O’zbekistonrespublikasi oliyvao’rtamaxsusta’limvazirligi namangandavlatuniversiteti biologiya kaferdrasi


TABIIY SHAROITDA O`SIMLIKLAR VA HAYVONLARNING O`ZGARISHI



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə34/132
tarix20.09.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#146271
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132
Evolution MAJMUA

TABIIY SHAROITDA O`SIMLIKLAR VA HAYVONLARNING O`ZGARISHI
Darvin xonakilashtirilgan hayvonlar, madaniy o’simliklar evolutsiyasining omillarinianiqlagach, tur problemasi bilan shug`ullandi. Albatta, tabiiy sharoitda turlarning doimiyemasligini e’tirof etgan taqdirdagina, turning o’zgarish sabablari va qonuniyatlarini o`rganishnikun tartibiga. qo`yish mumkin. U juda ko’p kuzatish natijalariga asoslanib, tabiiy sharoitda hamorganizimlar o`rtasida farq borligini qayd qildi. Biroq bunda individual farqlar bilan tarixiyo’zgaruvchanlikni aralashtirib yuborish yaramaydi. Odatda, individual farq deganda, organizmlaro’rtasidagi farq, tarixiy o’zgarishlar deyilganda esa tabiiy sharoitda uzoq vaqt mobaynida birnecha bundagi organizm guruhlari (tur xili, kenja tur, tur, 'avlod) orasidagi farq tushuniladi.
Darvin xonakilashtirilgan hayvonlar va madaniy o’simliklardan farq qilgan holda, tabiatdaturning o’zgarishni bevosita kuzatish nihoyatda qiyin ekanligini, uning o’zgarishini faqatbilvosita dalillar, xususan, tur bilan tur xili o’rtasidagi munosabatni aniqlash orqali o`rganishmumkinligini aytgan. Darvin yashagan davrda tur xili va k yenja turlarning ma’lum vaqt ichidao’zgarishi, turlarning esa o’zgarmasligi ko’p olimlar tomonidan e’tirof qilinar, tur va turlarorasidagi farq ana shu bilan tushuntirilar edi. Barcha turlar kelib chiqishiga ko’ra bir-birigabog`liq emas.SHu sababli ular bir-biridan o’zar ofarq qilib, chegarasi aniqdir. Tur xillari esakelib chiqishi jihatidan umumiylikka ega va ularda oraliq formalar mavjud bo’ladi. Bu morfologik mezon tur bilan tur xili o’rtasidagi asosiy farqni ko’rsatadi. Lekin sistematiklar ba’zanyaxshi ifodalangan turlar o’rtasida ham oraliq formalarni topishga muvaffaq bo’ldilar. Bundayturlarni Darvin «shubhali turlar» deb nomlagan. 3oo turdan iborat dub daraxti turlarini «shubhaliturlar»ga misol qilib ko’rsatish mumkin. Har bir mamlakatning fauna va florasi ro`yxatgaolinganda, botanik va zoologlar o’rtasida ma’lum hayvon, o’simlik turlarining sonini aniqlashdadoim oyakdillik bo’lmaydi. CHunki «shubhali turlar»ni ba’zi mualliflar tur deb hisoblasalar,boshqalari tur xiliga kiritadilar. Darvin yashagan davrda Britaniya fl orasida 182 ta «shubhalitur» bo’lib, ularni ba’zi botaniklar turga, ikkinchilari esa tur xiliga kiritganlar.
«SHubxali turlar» muammosi ayniqsa yer yuzasidagi ayrim o’simlik, hayvon turlarining sonini aniqlashda keskintus oladi. Masalan, suvo`tlar to`rini ba’zi olimlar 15000 desalar, boshqalari 40000 deydilar. Harxil olimlar qushlar to`rini 8000 dan 15000 gacha hisoblaydilar.Yaxshi o`rganilgan turlarda «shubhali turlar» ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi.Binobarin, «shubhali turlar»ning maavjudligi tabiatda turlar qotib qolmaganligini, ular tarixiyjarayonrda o’zgarishlarni ko’rsatuvchi bilvosita dalil vazifasini o`taydi. Odatda,' keng tarqalganturlar ko’p tur xillariga ega bo’ladi. Bu xodisa ham turlarning tarixiy davrda o’zgarishini isbotlovchi dalildir.
Darvin organizmlarning keskin farq qilgan belgisi keyinchalik turningbarchavakillariga xos belgilarga aylanib, yangi turni to`satdan paydoqilishi mumkinmi? Deganmuammoni hal qilishga o`tadi. Sun’iy sharoitda inson g`amxo`rligi tufayli keskin o’zgarganforma saqlanib, ko’paytirilib, uning asosida yangi zot chiqariladi (masalan, janubiy Amerikadachiqarilgan qoramolning niata zoti). Tabiiy sharoitda ana Shunday keskin o’zgargan yagonaforma ko’p hollarda biror kamchilikka ega bo’ladi va shu tufayli yangi turlarning to`satdanvujudga kelishi uchun zamin bo’lib xizmat qila olmaydi.Hayvonlar bilan o’simliklar organizmiga hayot sharoitining ta’siri hech kimda shubxatug`dirmaydi. Biroq Darvin tashqi muhit sharoiti organizmga bevosita ta’sir ko’rsatib, yangiturlarni vujudga keltirishi mumkinligini tasdiqlovchi dalillarga ega emasligini qayd qildi. Darvinhayvonlar bilan O’simliklardagi geografik o’zgaruvchanlikni atroflicha o’rgandi. chunki uko’pchilikning taxminiga ko’ra, muhitning bevosita ta’siri tufayli yangi turlar paydobo’lishiniisbotl ovchi dalil sifatida xizmat qilishi mumkin. Geografik dalillar iqlim organizmlarningo’zgarishiga ta’sir etishini ko’rsatuvchi omillardan biri ekanligini tasdiqlaydi, Lekin Darvin faqatiqlimning o’zi turlarning paydobo`lishi uchun yetarli emasligini ta’kidladi.
Darvin ba’zi bir hayvonlarda o’z funksiyasini yo`qotgan organlar uchrashi xodisasigaham diqqat-e’tiborini jalb etdi. Masalan Madeyra va Kyergelen orollarida yashaydigan hasharotlar teshkirilganda, ularning ko’pchiligi qanotsizligi va shunga ko’ra ucha olmasligi ma’lumbo’ldi . SHuningdek, sut emizuvchilarning yer tagida yashovchi ba’zi vakillari, masalan,krotlarda ko`z yaxshi rivojlanmasdan rudiment .holda bo’ladi, Bunday xodisalarni ba’zi olimlar organlarning mashq qilmasligi natijasi deb tushuntirishga intiladilar. Bunday mulohazalarningnoto`g`riligi o’z-o’zidan ayon, CHunki okean orollarida yashaydigan hasharotlar, odatda, mashqqila olmasa ham qanotining xitin plastinkalari reduktsiyaga uchragan, lekin qanot muskullari esasaqlanib qolgan. G’orlarda yashaydigan hayvonlarda ko’zning reduktsiyaga uchrashi, sezgiorganlarining kuchli rivojlanishi bilan kompensatsiyalashgan. Hayot faoliyatida organlartuzilishidagi bunday o’zaro muvofiqlikni organlarni mashq qilish –qilmasligi g’oyasi bilan aslotushuntirib bo’lmaydi.
Darvin organizmlardagi individual o’zgaruvchanlik xonaki hayvonlarda, madaniyo’simliklarda qanday vazifalarni bajarsa ,tabiiy sharoitda yashaydigan hayvon va o`simliklardaham Shunday vazifani bajaradi, deb taxmin qiladi. Tabiiy sharoitda hammuhit individualo’zgaruvchanlikni vujudga keltiruvchi manbadir. Tashqi muhitning nomuayyan ta’siri xilma-xil,bu omil yaxshi ifodalanmagan individual farqlarni keltirib chiqaradi. Biroq turlar o’zgarmas,degan g’oya hukmronlik qilgan davrda organizmlardagi individual o’zgaruvchanlik, turlar
o’rtasidagi farqni aniqlashga e’tibor berilmadi hamda turga kiruvchi organizmlar aynan o’xshashdegan fikr keng tarqaldi. Shunga ko’ra, XIX asrning o’rtalariga kelib, Darvin oganizmlar o’rtasidari individualfarqlar xaqiqatan mavjudligini juda kam misollar bilan isbotlashga muvaffaq bo’ldi. Yaxshiifodalanmagan individual farqlardan tarixiy jarayonda qanday qilib turlarning o’zgarishiro’yobga chiqaadi? Bu masalani Darvin tabiiy tanlanish ta’limoti bilan tushuntirib berdi.
Yuqorida bayon etilganlardan ko’rinib turibdiki, tabiiy sharoitda organizmlardagi o’zgaruvchanlik problemasi yaxshi o’rganilmagan bir davrda Darvin organizmlarning ishividualo’zgaruvchailigi bilan organik formalarning tarixiy jarayonda o’zgarishi o’rtasida katta farqborligini e’tirof etdi. Inson ishtirokida nav va zot chiqarish jarayoni bilan tabiiy sharoitdaturlarning paydobo’lishi jarayoni o’rtasida katta ayirma borligini u yaxshi tushunsa ham, lekinbu ikki jarayon o’rtasida qanday umumiylik borligini tolishga o’z diqqat-e’tiborini qaratdi vanihoyat xo’jalikda ham, tabiatda ham individual o’zgaruvcharlikning sabablari va formalari birxil ekanligini aniqladi. Bu jihatdan Darvin ta’limoti Uollesning gipotezasiga nisbatan katta afzallikka ega. Chuiki Uolles zot, nav chiqarish jarayoni bilan tur paydobo’lish jarayonio’rtasidagi o’zaroo’xshashlikni xayoliga hayoliga ham keltirmagan edi.

Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin