Deviatsiya. Ontogenezda organlar rivojlanishining o’rta bosqichlarida sodir bo’ladigano’zgarishlar deviatsiya deb ataladi. (latincha deviatio - o’rta demakdir). Deviatsiya natijasida ontogenezning o’rta davridan boshlab, organlarning embri onal rivojlanishi oldingi ajdodlarningmazkur organlari rivojlanishiga nisbatan birmuncha boshqacha yo’nalishda boradi. Akula vareptiliyalarda tangachalarning rivojlanishi deviatsiyaga misoldir.Har ikkala guruhga mansubhayvonlarning embrional rivojlanishida tangachalar ostki epidermis ning qalinlashishi va uning ostida biriktiruvchi to`qima to’planishi hisobiga ro’y beradi. Akulasimonbaliqlarda epidermishujayralari va uning ichida to’plangan biriktiruvchi to`qima hujayralari tashqariga teshib chiqib,qirrali yoki uchi o`tkir «bo`rtma» lar tangachalar hosil qiladi. Keyinchalik bo`rtmalarning ustkiqavati suyak (emal) moddasi bilan qoplanadi. Reptiliyalarda esa tangachalarning dastlabkirivojlanishi baliqlarning plakoid tangachalari rivojlanishiga o`xshab ketadi, ya’ni epidermisqavatining zichlashuvi va uning ostida biriktiruvchi toqima to`qima to`planishi kuzatiladi. Biroqreptiliyalarda tangachalarning rivojlanishi keyinchalik baliqlar plakoid tangachalariningrivojlanishidan farq qila boshlaydi. Bu farq epidermis qism asta-sekin shoxmoddasini singdirib,tangachaga aylanishidan iborat. Reptiliyalarning ba’zi turlarida shoxmoddadan iborattangachalar ostida suyak pilakchalari joylashadi. Ular teri suyaklari tariqasida hosil bo’ladi.
Shunday qilib, deviatsiya usulida ontogenezda filogenez faqat dastlabki bosqich1ardatakrorlanadi. Filembriogenezning deviatsiya usuli o’simliklarda ko’p uchraydi.A. L. Taxtajanmalumotlariga ko’ra, o`simliklardagi tuguginak piyozchalar yetuk novdadan vujudga kelmay shunovdaning embrional davri yoki kurtakdan hosil bo`ladi.Agar kurtakning o`t qismi o`tarivojlanib ketsa barklar yozilmasa tugunak aksincha kurtak bargklar rivojlanib himoya po`stigaaylanib ketsa va kurtakning o`q qismi rivojlanmasa piyozcha hosil bo`ladi.
Arxallasis grekcha arche –boshlang`ich, allahis almashinish degan manoni bildiradi.Morfogenezning dastlabki bosqichida ro’y beradigan o’zgarish arxallakeisda organ tam omilao’zgarib yangilanadi hamda uning rivojlanishi ajdodlarinikiga nisbatan tamomila boshqacha yo`nalishda boradi. Shunga ko’ra, arxallaksisda faqat organning asosi vujudga kelgandaginarekapitupyasiya amalga oshadi. Uning keyingi rivojlanishi esa o’zgacha yo’nalishda bo’ladi. Ilonlardagi umurtqalar, ko’p baliiqlarning so’zgich pardalaridagi shulalar, tishli kitlardagi tishlarsonining miqdor jihatdan ortishi arxallakeisga misoldir.
Sut emizuvchilar junining rivojlanishini ham arxallakeisga misol qilib ko`rsatishmumkin.Jun rivojlanishining eng ilk davri tangacha rivojlanishining dastlabki davrlariga o`x-shaydi. Bu epidermis hujayralarining to’plana borishi bilan ifodalanadi. Lekin keyinchalik buto’plangan epidermis hujayralari rivojlanayotgan biriktiruvchi to`qima so`rg`ichlari tayzihiostida oldinga bo`rtib chiqish o`rniga, chin teriga botib, ichkariga kiradi. Binobarin, junningkeyingi rivojlanishi o’ziga xos usulda boradi.Demak sutemizuvchila junining antagenizida plokoid tangacha struqturasining batamoom takrorlanmaydi.
Arxallaksis hayvonlarga nisbatan o’simliklar olamida keng tarqalgan.Arxallaksis yo’libilan ikki pallali murtakdan bir pallali murtak rivojlangan, murakkab bargdagi barglar soni yokiandrotsedagi changchilar soni ortgan.
Organlarning rivojlanish yo’nalishi o’zgartira oladigan filembriogenez bilan bir qatorda,organizm rivojlanishidagi belgi va organlarning tamoman yo`qolish hollari ham uchraydi.Seversov bularni salbiy anaboliyalar, arxallaksislar va deviatsiyalar deb atagan. U salbiy filembriogenezning 2 tipini farq qilgan.
Salbiy filoembriogenezning birinchi tipida organ ebrionning dastlabki bosqichi qisqaradinatijada uning tuzilishi soddalashib voyaga yetgan hayvonlarda o`z funksiyasini yo`qatadi varudiment holda saqlanib qoladi.Ikkinchi tipida embrion asosi normal vujudga keladi, biroq rivojlanishning keyingi boskichlarida kichrayib, reduktsiyaga uchraydi va voyaga yetganorganizmlarda butunlay yo`qolib ketadi.
Organlarning reduktsinlanish jarayoni filogenezdagi ihtisoslashgan evolyutsionrivojlanishdir. Uning yo`nalishini tabiy tanlanish pr otsessi belgilab beradi. Tabiiy tanlanishyo`nalishining o’zgarishi oddiy va murakkab tuzilishdagi organlar keskin o’zgarishiga sababbo’lgan mutatsiyalar to’planishiga olib keladi. Organlar tuzilishining reduktsiplanish yo’nalishibilan bog`lik makraevolyutsiya pratsesi mikroevolyutsiya pratseslari orqali amalga oshadi.
Seversovning, filembriogenez nazariyasi ontogenez bilan f'ilogenez o`rtasidagi o’zaroqapama-qarshilik va bog`liklikni ko`rsatib ,uning dialektikasini namoyish etadi. Seversovta’limoti uning shogidlari Shmalgauzen,Matveev va boshqalar tamonidan rivojlantirildi. Ularontogenez yangilanishining yoki o’zgarishining asosiy yo'nalishlari, ularning ekologik-fiziologikasoslari, bu protssda funktsiyaning roli, tur ichidagi o’zgarishlar hamda divergentsiya sabablarinianiq,lashga o’z e’tiborlarini qaratganlar. Chunonchi, Shmalgauzen forma xosil qilish jarayonidakarrelyatsiya va koordinatsiyaning ahamiyatini ko’rsatib berdi. A. L . Paramonov evolyutsionrivojlanish uchun boshlang’ich material hisoblangan mutatsion va kombinatsion o’zgarishlarontogenezning turli bosqichlarida ro’y berishini, lekin ulardan faqi tanlanish nazoratida bo’lib,forma hosil qilish jarayoniga qatnashgan o’zgarishlar filembriogenetik ahamiyatga egaekanligini ta’kidladi.