5-Mavzu:Ch.Darvinning organik olamning evolyutsiyasi haqidagi ta’limoti. Ma’ruza rejasi: 1.Ch. Darvinning hayoti va faoliyati.
2.O’zgaruvchanlik va uning shaklllari, qonuniyatlari, sabablari.
3.Irsiyatning pangenezis nazariyasi. Sun’iy tanlash va uning shakllari
4.Xonakilashtirilgan hayvon zotlari, madaniy o’simlik navlarining xilma-xilligi va kelib chiqishi haqida
5.Darvin. Yashash uchun kurash uning shakllari va sabablari. Tabiiy tanlanish ta’rifi. Divergensiya Tabiiy sharoitda turlarning kelib chiqishi. Organizmdagi moslanish, ularning xillari va nisbiyligi.
O`quv mashg`ulotining maqsadi: Talabalarda Organik olamning evolyutsiyasi haqida Ch.Darvin ta’limoti to’g’risida tushuncha hosil qilish.
Pedagogik vazifalar: Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy maslalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.
O`quv faoliyatining natijalari:Talabalarda Organik olamning evolyutsiyasi
haqida Ch. Darvin ta’limoti haqida tasavvurga ega bo`ladilar, asosiy ma’lumotlarni
kospektlashtiradilar.
Ta’lim usullari: “Klaster”, ma’ruza
O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli: Ommaviy
Ta’lim vositalari: Slaydlar, marker, videoproyektor, jadval
Charlz Robert Darvin 18o9 yil 12 fevralda Angliyaning Shryusberi shahrida vrach oilasida tug’ildi. Ubolaligidayoq tabiatdagi voqea-xodisalar, chunonchi, qushlar hayotini kuzatishga, o’simliklar vaminerallardan kollektsiyalar to’plashga qiziqishar edi. Darvinlar uyining bir tomonida xilma-xilmanzarali daraxt va butalar eqilgan bog’ bo’lib, ikkinchi tomonidan daryo oqap edi. Yosh Charlz bo’shvaqtlarini tabiat quchog’ida o’tkazar, Qushlar, hasharotlarni kuzatib, baliq tutar va ov hilan shug’ullanar edi. U 1817 yili maktabga borgan bo’lsa-da, o’sha davrda hukumron bo’lgan «klassikmaktab» sinchkov Darvinda hech qanday qiziqish uyg’otmadi. Darvin 1b yoshga – to’lgach, otasi –uning kelgusida vrach bo’lishini ko’zlab, Edinburg univyersit yetining meditsina fakultetiga o’qishgakiritdi. Biroq universitetdagi darslar ham quruq «klassik» o’qitishga asoslanganligi, ayniqsa, odamanatomiyasidan o’qiladigan lektsiyalar zyerikarli ekanligi, narkozsiz operatsiyalar qilinishi yoshDarvinda meditsina fanlariga nisbatan qiziqish uyg’otmadi. O’g’lining medik bo’lish xavasiyo’qligidan xabardor bo’lgan otasi uni 1828 yili Kembrij universitetining il oxiyot fakultetiga o’qishgaberdi. Bu yerda ham u xuddi Edinburg universitetidagi kabi, darslarga qiziqmasa·da, uni tashlabketmadi chunki universitetda ilohoyotga oid darslar bilan birga tabiiyot fanlari ham o’qitilar edi. Darvintabiiy fanlarga qiziqishi jihatdan boshqa studentlardan ajralib turgani sababli universitetdagi yiriktabiatshunos olimlarning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etdi. Botanika professori Genslo, geologiyaprofessori Sedjvik Darvinning tabiyatga oid bilimlarini rivojlantirishga yaqindan yordam berdilar. Utajribali geolog Sedjvik tomonidan shimoliy Uelsga uyushtirilgan geologik ekskursiyalarda faol ishtiroketdi. Darvin A. Gumboldtning Janubiy Amerikaga qilgan safari xotiralarini uqib, safar qilishgako’proq qizika boshladi.
Darvin 1831 yili univyersit yetni tam omlagandan keyin pastor bo’lib ishlashdan ko’proqtabiatshunoslikka, tadqiqotlarga moyillik sezdi. Chunki bu davrga kelib u botanika, zoologiya,geologiya sohasidagi adabiyotlardan yaxshi xabardor, tabiiy sharoitda bu fanlar bo’yicha taqdqiqotishlarini olib borish metodikasini anchagina egallagan edi. Bundan xabardor bo’lgan professor Genslouni ingliz xarbiy doiralari tomonidan butun jahon bo’ylab safarga junayotgan «Bigl». Kemasidagaeksieditsiya sostapida tabiatshunos sifatida ishtirok etishga tavsiya etdi.