavjud. Bundan taShqari qadimgi Yeralarda yaShab o’lib ketgan turlar bor. Bulardan ma’lum bo’ladiki, barcha organizm turlarining o’ziga xos belgi-xossalarini qamrab olgan tur taorifi biologiya fanida hali yaratilmagan. SHuning uchun amaliyotda organizm turlarini bir-biridan farqlantiriShda tur mezonlaridan foydalani- ladi.
Tur mezonlari. Turga mos belgi-xossalari yig’indisi tur mezonlari deb ataladi. Tur mezonlari tubandagilar:
Morfologik mezon. Morfologik mezon bir turga kiruvchi individlarning taShqi va ichki tomonidan o’xShaShligini ifo- dalaydi. Qora qarg’a va ola qarg’a har xil turlarga mansub. Ularni siz taShqi tomondan farqlay olasiz. Bir turga kiruvchi organizmlar ham baozi belgi-xossalari bilan o’zaro farq qiladi. Lekin ulardagi farq har xil turga kiruvchi organizmlar farqiga nisbatan juda kam bo’ladi. SHu bilan bir qatorda taShqi tomondan bir-biriga juda o’xShaSh, lekin o’zaro chatiShmaydigan turlar ham uchraydi. Ular qiyofadoSh turlar deyiladi. CHu- nonchi, drozofilada 2 ta, bezgak chivinida va qora kalamuShda ham 2 ta qiyofadoSh turlar ma’lum. QiyofadoSh turlar suvda hamda quruqlikda yaShovchilar, reptiliyalar, quShlar, hatto sutemizuvchilarda ham aniqlangan. Binobarin, morfologik mezonning o’zigina turni farq qiliSh uchun yetarli emas. Lekin morfologik mezon uzoq vaqt turlarni aniqlaShda asosiy va yago- na hisoblangan.
Fiziologik mezon. Bu turga kiruvchi individlarda hayotiy jarayonlar, ayniqsa, ko’payiShning o’xShaShligi bo’ladi. Har xil tur vakillari bir-biri bilan chatiShmaydi, chatiShsa ham nasl bYermaydi. Turlarning chatiShmasligi jinsiy organlar tuziliShidagi farqlar, ko’payiSh muddatlarining turlicha bo’liShi va boshqa xossalari bilan izohlanadi. Lekin tabiatda ayrim, masalan, kana- reyka, tYerak va tol, tovuShqon turlar o’zaro chatiShiShi va nasl bYeriShi mumkin. Bu o’z-o’zidan fiziologik mezon ham turlarning bir-biridan farq qiliShi uchun yetarli emasligini ko’rsatadi.
Biokimyoviy mezon. Har xil turga kiruvchi organizmlar o’zining kimyoviy tarkibi, oqsil, uglevod, peptidlar, nuklein kislotalar va boshqa organik moddalari bilan farq qiladi. Lekin asosiy farq har bir tur uchun xos irsiy matYerial DNK moleku- lalari va hujayradagi oqsillarning sifati va miqdorining o’ziga xosligidadir. Organizmlarning qaysi turga kiriShini aniqlaSh uchun ulardagi nuklein kislotalari farqini belgilaSh hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’liShi mumkin.
Geografik mezon. Tur tarqalgan hudud katta yoki kichik, har joyda yoki yoppasiga bo’liShi mumkin. Baozan esa ikki, uch turning areali o’xShaSh bo’liShi yoki baozi turlarning iShg’ol qil gan areali nihoyatda keng maydonni egallaShi mumkin. Bu esa o’z navbatida geografik mezon boshqa mezonlar kabi turning o’ziga xos belgisi bo’la olmasligidan guvohlik beradi.
- Ekologik mezon. Mazkur mezon ostida har bir turga kiruv- chi organizmlarning konkret muhit Sharoit ida yaShaShi, unga moslaShganligini tushun iSh lozim. Masalan, dalalar, o’tloqzor- larda zaharli ayiqtovon, sYernam yerlarda sudraluvchi ayiqtovon, daryo, ko’lmak chetlarida, botqoqliklarda achiShtiradigan ayiq- tovon turlari uchraydi.
Genetik mezon. Bu mezonda har bir turga xos xromosoma- lar soni, Shakli, tuziliShi, maxsus bo’yoqlar bilan bo’yaliShi tushun iladi. Qora kalamuShning ikkita qiyofadoSh turining biri- da 38 ta, ikkinchisida 42 ta xromosoma bor. Genetik mezon barqaror bo’lsa-da, bu o’xShaShlik nisbiy sanaladi. CHunki tur ichida xromosomalar soni va tuziliShida farq bo’liShi, har xil turlarda esa xromosomalar soni teng bo’liShi mumkin.
Yuqorida qayd qilingan mezonlardan birontasi ham har yoqlama hisoblanmaydi. SHu bois turlarni aniqlaShda ularning hammasidan yoki ko’pchiligidan foydalaniSh talab qilinadi.
Har bir o’simlik, hayvon turi bir-biridan ozmi-ko’pmi tafovut qilgan individlardan tarkib topgan. G’afurova maolu- motlariga ko’ra Xumson qiShlog’idagi yetti nuqtali tugma- chaqo’ng’iz tekShirilganda ular tanasining uzunligi 5,5 mm dan 8 mm gacha, rangi och jigarrangdan tortib to to’q jigarrang- gacha, qora dog’larining kattaligi va Shakli bilinar-bilinmasdan to aniq ifodalangan dog’largacha bo’liShi aniqlangan. SHunga o’xShaSh kartoShka o’simligining zararkunandasi bo’lgan kolara- do qo’ng’izi ToShkent atrofidagi tumanlarda yirikroq, Qozog’istonning Taraz dalalarida esa nisbatan maydaroq ekanligi ma’lum bo’lgan. Bunday nisbatan xilma-xillikni boshqa o’simlik, hayvon turlarida ham ko’riSh mumkin. Binobarin, har bir tur politipik hisoblanadi.
Tur mezonlari. A) morfologik: 1—katta chittak; 2—lazarevka chittagi; B) genetik har xil sondagi xromosomaga ega kalamuShlar turi; fiziologik: 1—dehqon chumchug’i; 2—bog’ dehqon chumchug’i; biokimyoviy: 1—ko’p bargli lyupin; 2—sariq lyupin; F) ekologik: 1—zaharli ayiqtovon; 2—o’rmalovchi ayiqtovon; G) geografik dala, nam o’tloqzor: 1—Evropa qoraqarag’ayi, 2— Sibir qoraqarag’ayi.
Politipik turlar
Darvin turlarning paydo bo’liShi haqida. Darvin tabiiy tanlaniSh nazariyasi bilan faqat moslaniShlardagina emas, balki yangi turlarning paydo bo’liShini ham tushun tirib berdi.
Turlarning paydo bo’liShini tushun tiriShda ikkita qiyinchilik uchraydi: ulardan bin tur paydo bo’liShining uzoq muddatli ekanligi va tajribada o’rganiShning qiyinligi bo’lsa, ikkinchisi — tur paydo bo’liShining har xil organizmlarda turlicha bo’liShi bilan izohlanadi. YaShaSh Sharoit ining o’zgariShi bilan tabiiy tanlaniSh tufayli bir turga mansub organizmlar individual farqlar tobora ortib borib, tur doirasida belgilarning tarqaliShiga olib keladi. Oqibatda bir tur doirasida bir-biridan belgi-xossalari bilan farq qiluvchi bir necha guruhlar hosil bo’ladi. Albatta, yaShaSh uchun kuraSh ko’pgina hollarda oraliq formalarining sekin-asta kamayib, qirilib ketiShiga, o’zgargan muhitga moslaShganlarining esa yaShab qoliShiga sababchi bo’ladi. Buning oqibatida tarixiy jarayonda bitta ajdod tur bir necha yangi turlarni vujudga keltiriShi mumkin. Darvin taolimotiga binoah yangi turlar tabiatda organizmlarda paydo bo’lgan kichik o’zgariShlarning bo’g’indan bo’g’inga irsiylanib, to’planib bo - riShi hisobiga vujudga keladi. Bir tur doirasidagi organizmning har xil Sharoit ga, muvofiqlaShuvi natijasida bir necha turlar hosil bo’ladi, 55-rasmda siz A turdan vaqt o’tiShi bilan uchta, B tur- dan ikkita yangi tur kelib chiqqanligini ko’rib turibsiz. Bu yangi turlardagi o’zgariShlar o’z navbatida 14 ta yangi turni hosil qil- ganligi rasmda yaxShi ifodalangan. Bir turdan ma’lum tarixiy jarayonda bir necha turlarning paydo bo’liShini Darvin ajdod tur belgilarining tarqaliShi — divYergensiya hodisasi deb nomladi. Ayrim hollarda bir tur asta-sekin o’zgarib, boshqa turga aylana- di. Turlarning son jihatdan ko’paymay o’zgarib, E, F turlarning E10, F10 turlariga aylanganligi bunga misol bo’la oladi.
Yangi turlarning paydo bo’liSh yo’naliShlari. Darvindan so’ng klassik darvinizm bilan genetika, ekologiya, sistematika va boshqa tabiiy fanlarning birlaShiShi natijasida biologik tur, uning tarkibi, yangi turlarning paydo bo’liShi to’g’risida ko’p ma’lumotlar to’plandi. Bu ma’lumotlarning ko’rsatiShicha har qanday biologik tur politipik tuziliShga ega ekanligi, ya’ni bir-biridan ozmi-ko’pmi morfologik, fiziologik, ekologik, genetik jihatdan farq qilgan individlardan taShkil topganligi yanada oydinlaShdi. Bundan taShqari turlar o’zaro egallagan areali, populyatsiyalar soni bilan farqlaniShi ma’lum bo’ldi. Odatda keng arealda tar- qalgan turlarda populyatsiyalar soni ko’p, tarqoq arealdagilarda esa kam bo’ladi. Har qanday tur genofondi yagona, bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan genlar, xromosomalar majmuasida.
. Yangi turlar paydo Hozirgi davrda yangi turlar bo’liShining filetik (1), dura- Paydo bo’liShmmg uch yo’naliShi gaylaSh (2), divYergensiya eotirof etiladi.
(3) yo’naliShlari. Allopatrik yo’naliSh yoki geo-grafik alohidalaniSh bilan turning paydo bo’liShi. Bunda bir turga kiruvchi populyatsiyalar geografik jihatdan alohidalaShadi- lar. Natijada ularning Shu turga mansub boshqa populyatsiyalar bilan aloqasi barham topadi. Populyatsiyalarning geografik alohidalaniShi odatda tur egallagan arealning chetki qismlarida ko’proq ro’y beradi. Populyatsiyalar egallab turgan arealning bir-biridan uzoq masofada ekanligi yoki ikki popu- lyatsiya o’rtasida suv, quruqlik, to’siqlar, baland tog’larning hosil bo’liShi geografik alohidalaniShga olib keladi. Bunday hol- larda turning biror populyatsiyasi bilan Shu turga kiruvchi boSh- qa populyatsiyalari orasida uzoq vaqt aloqa bo’lmaydi, deb faraz qilaylik. Mazkur populyatsiyaga qo’Shni populyatsiyalarning individlari kelib qo’Shilmaganligi sababli, uning genofondi endi- likda mustaqil bo’ladi. Albatta, Shu turga kiruvchi boshqa po- pulyatsiyalardagi kabi uShbu populyatsiyada ham yangi muta- tsiyalar ro’y beradi. Ular orasida tabiiy tanlaniSh Shu Sharoit ga mos allellarni to’play boradi. Populyatsiyada uzoq muddat davom etgan geografik alohidalaniSh pirovard natijada biologik alohidalaniShga, ya’ni Shu turga mansub individlarning boshqa populyatsiyalar tarkibidagi individlar bilan chatiShmasligiga olib keladi. Geografik alohidalaniSh tufayli yangi turlarning paydo bo’liShiga oid misollar nihoyatda ko’p. Masalan, Baykal ko’lida molluskalar, qisqichbaqasimonlar, baliqlar, chuvalchanglarning boshqa joylarda uchramaydigan juda ko’p turlari uchraydi. CHunki 20 mln yil ilgari Baykal ko’li boshqa suv havzalaridan tog’lar hosil bo’liShi natijasida ajralib qolgan. SHuningdek, Sirdaryo, Amudaryoda yaShovchi soxta kurakburun baliq turi ham geografik alohidalaniSh natijasi hisoblanadi. U qadimgi osyotrsimon baliqlarga kiradi. Unga yaqin bo’lgan baliq turlari SHimoliy AmYerikaning Missisipi daryosida yaShaydi.
G’o’za avlodi ham geografik alohidalaniSh yo’naliShidagi turning paydo bo’liShiga yorqin misoldir. Bu avlodning turlari bo’r davridan boShlab bir-biridan alohidalaShib va AmYerika, Osiyo, Afrika, Avstraliyaga tarqalgan.
Simpatrik yo’naliShdagi turning paydo bo’liShi. Baozan ajdod tur areali doirasida alohidalaniSh kuzatiladi. Alohida- laShgan populyatsiyalar ajdod tur bilan bir arealda tarqalgan bo’ladi. AlohidalaShgan individlar guruhi ajdod tur vakillaridan urchiSh muddati yoki yaShaSh joyi yoxud jinsiy jihatdan tafovut qiliShi bilan ajralib turadi. SHunday usulda alohidalaShgan populyatsiyalardan keyinchalik mutatsion o’zgaruvchanlik, tabiiy tanlaniSh tufayli yangi turlar paydo bo’ladi. CHunonchi, Filippinda 10 ming yil oldin paydo bo’lgan Lanao ko’lida yago- na bitta ajdod baliq turidan simpatrik yo’naliSh bilan 18 ta baliq turi, yonsuzar qisqichbaqasimon turkumining bir ajdod turidan 250 ta yangi tur paydo bo’lgani ma’lum. SHu singari simpatrik yo’naliShdagi yangi turlarning paydo bo’liShi ekologik alohidalaniSh natijasi ekanligidan dalolat beradi.
Poliploidiya yo’naliShida turlarning paydo bo’liShi. Mutatsion o’zgaruvchanlikning bir xili xromosomalar sonining o’zgariShi bilan aloqador. Baozi hollarda hujayra mitoz usuli bilan bo’linayotganda taShqi muhitning taosirida xromosomalar ikkita qiz hujayraga notekis taqsimlanadi. Natijada bir hujayra yadrosida bitta yoki ikkita xromosoma ortiqcha, ikkinchi hujayra yadrosida esa kam bo’ladi. Xromosoma sonining ortiShi yoki kamayiShi ayrim hollarda yangi turlarning kelib chiqiShiga asos bo’ladi. Masalan, murakkabguldoShlar oilasiga kiruvchi skYerda avlodida 3, 4, 5, 6, 7 xromosomali, iloq avlodida 12 dan 43 tagacha bo’lgan xromosomali turlari uchraydi. Xromosomalar sonining ortiShi yoki kamayiShi natijasida kelib chiqqan turlar aneuploid turlar deb nomlanadi.
Tur tarqalgan arealning chetki qismlaridan kuzatiladigan baozi noqulay Sharoit lar tufayli ayrim hollarda hujayraning bo’liniSh duki (urchuqi)da o’zgariShlar ro’y beradi. Bu esa o’z navbatida xromosomalarni hujayraning ikki qutbga tarqalmay qoliShiga sababchi bo’ladi. SHu bois ona hujayrada xromoso- malarning soni ikki martaga ko’payadi. G’o’zaning 26, 52 xromosomali turlari mavjud. Eski tur xromosomalar sonining faqat ikki karra emas, baozan bir necha karra o’zgariShi holat- lari ham uchraydi. Xrizantema avlodiga kiruvchi 18, 36, 90 xromosomali, tamaki avlodiga 24, 48, 72, bug’doyda 14, 28, 42 xromosomali turlar borligi aniqlangan. Xromosomalar sonining karra ortiShi bilan bog’liq turlar poliploid turlar nomini olgan. Poliploid turlar xromosomasi diploid to’plamga ega turlarga nisbatan muhitning noqulay Sharoit lariga ko’proq moslanuvchan bo’ladi.
Yangi turlarning duragaylaSh yo’li bilan kelib chiqiShi. Baozi bir o’simlik turlari duragaylaSh yo’li bilan paydo bo’lgan.
Olxo’ri olcha bilan tog’olchaning chatiShiShidan so’ng xromosomalar sonining ikki hissa ortiShi natijasida kelib chiqqan. Olchada xromosomaning gaploid to’plami 16, tog’olchada esa 8, demak, ularda hosil bo’lgan duragaylarda xromosomaning gaploid to’plami 24 ga teng. Lekin duragay puShtsiz bo’lgan ekspYerimentda xromosomalar sonining ikki marotaba orttiriliShi tufayli bunday duragaylar nasl bYergan. Natijada yangi tur paydo bo’lgan. Xuddi Shu usulda g’o’zaning yangi dunyo poliploid turlari ham kelib chiqqan. Olimlarning fikricha, xromosomaning gaploid to’plami 13 bo’lgan hYerbatseum turini boshqa 13 xromosomali turi bilan o’zaro chatiShib, so’ng duragay xromosoma to’plamining ikki hissa ortiShi hisobiga 52 xromosoma to’plamiga ega bo’lgan xirzutum, barbadenze g’o’za turlari kelib chiqqan deb faraz qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |