O’zbekistonrespublikasi oliyvao’rtamaxsusta’limvazirligi namangandavlatuniversiteti biologiya kaferdrasi



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə39/132
tarix20.09.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#146271
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   132
Evolution MAJMUA

KONVERGENSIYA
Divyergentsiya evolyutsiya jarayonining asosiy yo’nalishini tashkil etadi. Lekin ayrimhollarda kelib chiqishi jihatidan bir-biridan uzoq bo’lgan formalar tarixiy davr m obaynida bir xilmuhit sharoitida yashab kelgan. Oqibatda ular o’xshash belgi-xossalarga ega bo’lgan, ya’ni ularo’rtasida konvyergent o’xshashlik yuzaga kelgan. Hayvonlarda konvyergentsiya hodisasi tanasishaklining ko’rinishida yoki ayrim organlarning tuzilishidagi o’xshashlikda namoyon bo’ladi.Masalan, akula, ixtiozavr va delfinlarning gavda tuzilishi bir-birinikiga o’xshash, vaxolankiakula umurtqalilarning baliqlar singari, ixti ozavr esa sudralib yuruvchilar sinfining mezozoyerasida yashab, so’ng qirilib ketgan ajdodlariga, delfinlar esa sutemizuvchilar sinfiga mansub.
Bularning har biri qaysi sinfga mansub bo’lsa, o’sha sinf uchun xos bo’lgan ichki tuzilishga ega.Ammoo’xshash hayot sharoiti, ya’ni suv muhiti ular tanasining duksimon shaklga aylanishiga,harakatorganlarining ham o’xshash bo’lishiga olib kelgan. Tashqi tomondan o’xshashlik,qushlar bilan ko’rsharalaklar va mezozoy erasida yashagan uchuhvchi kaltakesaklar -pterozavrlarga hamxosdir. Amazonka daryosi soxillaridagi o’rmonlarda yashaydigan kalibraqushi va kalibrasimon brajnik kapalagining tashqi ko’rinishi, ya’ni tanasi, qanotlarining shakli,xartumining uzunligi bir-birinikiga o’xshash. Bundan tashqari brajnik kapalagi gul yaqinigakelganda havoda parillab to’xtab turib, kalibra singari xartumi bilan gulining nektarini so’radi.Ko’rsichqon bilan buzoqboshining oldingi yer kovlagich oyoqlari bir-birinikiga judao’xshash,holbuki, ko’rsichqon sut emizuvchilar sinfiga, buzoqboshi hasharotlar sinfiga kiradi.
Ayrim xollarda konvergentsiya organlar tuzilishidagi o’xshashlikka hamolib keladi. O'rgimchaklar bilan hasharotlarda nafas olishning traxeya sistemasi bir xil ekanligini, ixti ozavr,pleziozavr va kitsimonlar kurak oyoqlarining tuzilishidagi o’xshashlikni, shuningdek, chumolibilan oziqlanishga moslanish tufayli chuvalchangsimonlar (kloakalilar), chumolixo’rlar (chalatishlilar) va xaltali chumolixo’rlar (xaltalilar) konvergent ravishda rivojlanganligini bunga misolqilib keltirish mumkin.Tabiatda o’simliklar va hayvonlar turi nihoyatda ko’p bo`lishiga qaramay, hozirga qadartirik organizmlarning juda oz turlari hartomonlama urganilgan. Shu sababli, har bir turningo’ziga xos tomonlarini qamrabolgan tur ta’rifi xanuzgacha yaratilmagan. To’g’ri, biologiya fanitarixida turga juda ko’p ta’riflar berilgan. Biroq ko’pchilik xollarda bu tariflar turning ayrim belgilari yoki mezonlariga asoslangan xolos.
Turni ta’riflashda ikki xil tipologik va sof nazariy evolyutsion ontseptsiyalar mavjud.Turniing tipologik. kolitseptsiyasida asosiy maqsad bir turni boshqa turdan ajratish hisoblanadi.Evolyutsion nuqtai nazardan turga ta’rif berishda, tur hayotning asosiiy mavjud formasi ekanligiva unda ma’lum dadarajada evolyushion jarayon ro’y berishi diqqat markazida turadi. Turgaberilgan bu 2 xil ta’rifdagi o`zaro qarama-qarshalik shundan iboratki, turni bilish uchubqo`llanilgan tipologik kontseptsiyada turning turg`un belgi xossalari, ya’ni uning statikligi
e’tiborga olinadi. Turga beryilgan ta’rifning lyutsi on kontseptsiyasida esa turning dinamikxarakteristikasi diqqat markazda bo’ladi.Sistematiklar tomonidan turga berilgan ta’riflar ichida umumiy va ayrim organizmlarguruhi (masala, mikroorganizmlar, suvo`tlar, zamburug`lar, hasharotlar va xokazolar) ga xosxususiy ta’riflar bor. Lekin bu tariflarning hammasida hamharxil turlarni bir yoki ko`pbelgilariga qarab farq, qilishga asoslaniladi. Berilgan ta’riflarda turning umumiy va xususiybelgilari ko’pincha aralashtirib yuboriladi. Mayrning haqqoniy mulohazasiga ko’ra, “ ... birortasistematik, sistematik materialdan barcha sistematik hamkasblar uchun maqbul bo’lganumumlashgan xulosaga kela olmaydi”.
Hozirgi vaqtda tur ichidagi birliklar poplu1yatsiyalar hamda ular guruhlariningmurakkab integratsiyasidan iborat sistema sifatida e’tirof etiladi. Turni bunday keng politipikma’noda ta’riflash uni xarakterlash uchun yagona tipik nusxa yetarli, deb hisoblagan tipologikkontseptsiyadan tubdan farq qiladi. Politipik turlar haqidagi tasavvurlar vujudga kelishi tufayliturga m orfologik. Farqiga qarab emas, baj1ki papulyatsiyalar orasidagi jinsiy bog`lanishlargaqarab ta’rif berila boshladi. Bu ta’rifda «bi ologik tur» tubandagi xossalarni o’zidamujassamlashtirgan bo’lishi kerak.
1. Biologik tur jinsiy yo`l bilan ko’payadigan formalarda mavjud.
2. Tur o’zaroqarindosh bo’lgan bir yoki bir qancha populyatsiyadan iborat.
3. Populyatsiyaga mansub organizmlar o’rtasidagi munosabat ko’payish jihatdan birbiriga bog`liq bo`lishdan iborat.
4. Bir turga mansub populyatsiyalarning boshqa turga mansub populyatsiyalardan jinsiytomondan alohidalanishi bi ologik turning asosiy mezoni bo`lib xizmat qiladi.
Biologik turning bu ta’rifida bir qancha jiddiy kamchilik1ar bor. Ular tubandagilardaniborat.
1.Jinssiz yo`l bilan ko’payuvchi organizmlarda turlar mavjudligi yuqoridagi ta’riflardainkor qilinadi.
2. O’z populyatsiyasidagi boshqa organizmlar bilan chatishmaydigan mutant formalartur darajasiga ko`tarilishi hisobga olinmagan.
3. Mustaqil evolyutsiya jarayonida o’ziga xos morfologik-fiziologik belgilarga ega vaancha ilgari mustaqillashib olgan geografik va ekologik irqlar tur deb tan olinmaydi.
Evolyutsion kontseptsiya asosida turga nazariy (abstrakt) ta’rif beriladi. Bu ta’rifdatur asosan evolutsiyalanuvchi birlik sifatida olindi. Masalan, Simpson mulohazasiga ko’ra, turdeyilganda, ota-ona organizmlarning boshqa ota-ona organimlaridan mustaqil ravishda tarixiyrivojlanadigan va o’z evolyutsion taqdiriga, yo’nalishiga ega bo’lgan izchil populyatsiyalariqatori tushuniladi. Albatta, bu ta’rif abstrakt ta’rif bo’lib, uni amalda qo`llab bo’lmaydi. Chunki unda bir turning ikkinchi turdan morfologik, fiziologik, ekologik jihatdan farq qilishi o’z ifodasini topmagan.
Turni ta’riflashda mavjud ikkita, ya’ni amaliy va sof nazariy yo’nalishni o’zarobirbiriga qo’shish masalasi xanuzgacha xal bo’lmayotir. Shu sababli turni ta’riflashda ko’p tomonlama tavsif diqqat markazida bo’ladi. Avvalo, turga umumiy ta’rif berishda, albatta, uningstatikasi va dinamikasi yagona birlikning qarama-qarshi xossalari sifatida e’tiborga olinishi, shubilan bir qatorda tur evolyutsion jarayonning asosiy bosqichi ekanligi hamdaorganik dunyodaevolutsion jarayon populyatsiya - tur darajasida amalga oshishi diqqat markazida bo’lishi kerak.
Aytilganlarni e’tiborga olib, tur to’g’risida mul oxaza yuritganda, uning quyidagi xossalarigaalohida e’tibor berish kerak.Har bir tur evolutsiyaning sifat jihatdan farq qiluvchi bosqichi bo’lib, o’z mustaqilligibilan xarakterlanadi. Tur umumiy yoki ajralgan arealda tarqalgan, o’xshash morfologikfiziologik belgilarga ega hamda o’zar ochatisha oladigan individlar yig’indisidan tashkil topgan.Tabiatda turlar urchishi jihatdan bir-biridan tamomila chegaralangan, shu sababli ularchatishmaydi. Turga berilgan bu ta’rifga 'yana ayrim qo’shimchalar kiritish lozim. Harqandaytur o’zining genopik sistemasiga. «genotipik birligiga» ega.Har bir tur boshqa turlardan alohida mavjud bo’lmay, balki ma’lum biogeotsenoztarkibiga kiradi hamda o’ziga xos genotipik sistemaga ega. Ko’p turlar politipik tur hisoblanadiva belgilari bilan farqlanuvchi harxil organizmlar guruhlari (populyatsiyalar) dan, ayrimvaqtlarda kenja tur darajasiga ko’tarilgan formalardan tashkil topadi.
Xulosa qilib aytganda, turlar amalda morfologik, fiziologik, ekologikh, genetik belgi-xossalari, geografik tarqalishi, chatishishi bilan bir-biridan farq qiladi umuman, turga berilganta’rifni jinsiy yul bilan kopayuvchi, chetdanchanglanuvchi organizmlar turiga nisbatan to’liqqo’llash mumkin. Partenogenez yo’li bilan ko’payuvchi yoki o’z-o’zidan changlanuvchi organizmlarga nisbatan esa to’liq qo’llash juda qiyin. Bunday organizmlarda ma’lum territoriyadatarqalgan umumiy evolyutsi on nisbat bilan bog’liq yaqin biotiplar sistemasi jinsiy ko’payuvchi. Chetdan urug’lanuvchi organizmlaning tur tushunchasiga teng keladi.Qadimgi o’simlik, hayvon turlari ko’p xollarda asl nusxasini tiklash yo’li bilananiqlanadi. Bunda, asosan, ularning morfologik belgilariga al oxida e’tibor beriladi. Tur belgilaritopilgan oraliq formalar ko’zga ko`rinadigan morfologik o’zgarishlarga ega bo’lgandaginanamoyon bo’ladi. Poleontologik nuntai nazadan olganganda turga kiruvchi organizmlar ma’lummaydondagina emas balki shu bilan bir vaqtda ma’lum tarixiy davr ichida ham tarqalganbo’ladi. Keyingi holat tur kreteriyasini yaqin qarindoshlik ma’nosidan mahrum qiladi. Aytilganmulohazalar tur tarifini poleontologoyada qo’llash jiddiy qiyinchiliklar borligidan dalolat beradi.
Evolyutsion nazariya uchun organik dunyoningtarihiy rivojlanishinita’minlovchriboshlang’ich evolyutsiya omillari tiriklik (hayot)ning qaysidarajasiga etiship tufayli ro’yberiish i haqidagi fikrlar ham muhim ahamiyatga ega. Biroq “ tuzilish uyushishdarajasi”ko’pincha biologiyaning rivojlanishi bilan ba’zi biologlar turning sifat jihatdan o’zigahos uyushish darajasidir, tiriklikning boshqa uyushish darajoalari esa molekulyar darajasiningoshirilgan ifodasi deb talqin qiladilar . Tiriklik tuzilishiningn boshqa darajalarini ham hamabsalyutlashtirishga o`rinishlar mavjud. Tiriklikning tuzilish darajasiniklassifikatsiyalashdaham olimlar o’rtasida ixtiloflar bor.
Zavadskiy tiriklikning asosiy tuzilish –uyushish darajasini :1) organism, 2)populyatsiya (tur), 3) biotsenotik,4)formatsion (nisbatan alohida bolgan biogeografik zonadagi flora va faunabirligi),5)biosfera tarkibida etirof etsa, Yablokov,Yusufov:1)molekulyar genetic, 2) antagenetik, 3)populyatsiya (tur) va 4) biogeotsenotik darajalarmi kiritadi.Bunday ihtiloblarga qaramaybarcha olimlar populyatsiya-tur darajasida organizmlar uzoq vaqt o`z-o`zini ko`paytira olishini evolyutsion yangilanish ro`y berishini etirof etadilar.Zavadskiyning turga bergan tarifida bumasala asosiy o`rinda turadi.Uning tarifiga ko`ra tur hayotning asosiy formalaridan biri bo`libyuqori tuzilishi-uyishish darajasidan tashkiltopgan.Uzstatik tomondan determinotsiya qilingansistemadan iborat bol`ib tabiy tanlanishning tasir maydoni hisoblanadi.tur uzoq vaqt o`z-o`zidanko`paya olish,yashash va mustaqil rivojlanish qobilyatiga ega.
Tur evolyutsion pratsesning sifatli bosqichi bo`lib ichki jihatdan qarama-qarshiliklardaniborat.Evolyutsiyya natijasi sifatida u nisbatan turg`un,malu sharoitga moslashgan genetikjihatdan boshqa turlardan mustaqil holda namayon bo`ladi.Shu bilan birga tur evolyutsiyaningaktiv tashuvchisi va evolyutsion pratsesning bosqichi sifatida dinomik harakterga,noaniqchegaraga ega va o`zgaruvchan bo`ladi. Zavadskiy tomonidan berilgan tarif tur naqadar kenghajmli ,o`z mohiyati jihatidan qarama-qarshi ekanligini nomoyish etadi.

Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin