Turining morfologikKontseptsuyasi deyilganda, Linney davridan boshlab turni farq qilishda qo`llanib kelayotganmorfologik mezonlarning asos qilib olnishi tushuniladi.Biroq mazkur ko1sheptsnyada turningboshqa biologik xossalari serpushtligi, chatishish qobulyati, areali va shu singarilar e’tibordanchetda qoladi. Bu kontseptsnyaga binoan, tur bir xil yoki o’xshash belgilarga ega individlar,populyatsiyalar guruhsidir. Mayr qayd qilishicha, turlarni farq qilshida boshqa ma’lumotlar bo’lmagan taqdirdagina morfologik mezon vaqtincha qo`llaniladi.
Biologik konsitsiya turlarni farq qilishda biologik xossalarga qaraganda ko’proq fiziologik mezonga asoslanadi. Natijada qachonlardir chatishgan turlar endilikda fnziojiogikjihatdan chatisha olmaydigan evolutsiya bosqichi sifatida talqin etiladi, mazkur kontseptsiyacheklangan bo'lib, jinsiy yo`l bilan ko’paymaydigan barcha formalarni inkor etadi.Binobarin, yuqorida qayd qilingan mezonlardan birontasi univyersal mezonhisoblanmaydi. Turlarni aniqlashda ularning hammasidan yoki ko`pchiligidan foydalanish yo`libilan turlarni kenja turlardan farq qilish mumkin.
Biologik tur haqida mulohaza yuritish uchun bu atamaningtub mohiyatini anglab olish darkor. Hozirgi paytda biologiyafanida tur deyilganda morfofiziologik jihatdan nisbatano'xshash, kelib chiqishi bir, o'ng'aylik bilan o'zaro chatishibnasl beradigan, ma'lum arealni egallagan organizmlar majmuasi tushuniladi.
Ushbu ta'rifning o'ziga xos tomoni shundaki, u o'zarochatishib ko'payadigan alohida organizmlar majmuasini tursifatida talqin qiladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hammaorganizmlar ham jinsiy yo'l bilan ko'payavermaydilar. Tabiatdajinssiz yo'l bilan ham ko'paya oladigan organizmlar mavjud.Bundan tashqari qadimgi eralarda yashab o'lib ketgan turlarbor. Bulardan ma'lum bo'ladiki, barcha organizm turlariningo'ziga xos belgi-xossalarini qamrab olgan tur ta'rifi biologiyafanida hali yaratilmagan. Shuning uchun amaliyotda organizmturlarini bir-biridan farqlantirishda tur mezonlaridan foydalani-ladi.
Tur mezonlari. Turga mos belgi-xossalari yig'indisitur mezonlari deb ataladi. Tur mezonlari tubandagilar:
Morfologik mezon. Morfologik mezon bir turga kiruvchiindividlarning tashqi va ichki tomonidan o'xshashligini ifo-dalaydi. Qora qarg'a va ola qarg'a har xil turlarga mansub.Ularni siz tashqi tomondan farqlay olasiz. Bir turga kiruvchiorganizmlar ham ba'zi belgi-xossalari bilan o'zaro farq qiladi.Lekin ulardagi farq har xil turga kiruvchi organizmlar farqiganisbatan juda kam bo'ladi. Shu bilan bir qatorda tashqi tomondan bir-biriga juda o'xshash, lekin o'zaro chatishmaydiganturlar ham uchraydi. Ular qiyofadosh turlar deyiladi. Chu-nonchi, drozofilada 2 ta, bezgak chivinida va qora kalamushdaham 2 ta qiyofadosh turlar ma'lum. Qiyofadosh turlar suvdahamda quruqlikda yashovchilar, reptiliyalar, qushlar, hattosutemizuvchilarda ham aniqlangan. Binobarin, morfologikmezonning o'zigina turni farq qilish uchun yetarli emas. Lekinmorfologik mezon uzoq vaqt turlarni aniqlashda asosiy va yago-na hisoblangan.
Fiziologik mezon. Bu turga kiruvchi individlarda hayotiyjarayonlar, ayniqsa, ko'payishning o'xshashligi bo'ladi. Har xiltur vakillari bir-biri bilan chatishmaydi, chatishsa ham naslbermaydi. Turlarning chatishmasligi jinsiy organlar tuzilishidagifarqlar, ko'payish muddatlarining turlicha bo'lishi va boshqaxossalari bilan izohlanadi. Lekin tabiatda ayrim, masalan, kana-reyka, terak va tol, tovushqon turlar o'zaro chatishishi va naslberishi mumkin. Bu o'z-o'zidan fiziologik mezon ham turlarning bir-biridan farq qilishi uchun yetarli emasligini ko'rsatadi.
Biokimyoviy mezon. Har xil turga kiruvchi organizmlaro'zining kimyoviy tarkibi, oqsil, uglevod, peptidlar, nukleinkislotalar va boshqa organik moddalari bilan farq qiladi. Lekinasosiy farq har bir tur uchun xos irsiy material DNK moleku-lalari va hujayradagi oqsillarning sifati va miqdorining o'zigaxosligidadir. Organizmlarning qaysi turga kirishini aniqlashuchun ulardagi nuklein kislotalari farqini belgilash hal qiluvchiahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Geografik mezon. Tur tarqalgan hudud katta yoki kichik,har joyda yoki yoppasiga bo'lishi mumkin. Ba'zan esa ikki, uchturning areali o'xshash bo'lishi yoki ba'zi turlarning ishg'ol qil-