Organizmdagi moslanishlarning nisbiyligi
Organizmlarning muhit sharoitiga moslanishi uzoq muddatlitarixiy jarayonda tabiiy tanlanish ta'siri tufayli paydo bo'lgan.Shunga qaramay u mutlaq emas, nisbiydir. Chunki muhit, sha-roitlarning o'zgarishi tez, moslanishning paydo bo'lishi esasekinlik bilan kechadi. Moslanishning nisbiy xarakterda ekanligini juda ko'p dalillar yordamida isbotlash mumkin. Avvalo,organizmning bir turdan saqlanish uchun paydo bo'lgan mosla-nishlar boshqa turdan himoyalanishda samara bermasligini qaydqilib o'tish kerak. Cho'l toshbaqalarining ustki, ostki kosalariko'pchilik yirtqich hayvonlardan himoya qilsa ham, burgut,boltayutar, sarisor kabi yirtqich qushlardan himoya qila olmay-di. Chunki ular toshbaqalarni osmondan qattiq yerga tashlabparchalab yeydilar. Shunga o'xshash tipratikanning «tikanlipo'stini» ham uni hamma yirtqich hayvonlardan, xususan, tul-kilardan himoya qila olmaydi. Ko'pchilik hayvonlar, odamlaruchun xavfli hisoblangan zaharli ilonlarni mangustlar,tipratikanlar, cho'chqalar yeyishi ma'lum. Ari, qovog'arini aksa-riyat ko'pchilik hasharotxo'r qushlar yemagan holda, ular Sir-daryo atrofida uchrovchi qarchig'aysimon oilasiga kiruvchiarixo'r qushning asosiy ozig'i hisoblanadi.
Bundan tashqari bir xil sharoitda paydo bo'lgan organizmdagi moslanishlar ikkinchi xil sharoitda foydasiz, hattoziyon bo'lishi mumkin. Baliqlarning tana tuzilishi, funksiyasisuv muhitida foydali, quruqlikda bu moslanishlar ularni halokbo'lishiga olib keladi. Qaldirg'ochning uzun qanotlari, nimjonoyoqlari havo muhitida nihoyatda foydali bo'lsa-da, yerdagiharakatlanishiga ko'pincha to'siq bo'ladi. Xuddi shuningdektog' g'ozlari barmoqlarining orasidagi parda quruqlikda ularuchun ziyon hisoblanadi. Hayvonlardagi yashash uchun kurashtabiiy tanlanish ta'sirida shakllangan instinktlar ba'zanmaqsadga nomuvofiq bo'ladi. Tungi kapalaklar oq gullardannektar yig'ish instinktiga ega. Shu bilan tungi kapalaklar yorug'beruvchi lampaga yaqinlashib o'zlarini nobud qilishlarini har biro'quvchi ko'rgan. Bularning hammasi organizmlardagi barchamoslanishlar mutlaq emas, nisbiy ekanligidan dalolat beradi.
VAZIFALAR
matnini o'qing.
rasmni ko'zdan kechiring va sharhlab bering.
Tur va populyatsiya ta'rifini bilib oling.
Test topshiriqlaridan to'g'ri javobni toping.
Tur mezonlari:
Morfologik, genetik, ontogenetik, sistematik, populyatsion,embriologik;
Morfologik, fiziologik, biokimyoviy, ekologik, geografik, genetik;
Genetik, sistematik, populyatsion, ekologik, geografik, biokim-yoviy;
Fiziologik, populyatsion, fiziologik, ontogenetik, morfologik,biokimyoviy;
Biokimyoviy, morfologik, fiziologik, sistematik, genetik, embri-ologik.
Yangi turlarning hosil bo'lish yo'nalishlari:
Divergensiya, ekologik, solishtirma anatomik, sistematik;
Allopatrik, simpatrik, geografik, ekologik alohidalanish;
Geografik, ekologik, jinsiy alohidalanish, populyatsion;
Embriologik, solishtirma anatomik, sistematik, ekologik;
Geografik, ekologik embriologik, solishtirma anatomik.
Savollarga javob bering:
Politipik tur deganda nimani tushunasiz?
Divergensiya atamasi nimani anglatadi?
Har bir turning egallagan areali, populyatsiya soni to'g'risidanimalarni bilasiz?
Populyatsiyalarning geografik alohidalanishiga qanday omillarta'sir ko'rsatadi?
Darvin tur paydo bo'lishini qanday tasavvur qilgan?
Dostları ilə paylaş: |