O’zbekistonrespublikasi oliyvao’rtamaxsusta’limvazirligi namangandavlatuniversiteti biologiya kaferdrasi



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə96/132
tarix20.09.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#146271
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   132
Evolution MAJMUA

Jinsiy tanlaniSh. O’simliklar va hayvonot olamidagi xilma-xil va ajoyib moslaniShlar tabiiy tanlaniSh natijasida kelib chiqqan. Lekin hayvonot olamidagi bir qancha belgilarning, xususan, ikkinchi darajali jinsiy belgilarning paydo bo’liShini mazkur omil tahsiri bilan tushun tiriSh juda qiyin, deb hisoblangan. CHunonchi, ba’zi bir quShlar Yerkagining patlari rang-barang tovlanadigan, dum patlari uzun, mayin ovoz bYeruvchi organlari mavjudligi yaShaSh uchun kuraShda qanday ahamiyatga ega ekanligini tabiiy tanlaniSh bilan tushun tira oliSh mumkinmi? Hayvonot olamidagi bu ajoyib hodisalarni Darvin ham talqin etgan va ularni o’zining jinsiy tanlaniSh nazariyasi bilan tushun tirib bYergan. «Turlarning kelib chiqiShi» degan asarda jinsiy tanlaniShga bir necha satr ajratgan bo’lsada, keyinchalik bu masalani u atroflicha yoritdi va nihoyat 1871 yili «Odam paydo bo’liShi va jinsiy tanlaniSh» degan asarini naShr ettirdi. Mazkur asar biologiyaning juda yirik muvaffaqiyati bo’lib, bu masalani ilmiy asosda hal etiShda Darvinning xizmatlari benihoya kattadir. U hayvonlardagi ikkinchi darajali jinsiy belgilar tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo’liShini jinsiy tanlaniSh yordamida tushun tirib berdi.
Darvin jinsiy tanlaniSh iborasi bilan Yerkak hayvonlar o’rtasida urg’ochilar bilan qo’ShiliSh uchun aktiv kuraSh boriShi yoki urg’ochi hayvonlar juftlaShiSh oldidan Yerkak individni tanlab oliShini tushun adi. Jinsiy tanlaniSh, xuddi tabiiy tanlaniSh kabi tabiatda, ya’ni tabiiy Sharoit da amalga oShadi. SHu sababli ular evolyutsiyaniig bir-birini istisno qiluvchi omillari sifatida o’zaro qarama-qarShi bo’liShi aslo mumkin emas. Aksincha, jinsiy tanlaniSh tabiiy tanlaniShning ayrim formasi tarzida namoyon bo’ladi. SHunga ko’ra, ularni bahzan bir-biridan ajratiSh qiyin. Masalan, Yerkak organizmlarda uchraydigan himoya va uriShiSh quroli tabiiy tanlaniSh tahsirida vujudga kelgan, keyinchalik esa jinsiy tanlaniSh tahsirida yanada takomillaShgan. Darvin mulohazasiga ko’ra, jinsiy tanlaniShning 2 xili mavjud. Uning bir xilida Yerkak hayvonlar urg’ochilarni talaShib, o’zaro qattiq jang qiladi. Bu kuraSh ba’zi Yerkak hayvonlarning mag’lubiyati, hatto halokati bilan tugallanadi. Bu kuraShda Yerkaklarning kuchi, ularda uruSh uchun zarur turli vositalarning rivojlanish darajasi (xo’rozlarda pix, tuyoqlilarda Shox) ahamiyatli bo’ladi va Shularga ega Yerkak jinslar g’olib keladi va nasl qoldiriShga muvaffaq bo’ladi. Yerkak organizmlar o’rtasidagi urg’ochiga ega bo’liSh uchun kuraSh ba’zi arilar, asalarilar, «Shoxli» qo’ng’izlarda, tovlanadigan ayrim kapalaklarda uchrasada, asosan, baliqlardan kolyuShkalar, reptiliyalardan —alligatorlar, poligam quShlar va sut emizuvchi hayvonlar orasida keng tarqalgan. Million yillar davom etgan jinsiy tanlaniSh Yerkak va urg’ochi organizmlar orasida bir qancha keskin farq hosil bo’liShiga olib kelgan. Masalan, Hindiston filida dandon tiSh Yerkaklarida rivojlanadi. Urg’ochilarda ko’pincha u bo’lmaydi. Afrika filining Yerkagida esa dandon tiSh urg’ochiga nisbatan anchagina taraqqiy etadi.
Aksariyat hayvonlar Yerkagining yirik gavdali, baquvvat bo’liShi Shunday farqlar jumlasiga kiradi. Jinsiy tanlaniShning ikkinchi Shaklida urg’ochilar Yerkaklari orasidan eng chiroyli, xuShovoz, yoqimli hid taratuvchi formalarni tanlab oladi.
CHunonchi, jannat quShlari, argus qirg’ovuli va tuyaquShlarning Yerkaklari chiroyli patlarini yoqib tovlanadi va turli tana harakatlari—«o’yin» qilib, urg’ochilariga o’zini ko’z-ko’z qiladi. Bu xatti-harakat to ularning birortasi urg’ochi tanlaguncha davom etadi. Hayvonot bog’larida quShlar ustida o’tkazilgan kuzatiShlar Shuni ko’rsatdiki, agar qafasda Yerkak hayvon bo’lmasa, urg’ochilari tuxumdonidagi ovogenez jarayoni to’xtab qoladi.


Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin