ORGANIZMLARNING YASHASH UCHUN KURASHI «Yashash uchun kurash» terminini Darvin keng metaf orik ma’noda tushunadi. Buibora zaminida u o’simlik va hayvonlarning atrofdagi bi otik va abi otik muhitga qaramlioginihamda tashqi muhitning noqulay sharoitiga organizmlarning ozmi ko’pmi ko’rsatganqarshiligini, zarur sharoitni egallash uchun qilingan harakatlarni tushungan. Chunonchi, saxrolarchekkasida o’sadigan o’simliklar to’g’risida fikr yuritganda, ular qurg’oqchilikka qarshikurashmoqda deyishadi. Ocharchilik davrlarida yirtqichlar. o’rtasidagi o’lja uchun bo’lgan kurash bir vaqtning o’zida yashash uchun kurash hamdir. Umuman olganda, harqanday tirikmavjudot turli yoshda yilning turli faslida, harbo’g’inda yashashuchun kurashga majburdir.
Organizmlarning muhitga qaramligi turli-tuman va ularning har biri konkret sharoitdayashash uchun kurash holida nam oyon bo’ladi. Ba’zi hayvonlar (mayda yirtqichlar, qushlar. baliqlar, hasharotlar, molluskalar, qisqichbaqasimonlar) boshqa yirik hayvonlar uchun o’lja bo’ladi,binobarin, ularning har birining hayoti o’z dushmanlariga bog’liq .Ikkinchi tomondan ularninghammasi oziq manbaiga ham qaramdir. Yirtqich hayvonlar (yirtqich sut emizuvchilar,hasharotlar va yirtqich qushlar, ko’pgina baliqlar, hasharotlar) soni ularni oziqlantiruvchimanbaga, ya’ni harhil yo’llar va vositalar bilan ta’qib qilinadngan g’animlarga, ganimlarninghayoti esa o’z navbatida ularni ta’qib etuvchi dushmanlarga uzviy bog’liqdir.Ba’zi organizmlarning hayoti va soni ular tanasida hayot kechiruvchi ekto va vaendoparazitlar bilan uzviy bog’lidir. Masalan, fitofaglar o’simliklar bilan oziqlangani uchunularning hayoti o’simliklarga, o’simliklar esa ularni nobud qiluvchi hayvonlargabog’liq. Avtotrof o’simliklar uchun tuproq, suv, havofotosintez protssesi uchun zarur bo’lganmoddalarning asosiy manbai hisoblanadi. o'simliklar, o’z navbatida, tabiatni ana shu moddalarbilan boyitish manbaidir. har qanday mavjudot o’zida temperatura, namlik, havova tuproqning fizik va ximyaviy xossalarining ta’sirini namoyon etadi, aniqroq aytganda, har bir organizm hayot uchun kurashadi.
Xilma- xil organizmlar o’z hayot faoliyatiga bir-biri bilan bog’liq, ya’ni har birmavjudotning o’zidan keyin nasl qoldirish imkoniyati faqat anorganik sharoitga emas, balkiko’proq boshqa organuzmlarning hayot faoliyatiga hambog’liq. Darvin aniqlashicha. 90x60 smmaydonda unib chiqqan 357 dona ko’katdan faqat 60 tasi urug’ bergan xolos. Boshqalar esaularniig dushmanlari tomonidan qirib tashlangan. Unib chiqqan ko’katlar yosh davridayoqko’proq mazkur maydonda o’sgan boshqa o’simliklar ta’sirida nobud bo’lgan. Keyingi davrlardaham kuchsiz o’simliklar o’z o’rnini kuchli o’simliklarga bo’shatib berganligi ma’lum bo’lgan,Darvin 9ox122 sm maydondagi o’simliklarning 11 turi ular bilan birgalikda o'sgan boshqa 9to`rini tamoman siqib qo’ganligini aniqlagan. Ba’zi organizmlarning hayoti harxil o’zgaorganizmlarga bog’liq ekanligini boshqa dalillar bilan ham isbotlash mumkin. Chunonchi,ko’pchilik mayda sut emizuvchilar va qushlar (sichqonsimon kemiruvchilar, oq kaklik) ningnobud bo’lishi faqat oziq zapasiga bog’liq emas, balki ularni ko’plab kemiruvchi yirtqichlar(ukki, qarchigay, tulki va boshqalar ) ga bog’liq. Vaqti-vaqti bilan sichqonsimon kemiruvchilaryoki hasharotlarning ayrim turlariga mansub organizmlar epizotiya bilan kasallanib ham ko’plabqirilib ketadi.
Organizmlarning o’zarobir-biriga bog’liqligi hamma vaqt ko’zgatashlanavyermaydi. Ko’pincha bu bog’lanishlarning bir t omoni, ya’ni organik mavjudotlrninganorganik sharoitga bog’liqliginamoyon bo’ladi, xolos. Lekin shu bilan birga boshqa muhimtomonlari ham bir-biriga bog’liq. Masalan qoqio’t o’simligining atrofi boshqa o’simliklar bilanband bo’lganligi sababli uchma urug’i boshqa (bo’sh) yerlarga tarqaladi. Qush reptiliya,baliqlar tuxumining sariqligi, shuningdek, o’simliklar urug’idagi endosiyerm murtak uchun oziqvazifasini bajaradi.Odatda, hayvonlar bilan o’simliklarning geografik tarqalish sabablarini iqlim sharoitigabog’laydilar. Ba’zi xollarda ,xaqiqatan ham Shunday bo’ladi. Biroq ko’pincha turning o’rninimazkur sharoitda hayot talablarini ma’lum, muvaffaqiyat bilan qondira oladigan boshqa turegallaydi. Masalan o’tgan asrda Janubiy Amerikaning La-Platotekisliklari Yevropadankeltirilgan qushqo’nmas o’simligi bilan qoplandi Oqibatda shu o’simliklaring maxalliy turlariyashash uchun kurash tufayli siqib chiqarildi. Qayerda to’qnash kelishidan qat’i nazar, sariq suvarak yashash uchun kurashda doim qora suvarakni siqib chiqaradi. Avstraliyaga Yevropadanolib kelingan oddiy ari yashash uchun kurashda maxalliy arini tezda siqib chiqargani aniqlangan.
Demak, har birorganizmning hayoti boshqa organizmlarga bog’liqligi hamma yerda ko’zgayaqqol tashlanadi. Bu bog’lanish oshkora yoki yashirin bo’ladi. Organik mavjudotlarg’animlarga xujum qilishda, umuman, oziq topishda, dushmandan va noqulay sharoitdanximoyalanishda, yashash joyi, ko’payish, naslini yetishtirish uchun zarur sharoitni egallashdao’zarobir biriga bog’liqdir. CHunki ularsiz hayotni saqlash, nasl qoldirish aslomumkin emas.Binobarin, organizmlarda o’zaroaloqalar tirik tabiatdagi munosabatlar ichida eng zaruri hisoblanadi. Har bir turningxarakterli belgilari, areali, tur soni, oziqlanishi, ko’payishi va engasosiysi bir-biriga moslashishi organizmlar o’rtasidagi munosabatga bog’liq.SHunga ko’ra,organizmlar o’rtasida doim yashash uchun kurash boradi. Yashash uchun kurash ayniqsa, ehtiyoji o’xshash bo’lgan organizmlarda ko’zga yaqqol tashlanadi. Masalan, Janubiy Afrikadajirafalar baland akatsiya va boshqa dara xtlarning barglarini uzib olib yeyishga intiladi. Ba’zan birxil hayot sharoitiga bog’liq bo’lgan ikki xil mavjudot o’rtasida ham yashash uchun kurashboradi. CHunonchi, kemiruvchilar va tuyoqlilar yoki hasharotlar va tuyoqlilar o’zaroyagonaoziqlanish maydoniga ko’ra bir-biriga bog’liq. Buning oqibatida bir guruh tomonidano’simliklarning ko’plab iste’mol qilinishi o’z raqibining och qolishiga, bora-bora nobudbo’lishga olib keladi. Ko’p xollarda esa yashash uchun kurash ko’pincha yaqqol ko’zgatashlanmaydi. CHunonchi, haryili minglab urug’ beruvchi va ulardan faqat bittasi pishibetiladigan o’simlik haqida, u tuproqni qoplovchi o’ziga o’xshash va boshqa o’simliklarga qarshikurashayotir deb aytish qiyin.
Yashash uchun kurashning yashirin formasi bir tur xili va turga mansuborganizmlardakeskin namoyon bo’ladi. Darvin bir turga mansub individlar o’rtasidagi yashash uchun kurashayniqsa keskin bo’lishini , xidli nuxat, tog’ qo’ylari, meditsina zulugi, harxil kaptar, to’ng’izlar,AQSH dagi bo`rining ikki tur xili, tukli olxo’ri , shaftolida nam oyish etdi. Qisqacha qilibaytganda, barcha organik mavjudotlar orasida doim yashash uchun kurash b oradi. Sistematikjihatdan bir-biridan uzoq guruhlarda.u axyon-axyonda, bir avlodga mansub turlar orasida teztez ro’y beradi. Yashash uchun kurashni organizmlarning sistsmatik o’rni emas, balki ekologik yaqinligi belgilab beradi.Tabiiy sharoitda tarqalgan organizmlarda ham individual farqlar uchraganligi sabablitur xili va turga mansub mavjudotlar o’zaroaynan o’xshash bo’lmaYdi. SHu sababli birortahayvonning nobud bo’lishi ikkinchisining barhayot bo’lishini tasodifiy xodisa emas. Odatda, mukammal ximoya vositalariga, masalan, yaxshi eshitish organiga, xim oya rangi, dushmanlardan yashirinish instinktiga ega bo’lgan organizmlar noqulay sharoitdan saqlanib, naslqoldiradi. Bunday vositalarga ega bo’lmagan organizmlar esa nobud bo’ladi.
Hayvonlar va o’simliklar o’rtasidagi yashash uchun kurash individual rivojlanishningturli bosqichlarida o’simliklarda urug’, o’simta va voyaga yetgan davrda, hayvonlarda esatuxum, lichinka va voyaga yetgan organizm davrida ro’y beradi.Darvin «yashash uchun kurash» iborasini keng, majoziy ma’noda ishlatadi va uningzaminida rivojlanayotgan organizm tashqi muhitning fizik omillari va boshqa tirik mavjudotlarga bog’liq bo’lishi, shuningdek, individlarning o’zini nasl bilan ta’minlashdagimuvaffaqiyatini tushunadi.«Yashash uchun kurash» birinchidan, yirtqichlar o’rtasida g’animlarni egallash uchunbo’ladigan ayovsiz kurash xujum ikkinchidan, organizmlarning abi otik sharoitga qaramligi yoki stixiyaga qarshi kurashi uchinchidan, bir xil o’simliklarning usishi va rivojlanishi uchunko’proq joy egallashga oid passiv formadagi hayot poygasi to’rtinchidan, parazitorganizmlarning o’z xujasiga q aramligi beshinchidan bir turga mansub parazitlar o’rtasidagihayot poygasi oltinchidan harxil turlarga mansub organnzmlarning bir xil sharoitga bog’liqligizaminida vujudga keladigan passiv hayot poygasidan iborat. Darvin mul oxazasiga ko’ra,organizmlariing tez urchishi yashash uchun kurash sababchisidir.Lekinorganizmlarning ko’p yoki oz nasl berishi turga kiruvchi organizmlar o’rtachamiqdorini belgilab berishga asos bulolmaydi. CHunonchi, Darvin uqtirishicha kondor 2 ta,tuyaqush esa 2o ta tuxum qo’yadi. SHunga qaramay, o’z joyida kondor miqdor jihatdanko’pqushdir. Bo’ron qushi atigi bitta tuxum qo’ysa ham, u miqdor jihatdan Yer yuzidagi engko’p qushlar qatoriga kiradi. Xulosa qilib aytganda u yoki bu turga mansub organizmlarning soniqoldirilgan nasl soniga emas, balki u rivojlanadigan muhitning biotik va abi otik omillarigabog’liq bo’ladi. Ko’p hollarda turga mansub organizmlar soni qoldirilgan nasl soniga nisbatanjuda ozchilikni tashkil etadi CHunki qoldirilgan naslning faqat oz qismi voyaga yetib, ko’pchiligiindividual rivojlanishning dastlabki davrlarida nobud bo’ladi. Faqat oziq resurslari yetarli,dushmanlari esa kam bo’lgandagina ko’p nasl qoldiruvchi turlarga mansub organizmlar qisqavaqt ichida son jihatdan tez ko’paya oladi. Shira, tuban qisqichbaqasim onlar, chigirtkalar vaboshqalarning ba’zi vaqtda juda ko’payib ketishi bunga yaqqol misol Bo’ladi. Boshqa vaqtlardaesa ko’p tuxum qo’yadigan organizm turlari ko’plab qirilib ketadi. Odatda, tuxumi, embrioni valichinkalarini him oya qilish vositalariga ega turlargina urchiganda kam tuxum qo’yadi, urug qoldiradi. Qaysi tur organizmlari tez va ko’p qirilsa, ular shuncha t yez tiklanadi. Umumanolganda, o’simliklar va xayvohlarda ko’p tuxum , o’simliklarda ko’p urug’ qoldirish muhimbiologik moslanish bo’lib, u tarixiy jarayonda turni saqlashga qaratilgan m oslanishlardanbiridir. Shunday qilib, tabiatdaharqanday organizmning hayoti boshqa organizmlarga, muhitsharoitiga bog’liqligi ko’zga tashlanib tu- radi. Organizmlarning muhitga bog’liqligi ikki xilko`rinishdan iborat. Ulardan biri organizmlarning abiotik muhitning noqulay sharoitiga qarshi kurashi, ikkinchisi bir organizmning boshqa organizm faoliyatigabog’liqligidir.Organizmlarorasidagi hayot poygasi ham o’z navbatida ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ular bir turga yokiharxil turga mansub organizmlar o’rtasida yuz beradigan hayot poygasidir.
Bayon etilganlardantashqari, organizmlar o’rtasidagi oshkora kurash ham tabiatda uchraydigan xodisalardan biridir. Bunday kurash ba’zan bir turga mansub, ba’zan harxil turga mansub organizmlar o’rtasida sodirbo’ladi. Darvin o’z ta’limotida «yashash uchun kurash» organizmlarning xaddan ziyodko’payishi natijasidir, deb e’tirof qiladi.Aslini olganda, har birorganizmning cheksiz ko’payish imkoniyatlari chegaralangan.Uning ko’payishiga o’lik tabiatning noqulay sharoiti, boshqa organizmlar qarshilik ko’rsatadi.Shunga qaramay Darvin «yashash uchun kurash» g’oyasini ilgari surganda, Maltus kitobi bilantanishgan. Lekin Darvin Maltus ta’limotini quvvatlagan, degan xulosaga kelish yaramaydi. AgarMaltus «Aholining ko’payishi» asarida burjua jamiyatidagi t yengsizlik, eksiluatatsiyani niqoblashmaqsadida odamlar geometrik progressiya yo’li bilan, hayot .. vositalari, ya’ni oziq -ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xomashyo arifmetik progressiya asosida ko’payadi, shunga ko’ra,jamiyatda yashaydigan kishilarni oziq, kiyim-kechak bilan to’liq ta’minlab bo’lmaydi vako’pchilik qashshoqlikda yashaydi, chunki bu tabiat qonuni, degan soxta nazariyani propaganda qilgan bo’lsa, Darvin organizmlarning ko’payishi ustida gapirib, o’simliklar va hayvonlar geometrik progressiya asosida ko’payadi, degan fikrni bildirdi. Agar o’simliklar va hayvonlarinsonning «hayot kechirishi» uchun, sanoat uchun esa xom ashyo ekanligi e’tiborga olinsa, uholda Darvin fikrlari Maltus nazariyasiga tam omila Qarama-qarshi ekanligi o’z-o’zidan ayonbo’ladi.