StabillaShtiruvchi tanlaniSh. Bu tanlaniSh populyatsiyaning o’zgaruvchanligini qisqartiradi va turg’unligiii oShiradi. Har bir populyatsiyaning hayoti muhitga bog’liq. U yaShab qoliSh uchun doim hayot Sharoit iga moslaniShi kerak. Populyatsiya butun hayoti davomida tabiiy tanlaniSh mahlum davrda hukmronlik qilgan taShqi muhitning kompleks Sharoit iga moslaShgan fenotipni vujudga keltirgan genotipni saqlay boradi. Agar bir necha bo’g’in mobaynida yaShaSh Sharoit i o’zgarmasa, u holda populyatsiya — yuqori moslaniSh darajasiga ega bo’ladi va tabiiy tanlaniSh genetik o’zgaruvchanlikni stabillaShtiriShga tomon yo’naladi. Bunday Sharoit da tanlaniSh to’xtamaydi, balki davom etib, muhitga yaxShi moslaShgan, o’rtacha normaga ega formalar saqlanadi, normadan o’zgargan organizmlar esa nobud bo’ladi. TanlaniShning bu formasini SHmalg’gauzen stabillaShtiruvchi tanlaniSh deb nomladi.
Fenotip tomondan keskin o’zgargan formalarning halokatga uchraShi tabiiy populyatsiyalarda bir necha bor kuzatilgan. Masalan, G. Bempes tomonidan chumchuqlar ustida o’tkazilgan kuzatiShni oliSh mumkin. U qattiq qor bo’ronidan so’ng yarim muzlagan, chalajon Shahar chumchuqlarining 132 tasini daladan laboratoriyaga olib kelgan. Ularning 72 tasi tirilgan. Bempes o’lik va tirik qolgan chumchuqlarning qanotini o’lchab ko’rgan. Tirik qolgan chumchuqlar qanotining uzunligi o’rtacha, nobud bo’lgan chumchuqlarniki esa uzun yoki kalta bo’lgan, binobarin, qanotlari o’rtacha uzunlikda bo’lgan formalar bo’ron paytida tirik qolganligi, normadan o’zgargan chumchuqlar nobud bo’lganligi aniqlangan.
HaSharotlar yordamida changlanadigan o’simliklar gulining yirik-maydaligi va Shakli Shamol yordamida changlanadigan o’simliklar gulinikiga nisbatan anchagina turg’un ekanligi mahlum. HaSharotlar yordamida changlanadigan gullarning tuziliShidagi turg’unlik o’simliklar bilan ularni changlatuvchilarning birgalikdagi evolyutsiyasi va o’zgargan formalarning qiriliShi bilan bog’liq. Masalan, tukli ari tor gultojibarglar orasiga kira olmagani sababli, kapalak xartumchalari ham uzun gultojibargga va qisqa changdonlarga tega olmaydi. Bunday o’zgargan o’simlik formalari chetdan changlanmasdan nasl bYera olmaydi, KYern va Penrouz yangi tug’ilgan chaqaloqlarning o’limi protsenti ularniig vazniga bog’liqligini aniqladilar. 28 kunlik chaqaloqlarning vazni o’rtacha bo’lganlariga nisbatan og’ir yoki kam bo’lganlari ko’proq nobud bo’lar ekan. Lekin ba’zi bir quShlarda ko’payiSh qo’ygan tuxumi soniga bog’liq ekanligini aniqladi. Bunda u tabiiy tanlaniSh tufayli har bir quSh uchun mahlum miqdorda tuxum qo’yiSh mavjud, degan xulosaga asoslandi. TaShqi tomondan qaraganda, go’yo quSh qancha ko’p tuxum qo’ysa, u Shunda ko’p nasl qoldiriShga moslaShgandek bo’lib ko’rinadi. Haqiqatda esa quSh bolalarining soni bilan ota-ona keltirgan oziq o’rtasida nomutanosib korrelyatsiya mavjud bo’ladi. Odatda, quSh bolalari qancha ko’p bo’lsa, ular kam oziq bilan tahminlanadi. Keyinchalik esa tez-tez nobud bo’ladi. Masalan, chug’urchuq uyasiga eng ko’pi bilan 5 ta tuxum qo’yadi. Agar 5 tadan ortiq qo’ysa, oziq yetiShmasligi sababli uchiSh davrida bolalarning eng nimjonlari nobud bo’ladi. Yuqorida keltirilgan misollarda tabiiy tanlaniSh bosimi bir belgiga, masalan, yaShab qoliShga ijobiy tahsir qilsa, boshqa belgi (tuxumlar soni) bilan nomutanosib muvozanatda bo’liShini ko’rsatadi. Bunday hodisalar moslaniSh, hayotchanlik nasl qoldiruvchi organizmlar fenotipining hamma xususiyatlariga bog’liqligidan yana bir bor dalolat beradi. Individ fenotipi va genotipi, populyatsiya va uning genofondi, bularning hammasi yuksak darajadagi murakkab sistemalar bo’lib, ularning har biri tabiiy tanlaniSh orqali ikkinchisiga moslaShadi. Tabiiy tanlaniSh individ komponentlarining Shunday muvozanatini vujudga keltiradiki, u populyatsiyalarning konkret Sharoit ga moslaniShiga safarbar etiladi. SHunday mutanosib moslaniSh tufayli ayrim belgilar maksimum darajada namoyon bo’lmay, o’rtacha darajada rivojlanadi. Belgilari o’rtacha darajada yoki unga yaqin darajada bo’lgan individlarning saqlaniShiga qaratilgan tanlaniSh stabillaShtaruvchi tanlaniSh deyiladi. Bu tanlaniSh o’rtacha normani saqlab, mustahkamlab o’zgargan formalarning nobud bo’liShi bilan xaraktYerlanadi. StabillaShtiruvchi tanlaniSh organizmlar rivojlanishini taShqi muhitda ro’y beradigan tasodifiy o’zgariShlardan saqlab, uni avtomatlaShtiriShi katta ahamiyatga ega. StabillaShtiruvchi tanlaniSh normani mutatsion jarayonning vayron qiluvchi tahsiridan saqlaydi. Bu tanlaniShsiz tirik tabiatda turg’unlik bo’lmaydi.