Neoteniya. Evolyutsion jarayonda faqat organlarning, emas, balki bir butun
organizmning embri onal rivojlanishida ajdodlar rivojlanishidan farq qiladigan o’zgarishlar sodirbo’ladi. Ko’p xollarda rivojlanishning boshlang’ich yoki o’rta bosqichlari keyingi bosqichlarinisiqib chiqaradi. Natijada bunday o’zgarishlar ontogenezning ilgariroq, tugallanishiga sababbo’ladi.Ontogenetik rivojlanishda Qisqaradigan yoki tushib qoladigan bosqichlar funktsiyalariniundan oldingi bosqichlar bajaradi. ,«Uzilib qoladigan» mana shunday ontogenez Neoteniya nomi bilan yuritiladi. Neoteniya ko’pincha organizmlarning lichinka xolida rivojlanishiga olib keladi.Masalan, yassi chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, hasharotlar, amfibiyalardan tritonlar,salamandralarda jinsiy voyaga yetish lichinka boeqichida, ya’ni metam orfozgacha amalga oshadi.Bunday o’zgarishlar uzok davom etgan tarixiy rivojlanishda muhitning o’zgarishi va yuqoridagihayvonlar raqib formalarinnng paydo,bo’lishi tufayli yuz berg an. Neoteniya o’simliklarda hamuchraydi. Masalan, uni lemnalar oilasiga rmansub o’simliklarda yaqol ko’rish mumknn.Taxtadjyan qayd qilishicha, lemnalarLemnaceaevoyaga yetgan formalardan emas, balki uningmurtagidan kelib chiqqan, ya’ni evolyutsiyasi neoteniya yo’li bilan borgan. Suvda o’suvchi buo’simlikning tuzilishi shu qadar soddalashib ketganki, Oqibatda ular gulli o’simliklarga nisbatanko’proq, suvo’tlarga o’xshash bo’lib qolgan. Pistia suvda suzib yurib hayot kechiradigan maydao’simlik bo’lib, tropiklarda keng tarlqalgan. yetilganda u lemnaga mutlaq, o’xshamaydi. Chunkiunda kichik poya, barg, ildiz kabi vegetativ organlar bo’ladi, xolos. Urug`ning tuzilishi, unishida,murtaklik xolatida lemnalar bilan pistia o’rtasida ko’p o’xshashlik namoyon bo’ladi.Chog’ishtirma morfal ogiya tadqiqotlari lemna vegetativ tanasining cho`ntakchalar deb ataluvchiqismidan yuqorida joylalligan distel qismida aslida barg ekanligini, cho`ntakchalardarivojlanadigan ko’rtaklar pistianumning yosh novdalariga,mos kelishini ko'reatdi. Shu bilanbirga, ular orasida farq ham bor. Agar Pistia.ning poyasi bir qancha novdalar va ko’pginatupbarg chiqarsa, lemmaning vegetativ tanasi ikkita yon ko’rtak va reduktsiyalashgan bitta bargchiqaradi. Shu singari dalillar lemnalar Pistioideaelarga o’xshash tipik vegetativ organlari boro’simliklardan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. Bu ma’lum otlar yana lemnalar voyaga yetganPistia formalardan emas, balki ularning murtagidan paydobo’lganligini, ya’ni ularda neoteniyayo’li bilan evolyutsion jarayon ro’y berganligini ko’rsatadi.