O’zbekistonrespublikasi oliyvao’rtamaxsusta’limvazirligi namangandavlatuniversiteti biologiya kaferdrasi


-Mavzu:Yashash uchun kurash - organizmlarning atrof muhit bilan o’zaro munosabatlaridan iborat jarayon ekanligi



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə44/132
tarix20.09.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#146271
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   132
Evolution MAJMUA

9-Mavzu:Yashash uchun kurash - organizmlarning atrof muhit bilan o’zaro munosabatlaridan iborat jarayon ekanligi.
Reja:

  1. Darvinning sun'iy tanlash xaqida

  2. Yashash uchun kurash xillari

Darvin sun'iy tanlash yo'li bilan yovvoyi hayvonlarni xona-kilashtirish, yovvoyi o'simliklarni madaniylashtirish, zot va nav-larning belgi-xossalarini o'zgartirish mumkinligini aniqlagach,tabiiy sharoitda yashaydigan organizmlarda ham shungao'xshash jarayon ro'y berishi mumkin, degan taxminga keldi.Lekin uning qanchalik asosli ekanligini isbotlash uchun, birin-chidan, tabiiy sharoitda yashaydigan o'simlik va hayvonlardashaxsiy o'zgaruvchanlik, ikkinchidan, odam xohishiga o'xshashtabiatda ham qandaydir yo'naltiruvchi omil mavjudligini isbot­lash zarur edi.
Tabiiy sharoitda o'simlik va hayvonlardagi shaxsiy o'zgaruvchanlik
Darvin har qanday o'simlik, hayvon nasl qoldirganda yangiavlod ota-onadan, shuningdek, o'zaro ayrim belgi-xossalaribilan farq qilishini kuzatdi va uni shaxsiy o'zgaruvchanlik debnomladi. Olim qayd qilishicha, o'zgaruvchanlikningasl sababi organizm atrofidagi abiotik va biotik muhitningo'zgarishi bilan chambarchas bog'liq. Odatda harorat, namlik,havo, oziqa va boshqa omillarning o'zgarishi organizmlarningo'zgarishiga olib keladi. Organizmlarga tashqi muhitning ta'sirimuayyan va nomuayyan ko'rinishda bo'lishi mumkin. Birinchiholatda tashqi muhit ta'siri barcha organizmlarda ikkinchiholatda esa ayrim organizmlarda namoyon bo'ladi. Boshqachaaytganda birinchi holatda guruhli o'zgaruvchanlik, keyingisidashaxsiy o'zgaruvchanlik ro'y beradi.
Tashqi muhit omillari organizmlarga bevosita yoki bilvositata'sir etishi ham mumkin. Tashqi muhitning bevosita ta'siri nati­jasida organizm, bilvosita ta'sirida esa uning keyingi avlodlario'zgaradi. Darvin organizmlarda shaxsiy o'zgaruvchanlik borli-gini yana tur bilan tur xilini taqqoslash yo'li bilan ham isbotla-di. «Tur xili» deganda Darvin turga xos belgi-xossalar yaxshi ifo-dalanmagan organizmlar guruhini tushungan. Bir tur bilanikkinchi tur orasida oraliq formalar uchramaydi. Lekin tur bilantur xili orasida bunday oraliq formalarning uchrashi tabiiy birhol. Shu bois tur xillarini Darvin yashagan davrda «shubhaliturlar» deb ham ataganlar. Tur xillarining tabiatda mavjudligitufayli olimlar turlar sonini aniqlashda qiyinchilikka duch keladi-lar. Bunga asosiy sabab ba'zi olimlar belgi-xossalarning ifo-dalanish darajasiga yetmagan organizmlar guruhini tur, boshqaolimlar esa tur xili deb hisoblaydilar. Darvin yashagan davrdaAngliya florasida 182 ta «shubhali turlar» mavjud bo'lgan.
Xrizantema gullari

Bug'u shoxlari


O'simliklar, hayvon va bakteriyalardagi o'zgaruvchanlik.

TOVUQ TOJLARI




Organizmlarning ko'payishi tezligi
Sizlar kundalik hayotda qoqio't, ituzum, uy pashshasi,baqalar va boshqa hayvon, o'simliklar o'zidan ko'p naslqoldirishini kuzatgansizlar. 22-jadvalda ba'zi hayvon, o'simlik-larning qoldiradigan nasl miqdoriga oid ma'lumotlar keltirilgan.Ko'p hollarda qoldirgan naslning barchasi voyaga yetmay naslberishga ulgurmaydi. Ularning ko'pchiligi shaxsiy taraqqiyot-ning turli bosgichlarida nobud bo'ladi.
jadval
O'simlik va hayvonlarning nasl berish darajasi

Organizmlar xili

Tuxum yoki urug' soni

Askarida

50000000—60000000

Cho'chqa solityori

200000000—300000000

Laqqa baliq

136000

Treska

10000000

Baqa

10000

Zubturum

39000—40000

Ituzum

108000—110000

Eshaksho'ra

400000—4100000

G'umay

235000—238000

Oqsho'ra

1369000

Nobud bo'lish sabablari har xil: oziqaning yetishmasligi,dushmanlarning hujumi, ob-havoning noqulay kelishi va bosh-qalar. Binobarin, har bir tirik mavjudot yashash uchun va naslqoldirish uchun doimo kurashadi. Darvin yashash uchun kurashiborasini keng majoziy ma'noda, ya'ni rivojlanayotgan orga­nizmlarning o'zaro hamda anorganik tabiatning noqulaysharoitlari orasidagi murakkab va xilma-xil munosabatlaridag'olib bo'lib, normal nasl qoldirish layoqatini tushungan.
Yashash uchun kurash xillari. Darvin yashash uchunkurashishning uch xil: a) har xil turlarga mansub organizmlarorasidagi kurash; b) bir turga kiruvchi organizmlar orasidagikurash; d) organizmlarning anorganik tabiatning noqulaysharoitlariga qarshi kurashi kabi formalarini farqlagan.
Har xil turlarga mansub organizmlar orasidagi kurash niho­yatda turli-tuman. Bo'ri va tulkilar tovushqonlar bilan oziq-lanadilar. Shunga ko'ra bo'rilar bilan tulkilar, shuningdek, tul­kilar bilan tovushqonlar orasida doimo, yashash uchun o'zarokurash ketadi.
O'ljaning yo'qligi yirtqichlarning och qolishiga va o'limigasabab bo'ladi. Markaziy Osiyoda ko'p tarqalgan hind maynasichigirtkalar bilan ham oziqlanadi. Chigirtkalar chumchuqlaruchun ham oziqa sanaladi. Binobarin, maynalar bilan chum­chuqlar orasida raqobat ro'y beradi. Tuyoqli hayvonlar o'sim­liklar bilan oziqlanadi. O'simliklar bilan chigirtkalar ham oziq-lanadilar.


Turlararo kurash:
1 — baliq yeyayotgan qora suvke; 2 —ilonburgut ozig'i bilan; 3 — yo'n-g'ichqani «bo'g'ayotgan» zarpechak; 4 —zarpechak guli.
Chigirtkalarning tez ko'payishituyoqli hayvonlarning och qolibo'lishiga sabab bo'ladi. Ikkinchitomondan tuyoqli hayvonlar hayotiyirtqich hayvonlarga bog'liq.O'simliklarning mavjudligi faqato'txo'r hayvonlargagina emas, balkiularni changlatadigan hasharotlar,hamda, boshqa o'simlik turlario'rtasida bo'ladigan raqobat bilanham aloqador. Turlar orasidagiyashash uchun kurash unchalik shiddatli bo'lmasligi mumkin. Bunga asosiy sabab harturga mansub organizmlarning oziqasi bir xil emas, turli xilbo'lishidadir. Masalan, maynalar faqat chigirtka bilangina emas,balki qo'y, qoramollar tanasidagi so'na va boshqa parazitlarhamda gilos, uzum va hamda qushlarning bolalari bilanoziqlanadilar. Tulkilar ham o'z navbatida faqat tovushqonlarbilan emas, balki sichqon, kirpi va qushlar bilan hamoziqlanadilar.
Bir turga kiruvchi organizmlar o'rtasidagi kurash.
Yuqoridagilardan farqli ravishda bir turga kiruvchi organizmlar­ning oziqa, yashaydigan hudud va hayot uchun zarur bo'lganboshqa omillarga nisbatan talabi o'xshash bo'ladi. Bir turgakiruvchi qushlar orasida urchish paytida uya qurish uchun joytanlash bo'yicha raqobat ro'y beradi. Sutemizuvchi hayvonlar,qushlarda erkak organizmlar o'rtasida urg'ochi organizmlarbilan qo'shilish uchun kurash ketadi. G'o'za, bug'doy va boshqao'simlik urug'lari zich ekilganda, ular orasida yorug'lik, namlik,oziqa uchun raqobat kuzatiladi. Oqibatda ular nimjon bo'libo'sadilar. Bir turga kiruvchi daraxtlar, butalar orasida ham bun­day holat kuzatiladi. Shox-shabbasi keng quloch yozgan engbaland daraxtlar quyosh nurining ko'p qismini tutib qoladi.Ularning baquvvat ildiz sistemasi tuproqdan ko'proq suv vaunda erigan mineral moddalarni shimib oladi. Buning hisobigaqo'shni daraxtlar zaif bo'lib o'sadi yoki o'sishdan to'xtab nobudbo'ladi.
Organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi Anorganik tabiat omillari organizmlarning rivojlanishiga,yashab qolishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Kuz kelishi bilan bir yil-lik o'simliklarning hammasi ko'p yillik o't o'simliklariningtuproq ustki qismlari nobud bo'ladi. Qish qattiq kelgan yillari-da ko'p yillik daraxtlar, yumronqoziqlar, yomg'ir chuval-changlari, qushlar orasida ham nobud bo'lgan organizmlarniko'rish mumkin. Qishda suv usti qalin muz bilan qoplanishitufayli suvda erigan kislorodning kamayishi hisobiga baliqlarham halok bo'ladi. Cho'l o'simliklarining ko'plab nobudbo'lishi namlikning yetishmasligi oqibatidandir. Tirik mavjudot lar anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga bardoshbergandagina yashab qolishi va nasl berishi mumkin.




II IVII III I IV II U III II

Bir turga kiravchi daraxtlar orasidagi raqobat.


Tur ichidagi kurash: 1—kiyiklar; 2—fillar; 3—zebralar.
Organizmlar orasidagi munosabatlardan odamning foydalanishi
Bir turga kiruvchi organizmlar orasida yashash uchunkurashning shiddatli bo'lishini e'tiborga olib, yangi bog'lartashkil qilinayotganda mevali daraxtlarning turiga qarabko'chatlar ma'lum oraliqda ekiladi. Sun'iy yo'l bilan o'rmonlarbarpo etilayotganda mikorizasi bo'lmagan tuproqqa mikoriza —zamburug' giflari solinadi. Mikoriza daraxt ildizlariga kirib olib,uni tuproqdagi nam va oziq moddalar bilan ta'minlaydi. Budub, qayin, buk kabi daraxtlarning normal o'sishiga yordamberadi. Respublikamizdagi ko'llar, suv havzalarida baliqlarnisun'iy yo'l bilan urchitish uchun avvalo ular yirtqich (cho'rtan)va uncha ahamiyati bo'lmagan (gambuziya) baliqlardan toza-lanadi. Shundan keyin suv havzalarida xo'jalik uchun ahami-yatli hisoblangan baliqlar ko'paytiriladi. Ovchilik xo'jaliginiilmiy asosda olib borish uchun hayvonlar biologiyasi, ya'niurchish davri, nasl miqdori, ularning voyaga yetish muddati,nimalar bilan oziqlanishi, organizmlar orasidagi munosabatlardiqqat markazida bo'ladi.
Yirtqich hayvonlar — bo'ri, tulkilar yo'qotilayotganda ular­ning sanitarlik roli — o'ljalar orasidan nimjon, kasal individlarniko'plab yo'qotishi hisobga olinadi.
Madaniy o'simliklarga qaraganda yovvoyi o'simliklaryashovchan bo'ladi. Ular madaniy o'simliklarning rivojlanishigasalbiy ta'sir ko'rsatmasligi uchun (piyoz, sabzi, rediska va boshqao'simliklar) o'toq qilinib, begona o'tlardan xalos etiladi. Za irarkunanda hasharotlar — xasva, olma qurti, ko'sak qurti, shirava h.k.larga qarshi kurashda mikrofanus, oltinko'z, trixogramma,afelinus, tugmacha qo'ng'izlar (podoliya), entobakteriyalar tar-qatiladi. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashishgahasharotxo'r qushlar, chunonchi, chug'urchuq, chittak va bosh-qalar jalb qilinadi. Chetdan changlanuvchi o'simliklardan yuqorihosil olish uchun asalaridan foydalaniladi.



Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin