Deviatsiya. Ontogenezda organlar rivojlanishining o’rta bosqichlarida sodir bo’ladigan o’zgariShlar deviatsiya deb ataladi. (latincha deviatio - o’rta demakdir). Deviatsiya natijasida ontogenezning o’rta davridan boShlab, organlarning embri onal rivojlanishi oldingi ajdodlarning mazkur organlari rivojlanishiga nisbatan birmuncha boshqacha yo’naliShda boradi. Akula va reptiliyalarda tangachalarning rivojlanishi deviatsiyaga misoldir.Har ikkala guruhga mansub hayvonlarning embrional rivojlanishida tangachalar ostki epidYermis ning qalinlaShiShi va uning ostida biriktiruvchi to`qima to’planiShi hisobiga ro’y beradi. Akulasimon baliqlarda epidYermis hujayralari va uning ichida to’plangan biriktiruvchi to`qima hujayralari taShqariga teShib chiqib, qirrali yoki uchi o`tkir «bo`rtma» lar tangachalar hosil qiladi. Keyinchalik bo`rtmalarning ustki qavati suyak (emal) moddasi bilan qoplanadi. Reptiliyalarda esa tangachalarning dastlabki rivojlanishi baliqlarning plakoid tangachalari rivojlanishiga o`xShab ketadi, ya’ni epidYermis qavatining zichlaShuvi va uning ostida biriktiruvchi toqima to`qima to`planiShi kuzatiladi. Biroq reptiliyalarda tangachalarning rivojlanishi keyinchalik baliqlar plakoid tangachalarining rivojlanishidan farq qila boShlaydi. Bu farq epidYermis qism asta-sekin Shoxmoddasini singdirib, tangachaga aylaniShidan iborat. Reptiliyalarning baozi turlarida Shoxmoddadan iborat tangachalar ostida suyak pilakchalari joylaShadi. Ular tYeri suyaklari tariqasida hosil bo’ladi.
SHunday qilib, deviatsiya usulida ontogenezda filogenez faqat dastlabki bosqich1arda takrorlanadi. Filembriogenezning deviatsiya usuli o’simliklarda ko’p uchraydi.A. L. Taxtajan malumotlariga ko’ra, o`simliklardagi tuguginak piyozchalar yetuk novdadan vujudga kelmay Shu novdaning embrional davri yoki kurtakdan hosil bo`ladi.Agar kurtakning o`t qismi o`ta rivojlanib ketsa barklar yozilmasa tugunak aksincha kurtak bargklar rivojlanib himoya po`stiga aylanib ketsa va kurtakning o`q qismi rivojlanmasa piyozcha hosil bo`ladi.
Arxallasis grekcha arche –boShlang`ich, allahis almaShiniSh degan manoni bildiradi. Morfogenezning dastlabki bosqichida ro’y beradigan o’zgariSh arxallakeisda organ tam omila o’zgarib yangilanadi hamda uning rivojlanishi ajdodlarinikiga nisbatan tamomila boshqacha yo`naliShda boradi. SHunga ko’ra, arxallaksisda faqat organning asosi vujudga kelgandagina rekapitupyasiya amalga oShadi. Uning keyingi rivojlanishi esa o’zgacha yo’naliShda bo’ladi. Ilonlardagi umurtqalar, ko’p baliiqlarning so’zgich pardalaridagi Shulalar, tiShli kitlardagi tiShlar sonining miqdor jihatdan ortiShi arxallakeisga misoldir.
Sut emizuvchilar junining rivojlanishini ham arxallakeisga misol qilib ko`rsatiSh mumkin.Jun rivojlanishining eng ilk davri tangacha rivojlanishining dastlabki davrlariga o`x-Shaydi. Bu epidYermis hujayralarining to’plana boriShi bilan ifodalanadi. Lekin keyinchalik bu to’plangan epidYermis hujayralari rivojlanayotgan biriktiruvchi to`qima so`rg`ichlari tayzihi ostida oldinga bo`rtib chiqiSh o`rniga, chin tYeriga botib, ichkariga kiradi. Binobarin, junning keyingi rivojlanishi o’ziga xos usulda boradi.Demak sutemizuvchila junining antagenizida
plokoid tangacha struqturasining batamoom takrorlanmaydi.
Arxallaksis hayvonlarga nisbatan o’simliklar olamida keng tarqalgan. Arxallaksis yo’li bilan ikki pallali murtakdan bir pallali murtak rivojlangan, murakkab bargdagi barglar soni yoki androtsedagi changchilar soni ortgan. Organlarning rivojlanish yo’naliShi o’zgartira oladigan filembriogenez bilan bir qatorda, organizm rivojlanishidagi belgi va organlarning tamoman yo`qoliSh hollari ham uchraydi. SevYersov bularni salbiy anaboliyalar, arxallaksislar va deviatsiyalar deb atagan. U salbiy filembriogenezning 2 tipini farq qilgan.
Salbiy filoembriogenezning birinchi tipida organ ebrionning dastlabki bosqichi qisqaradi natijada uning tuziliShi soddalaShib voyaga yetgan hayvonlarda o`z funksiyasini yo`qatadi va rudiment holda saqlanib qoladi.Ikkinchi tipida embrion asosi normal vujudga keladi, biroq rivojlanishning keyingi boskichlarida kichrayib, reduktsiyaga uchraydi va voyaga yetgan organizmlarda butunlay yo`qolib ketadi. Organlarning reduktsinlaniSh jarayoni filogenezdagi ihtisoslaShgan evolyutsion rivojlanishdir. Uning yo`naliShini tabiy tanlaniSh pr otsessi belgilab beradi. Tabiiy tanlaniSh yo`naliShining o’zgariShi oddiy va murakkab tuziliShdagi organlar keskin o’zgariShiga sabab bo’lgan mutatsiyalar to’planiShiga olib keladi. Organlar tuziliShining reduktsiplaniSh yo’naliShi bilan bog`lik makraevolyutsiya pratsesi mikroevolyutsiya pratseslari orqali amalga oShadi. SevYersovning, filembriogenez nazariyasi ontogenez bilan foilogenez o`rtasidagi o’zaro qapama-qarShilik va bog`liklikni ko`rsatib ,uning dialektikasini namoyiSh etadi. SevYersov taolimoti uning Shogidlari SHmalgauzen, Matveev va boshqalar tamonidan rivojlantirildi. Ular ontogenez yangilaniShining yoki o’zgariShining asosiy yo’naliShlari, ularning ekologik-fiziologik asoslari, bu protssda funktsiyaning roli, tur ichidagi o’zgariShlar hamda divYergentsiya sabablarini aniq,laShga o’z eotiborlarini qaratganlar. CHunonchi, SHmalgauzen forma xosil qiliSh jarayonida karrelyatsiya va koordinatsiyaning ahamiyatini ko’rsatib berdi. A. L . Paramonov evolyutsion rivojlanish uchun boShlang’ich matYerial hisoblangan mutatsion va kombinatsion o’zgariShlar ontogenezning turli bosqichlarida ro’y bYeriShini, lekin ulardan faqi tanlaniSh nazoratida bo’lib, forma hosil qiliSh jarayoniga qatnaShgan o’zgariShlar filembriogenetik ahamiyatga ega ekanligini taokidladi.