O’zbekistonrespublikasi oliyvao’rtamaxsusta’limvazirligi namangandavlatuniversiteti biologiya kaferdrasi


TABIIY TANLANISH – EVOLYUTSIYANING ASOSIY OMILI



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə37/132
tarix20.09.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#146271
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   132
Evolution MAJMUA

TABIIY TANLANISH – EVOLYUTSIYANING ASOSIY OMILI
Tabiiy tanlanish haqidagi tushuncha evolyutsion ta’limot uchun muhimahamiyatga ega.Darvin tabiiy tanlanish deganda, foydali individual o’zgarishlarga ega organizmlarning yashabqolishini, zararli individual o’zgarishlarga ega organizmlarning qirililb ketishini, ya’nimoslashgan formalarning yashab qolishi, m oslashmagan f ormalarning nobud bo’lishini nazardatutgan. Biroq bu ta’rif tanlash ta’sirining ba’zi bir genetik oqibatlarini hisobga olmaydi. Tabiiytanlanish jarayonida organizmlar yashab qolishi yoki nobud bo’lishidan tashqari, ularningdifferentsial urchishi hammuhim rol o’ynaydi.Evolyutsion jarayonda organizmlarning yashab qolishigina emas, balki har birindividning populyatsiya genofondiga qo’shgan hissasi ham asosiy o’rin tutadi. Albatta, ko’pnasl qoldiradigan individ populyatsiya genofondiga kapa hissa qo’shadi. Tabiiy ulimiga qadarhech qanday nasl qoldirmagan individlarning evolutsiya uchun ahamiyati yun. Ular populyatsiyagenofondiga hissa qo’shmaydi. Faqat ma’lum allel yoki gen komplekslarini tarqatadigan vamustaxkamlaydigan organizmlargina populyatsiyadagi dastlabki evolyutsion xodisani vujudgakeltira oladi. Demak,harxil individlarning urchishda'gi muvaffaqiyatlari tabiiy tanlannsh uchungenetik evolutsiyaning ob’ektiv mezoni bo’lib xizmat qiladi. Binobarin, tabiiy tanlanish deganda,harxil genotip yoki gen kompleksiga ega organizmlarning saylanma nasl qoldilrishi tushuniladi.
Harxil genotipga ega organizmlarning saylanma nasl qoldirishi mazkur genotipning barchaindividual rivojlanish bosqichlaridagi hayotchanligi bilan uzviy bog’liq.Yashash uchun kurashda biror individning boshqa individlardan g’olib kelishining boshmezoni urchishdagi muvaffaqiiyati hisoblanadi. Odatda, ayrim individlar yoki bir butun guruhlaroila, populyatsiyalar guruhi, turlar va nihoyat, biatsenoz tanlanish obyekti hisoblanadi.Shungako’ra tanlanish individual va guruhviy xillarga bo’linadi.Individual tanlanish populyatsiya ichidagi organizmlar orasida bo’ladigan rakobatgaasoslanadi. U yashash uchun kurashda g’olib chiqqan individlarning differentsiol urchishidaniborat. Tabiiy tanlansh organizm1ar o’rtasidagi juda ko’pchilik farqlarga ham qayta ish1ov berib,ularni ma’lum yo’nalish tomon yig’a boradi. Natijada yangi nasl ilgarigi ajdodlaridap tobora farqqi1a boradi. Tur yoki undan yirik sistematik taksonlarga xos belgi- xossalar individualo’zgarishlarning tanlanishi oqibatida shaklana boradi. Demak, individual tanlanish zaminidaguruhli tanlanish, ya’ni o’zarobevosita yoki bilvosita bog’liq bo’lgan bir qancha organizmlar guruhi (populyatsiya, tur, avlod)dan birining xillanib urchishi yotadi.Guruhviy tanlanish oqibatida bir guruhorganizmlarning mag’lubiyatga uchrashi tufayliguruhdagi xilma-xillik kamayishi yo f ormalar o’rtasida tafovut ortishi mumkin. Keyingi xolatdatanlanish kuchi kamayadi. Masalan, chigirtkalar va tuyoqlilar o’t-o’simliklarni yeyishi buyichama’lum sharoitda o’zarorakobatda bo’ladi. Mabodo, chigirtkalar t yez urchiib, soni ko’payibketsa, ular o’t-o’simliiklarni tamomila yeb, tuyoqlilarning qirilib etishiga sabab bo’ladi.
Afrika savannalarida yashaydigan kiyiklarning harxil turlari o’t-o’simliiklarning turliqismini yeydi. Bir tur kiyiklar o’tlarning yuqori - yumshoq qismi, gullarini, boshqalari quriganpoya qismini, uchinchi xillari tikanli barglarini yeydi. Bu - yaqin turlar o’rtasidagi guruhviytanlanish oqibati bo’lib, bir maydonda. Hayot miqdorini oshirishga yo’nalgan. Odatda, o’xshashtalablarga ega ikki tur bir j oyda yashay olmaydi. Ularniig biri, albatta, ikkichisini siqib chiqaradiyoki guruhviy tanlanish natijasida ular ikki hil ekologik sharoitga tarkalib ketadi. Demakpopulyatsiya, tur har qanday guruhviy tanlanish ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Shunga ko’ra,tanlanishda populyatsiya va tur ichidagi organizmlardan qandaydir bir afzal belgi- xossalarga egaorganizmlar saqlanib qoladi.
Har bir populyatsiiyaning genofondi struktura va funktsiya jihatdan bir butun bo’lib,individlarning hamma genlari o’rtasida murakkab belgilanishlarni vujudga keltiradi. Genlarningo’zaromurakkab munosabati zaminida organizm fenotipida u yoki bu belgi rivojlanadi vapopulyatsiyada shu belgi takrorlanadi. Bu jarayonda, albatta, yashash uchun kurash genlar yokibelgilar orasida emas, balki ana shu gen va belgilarga ega individlar orasida ro’y berish. Shusababli ham individlar tanlanishning boshlang’ich ob’ekti xllsoblanadi. Tabiiy tanlanish evolyutsiyaning boshlang’ich omili sifatida organizmlardagi hayot uchun zarur barcha belgi-xossalarga ta’sir ko’rsatadi.Urchishdagi muvaffaqiyat, birinchi navbatda, umumiy yashovchanlikbilan belgilanadi,Tanlanish samarasi fenotipda nam oyon bo’ladi. Demak, ma’lum belgi va xossaninggenetik axboroti fenotipda ro’yobga chikishi tabiiy tanlanish ta’siriga bog’liq. Organizmlardagifenotipik o’zgarishlar genotip asosida ro’yobga chiqishi e’tiborga olinsa, u holda fenotip bo’yicha tanlanish orqali tegishli genotiplar tanlanishi mumkin. Bu o’z-o’zidan,evolyutsion pro-tsessda fenotipik o’zgaruvchanlik muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Tanlanishnazorati ostida bo’lgan belgi xossalar bilvosita yoki bevosita organizm naslining ko’payishigaolib keladigan jarayonlar bilan bog’liq.
Tanlanish ta’siriga baxoberishda bu albatta hisobgaolinadi. Lekin evolyutsi on jarayonda organizmda Shunday belgi-xossalar bo’ladiki, bularikkinchi darajali ahamiyatga ega bo’lsa ham boshqa, ya’ni yashovchanlik uchun zarur belgi-xossalar bilan birgalikda tanlanadi. Bu belgi- xossalarga tabiiy ganlanish bilvosita ta’' sirko’rsatadi, nihoyat, evolyutsion jarayon jarayonida ilgari .tasodifiy moslanishda kam ahamiyatlibo’lib, endilikda muhimahamiyatga ega bo’lgan va tabiiy tanlanish tufayli saqlanayotgan belgi-xossalarning qiymati qayta baholanadi. Bunday belgi- xossalarning tanlanishi korrelyatsiya vapreadaptatsiya hodisasi bilan uzviy bog’likdir.Tabiiy tanlanishning yana bir o’ziga xos tomoni shundaki, u organizmdagi u yoki butuzilish, belgi muayyan organizm uchun emas, balki boshqa tur uchun f oydali bo’lishinita’minlamaydi. Bunday o’zgarishlarning evolyutsion jarayonda «man etilishi» turga mansuborganizmlarning urchishdagi muvaffaqiyatlarini belgilaydigan xossalarga ta’sir etish printsipibilan uzviy bog’liqdir. Ayrim hollarda tanlanish ikki turning birbiriga o’zaromoslanishini vujudga keltirishga yo’nalgan bo’ladi. Bu m oslanishlar nihoyatda nozik vamurakkab bo’ladi.
O’simliklar va hayvonot olamida uchraydigan simbi oz va kommensalizm xodisalari bungayaqqol misoldir. Tabiiy tanlanish ayrim organizmlar uchun noqulay, biroq populyatsiya hamdaturlar uchun f oydali belgi- xossalarni vujudga keltira oladi. Bunday m oslanishga arilardagi vaboshqa ayrim hasharot turlaridagi zaharnishining tishsimon tuzilganligi misol bo’ladi. Odatda,birorta organizmni chaqqan ari o’z nishini dushman tanasida qoldirib nobud bo’ladi, uning nobud bo’lishi esa oiladagi boshqa individlarning saqlanishi nuqtai nazaridan foydali bo’ladi.

Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin