O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 5140100 Biologiya ta’lim yo’naliShi EVOLYUTSION TA’LIMOT FANIDAN TAYYORLANGAN SEMINAR MASHG’ULOTLARI UCHUN QO’LLANMA
Seminar mashg’uloti-1. Yerning geologik evolyutsiyasi. Reja Hayotning paydo bo’liShi to’g’risidagi nazariyalar.
Ilk bor paydo bo’lgan organizmlarning tabiati (tuziliShi).
Evolyutsiya to’g’risida hozirgi zamon tushun chalari.
Evolyutsion jarayonning asosiy yo’naliShlari
Yerning radiusi 6300 km. Massasi 621 tonna , zichligi 5,5 g/sm3. quyosh atrofida aylaniShi sekundiga 30 km. Yerning sirtida:
1. Litosfera qattiq qobiq qatlam bo’lib, uning qalinligi 1-80 km ga teng
2. Undan so’ng 2900 km chuqurlikkacha mantiya qatlami bor
3. Yerning markaziy qismini yadro tashkil qiladi.
Litosferaning oxiri va mantiyaning boshlang’ich qismida harorat 10000 gacha bo’ladi. Yerning qobiq qatlami bizni yadrodagi issiqdan saqlab turadi.
Yerning yuzasini atmosfera o’rab turadi. Atmosferaning og’irligi 5300000 mlrd. t. bo’lib azot va kisloroddan iborat. Atmosferaning o’zi:
1. troposferadan (9-17km gacha) ya’ni ob-havo fabrikasi ham deb ataladi.
2. stratosferadan (55 km balandlikkacha) ya’ni ob-havo omborxonasi
3. ionasferadan (quyosh nuridan zaryadlangan zarrachalardan tashkil topgan va 800-1000 km balandlikda joylaShgan siyrak havo qatlamidan iborat.
Ionosfera yerni harhil zarrali kosmik nurlardan saqlaydi. Tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha yerning qutblari almashgan bo’lib, qachonlardir Antarktida yam-yaShil bo’lgan ekan. Antarktidadagi abadiy muzlik 100 ming yil ilgari buyuk muzlaSh davrida paydo bo’lgan.
XIX asrda geologiyada yer rivojlanishining ikki konsepsiyasi Shakllanadi:
1. “sakrash” (Jorj Kyuvenning “Halokat nazariyasi”)
2. million yillar davomida bir tekisda ma’lum yo’naliSh bo’yicha oz-ozdan bo’lgan o’zgariShlar kata natijalarga olib keliShi.
XX asrdagi fizika fanining yutuqlari yerning paydo bo’liShi haqidagi ko’p ma’lumotlarni oydinlaShtirdi. 1908 yilda irland olimi D. Djoli radiaktivlikning geologik haqidagi ma’ruzasi katta shov-shuvga sabab bo’ldi, ya’ni radiaktiv elementlar chiqargan issiqlik miqdori yerigan magma va vulqonlar otiliShi. Yer qatlamidagi o’zgariShlar va tog’lar paydo bo’liShini tushun tirib berish uchun to’liq yetarlidir. D. Djoli nuqtai nazaricha, yerning elementi – atom qat’iy aniq muddatga atomligicha turadi va Shu muddatdan so’ng to’kilib, nurab parchalanadi.
1909 yilda rus olimi V.I. Vernadskiy bioximyaga – yer atomlari tarixi va uning fizik ximik evolyutsiyasi haqidagi fanga asos soldi. Yer sirti tep-tekis emas. U g’adir-budirlikdan iborat. Uning eng baland joyi Himoloy tog’idagi Jomolugma cho’qqisidir, eng past joyi Tinch okeanidagi Marian chuqurligidir. Quruqlik yer sirtining 1/3 qismini egallaydi.