DestabillaShtiruvchi tanlaniSh. TanlaniShning bu turi yirtqich hayvonlar ustida olib borilgan tajribalar natijasida kaShf qilingan. Mahlumki, boshqa yirtqich hayvonlar singari, tulkilar ontogenezida ham stabillaShtiruvchi tanlaniSh tufayli tarixan tarkib topgan belgi va funktsiyalar rivojlanadi. K. D. Belyaev kumuShsimon, qora tulkilar populyatsiyasini o’rganib, ular xatti-harakati bo’yicha polimorf, ya’ni 30% odamga nisbatan tajovuzkor, 20% hurkovich, 40 % tajovuzkor hurkovchi, 10 % tinch kuzatuvchan ekanligini aniqlagan. KuzatiShlar himoyalaniSh xatti-harakati bilan jinsiy aktivlaniSh orasida genotipik va fenotipik munosabat borligidan dalolat berdi. Odatda, tulkilar yilning mahlum faslida, ya’ni mart-aprelg’ oyida urchiydi. Bu jarayon oldin tinch kuzatuvchan, oxirida o’ta tajovuzkor usulda amalga oShadi. Belyaev tulkilar populyatsiyasi orasidan tinch kuzatuvchan formalarni alohida tanlab urchitib, xonakilaShtirganda naslda ularning urchiSh muddati o’zgara borgan hamda odamga ko’nikiShi asta-sekin orta borgan. TanlaniSh olib borilgan tulkilar dastlab dekabrg’ — yanvarg’, ikkinchi marta mart — aprelda urchigan. Vaholanki, tanlaniSh olib borilmagan tulkilar populyatsiyasida urchiSh faqat aprelg’ oyida boShlangan. Binobarin, tanlangan tulkilar orasida bir yilda ikki marta urchiydigan va odamdan hurkimaydigan, o’z laqabi bilan chaqirganda tez keladigan formalar hosil bo’lgan. Bundan taShqari, tulkilarda tullaSh muddati ham o’zgargan. TanlaniSh o’tkazilgan tulkilarda tullaSh yanvarg’ — fevralg’, tanlanmagan tulkilarda esa aprelh oyida boShlangan. Tulkilar fehl-atvorida yuz bYergan bunday o’zgariShlar maShq natijasi bo’lmay, balki genotipning o’zgariShi bilan uzviy bog’liq ekanligi tajribalarda isbotlangan. Mahlumki, yuksak umurtqali hayvonlar, xususan sut emizuvchilar ontogenezini boshqariShda neyrogumoral sistema muhim ahamiyatga ega. AniqlaniShicha, destabillovchi tanlaniSh tufayli buyrak usti bezi, jinsiy bezlardan ajralgan gormonlar ham o’zgargan. Ular o’z navbatida genlarning bioximiyaviy aktivligiga tahsir etgan. Aytilganlarning barchasi tulkilarda stabillaShtiruvchi tanlaniSh oqibatida tarixan tarkib topgan ontogenezning o’zgariShiga sabab bo’lgan. SHunga ko’ra, destabillovchi tanlaniSh deb nomlangan.
Tabiiy tanlaniSh dastlab populyatsiya ichida ro’y beradi va munosib genotiplar tanlaniShi orqali mahlum natijalarga olib keladi. Tabiiy Sharoit da tanlaniSh ko’pincha har xil yo’naliShda boradi. TanlaniShning biror yo’naliShi uzoq muddat saqlangan taqdirda kichik hajmdagi o’zgariShlar ham samarali bo’liShi mumkin.
Evolyutsion tahlimot muxoliflari tabiiy tanlaniShni mexanik g’alvir yoki eliminatsiya vazifasini o’taydigan «go’rkov» sifatida baholab keldilar. Bunday tasavvurga ko’ra, tabiiy tanlaniShda yangilik yaratilmaydi, balki populyatsiyadagi mavjud o’zgariShlar faqat taqsimlovchi omil xisoblanadi, xolos. Aslida esa tabiiy tanlaniSh evolyutsiya yo’naliShini belgilaydi va tasodifiy hamda ko’p sonli foydali o’zgariShlarni to’play boradi. Tabiiy Sharoit tahsiriga va tanlaniSh yo’naliShiga qarab bir xil irsiy o’zgaruvchanlik turli oqibatlarga olib keladi. SHu jihatdan tabiiy tanlaniShni haykaltaroSh bilan qiyoslaSh mumkin. Xuddi Shaklsiz granit bo’lagidan ortiqchalarini taraShlab, ajoyib ijod qiluvchi haykaltaroSh singari, tabiiy tanlaniSh ham turli xil o’zgariShlarni to’play borib noqulay, kam moslaShgan organizmlarning nobud bo’liShi hisobiga moslaShgan organizm turlarini vujudga keltiradi. Lekin tabiiy tanlaniSh mahlum maqsadsiz yo’naladi. Tabiiy tanlaniShning ijodiy rolini tushun tiriSh maqsadida yana bir o’xShatiSh keltiramiz. Alfavitdan teng miqdorda ko’plab kesib olingan harflardan biz «TOY» so’zini hosil qilmoqchi bo’laylik. Buning uchun ikkinchi va uchinchi harflarni tanlab olgudek bo’lsak, u holda hech qachon xohlagan so’zni hosil qilib bo’lmaydi. Mabodo, qirqilgan harflardan T, 0 va Y harflarni qutiga joylaShtirsak, u holda «TOY» so’zining hosil bo’liSh imkoniyati ortadi. Agar tanlangan uch harfdan ikkitasini (TO, TI, OY) juftlab, qutiga taShlasak, qolgan bitta harf alohida bo’lsa, unda ikkita harfdan iborat harflarning uchinchi yakka harf bilan qo’ShiliSh oqibatida TYO, OYT, TIT va nihoyat «TOY» so’zi hosil bo’ladi. Binobarin, harf yasamagan bo’lsak ham, ularning mahnoli birikiShiga YeriSha oldik. Xuddi Shunga o’xShaSh, tabiiy tanlaniSh tahsirida har xil genlar, belgilar u yoki bu organizmlarda mujassamlaShiShi mumkin. Qayd qilinganlardan, har bir gen o’z-o’zidan yakka holda tanlanmay, genotipda boshqa genlar bilan qo’Shilgan holda tanlanadi, degan xulosa chiqariSh mumkin. Tabiiy tanlaniShda doim organizm uchun foydali belgi-xossalarning tuziliShi orta boradi. Darvin tomonidan keltirilgan Galapagos arxipelagida uchraydigan vg’yurkalarning tumShug’i, okean orollaridagi haSharotlarning qanoti yoki qayin odimchi kapalagining rangi, ot evolyutsiyasiga doir va Shu singari ko’p misollar tabiiy tanlaniShning ijobiy rolini ko’rsatuvchi dalillardir. Tabiiy tanlaniSh barcha moslaniShlarning paydo bo’liShini, yangi formalar va turli taksonlar sistemasining kelib chiqiShini belgilab bYeruvchi muhim va yagona yo’naliShli omildir. Tabiiy tanlaniSh nazariyasi biologiyaning eng muhim nazariy umumlaShtiriShlaridan biri bo’lib qoladi.