Qazilma oraliq forma- arxeopteriks Paleontologik qatorlar- bu evolyutsiya jarayonida bir-biri bilan bog’langan bo’lib, filogenez yo’naliShini aks ettiruvchi qazilma formalar qatoridir. Bunga misol qilib V.O. Kovalevskiy tomanidan otlar evolyutsion qatorining yaratiliShini ko’rsatiSh mumkin. 100 minglab, 100 mln.lab yillarni o’z ichiga oladigan makroevolyutsion jarayonlarni o’rganiShda qo’llaniladigan paleontologik metodlar bir necha 100ming yillarni o’z ichiga oladigan makroevolyutsion jarayonlarni o’rganiShda qo’llanilmaydi.
Biogeografik metodlar. MatYeriklarning ShakllaniShi bilan bog’liq xolda ularda rivojlangan fauna va floralarning rivojlanishi va tarqaliShi o’rganiladi.
Morfologik metodlar.Evolyutsiyada qo’llaniladigan morfologik metodlar (soliShtirma-anatolik, gistologik va boshqalar) organizmlarning ichki o’xShaShliklari asosida taqqoslanayotgan formalarning qon-qarindoShligi aniqlandi. Kelib chiqiShi, tuziliShi o’xShaSh, bajaradigan funktsiyalari xar xil bo’lgan organlar gomologik organlar deyiladi. Kelib chiqiShi xar xil, ammo o’xShaSh funktsiyalarni bajaruvchi organlar anologik organlar deyiladi.
Embriologik metodlar yordamida organizm guruxlarida ontogenetik rivojlanishning dastlabki davrlaridagi o’xShaShlik va farqqa asoslanib tekShirilayotgan organizmlar dastlab bir yoki xar xil tarmoqdan tarqaganligi aniklanadi (2-rasm).
Evolyutsiyaning embriologik dalillari. Molekulyar biologiyada qo’llanadigan taqqoslaSh uslubi bir qancha organizmlar turlarini oqsil va nuklein kislotalar molekulalarini taqqoslab ular filogenetik jixatdan bir-biriga qanchalik yaqinligi aniqlanadi.
Ekologik metod tirik organizmlarning yaShaShi tuxumiga moslaniShlarining axamiyatini ochib bYerad
Evolyutsion tahlimotning boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi.Evolyutsion tahlimot metodologik asos sifatida biologiyaning xilma-xil dalil-lari majmuasi emas, balki har xil darajadagi, ya’ni molekula darajasidan to biosfYera darajasida bo’lgan biologik sistemalarda sodir bo’ladigan voqea-hodisalar o’rtasidagi sababiy bog’laniShlarni o’rganadigan fandir. U mazmuniga ko’ra sintetik xaraktYerga ega. SHunga binoan, u barcha biologiya fanlari — botanika, zoologiya, anatomiya, embriologiya, fiziologiya, biogeografiya, bioximiya, tsitologiya, gistologiya, genetika, paleontologiya, molekulyar biologiya ekologiya, selektsiya, chorvachilik, o’simlikShunoslik, parazitologiya, mikrobiologiya va Shu kabi boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Evolyutsion tahlimotning muayyan fan sohalari bilan bog’liqligi ikki tomonlamadir. Bir tomondan, u xususiy biologiya fanlarida to’plangan dalillarni xulosalab, umumbiologiya qonunlarini yaratadi. Ikkinchi tomondan, bu qonunlar biologiyaning sohalari uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Yirik evolyutsionist K. A. Timiryazev o’simliklar bilan hayvonlarning hayoti to’g’risidagi fanlar faqat evolyutsion tahlimot asosida ijobiy rivojlanishi mumkin, deb tahkidlagan edi. I. I.Mechnikov ShamollaSh jarayoni va immunitet tabiatini tushun iSh faqat organizmning hayotiy reaktsiyalariga evolyutsion nuqtai nazardan yondoShilganda to’g’ri hal etiliShi mumkin, degan. To’g’ri, boshqa biologiya fanlari, chunonchi, qiyosiy va ekspYerimental morfologiya, fiziologiya, ekologiya, genetikadagi kabi, evolyutsion tahlimotning ham tasviriy, analitik, sintetik, tajriba usullari keng qo’llaniladi. Evolyutsiya jarayonini o’rganiShda yuqoridagilardan taShqari, tabiiy populyatsiyalarni har tomonlama tahlil qilib, ularning tarkibini, mavsumiy va mahalliy Sharoit ga qarab o’zgariShini aniqlaSh, uni ekspYerimental Sharoit da tadqiq qiliSh usullaridan foydalaniladi. Bu evolyutsion tahlimotning xususiy usuli bo’lib xizmat qiladi. Evolyutsion tahlimot barcha biologiya fanlari yutug’ini o’zida mujas-samlaShtirgani uchun ana Shu fanlar zaminida rivojlanadi. Biroq qayd qilingan faktlar evolyutsion tahlimotning kelgusi rivojlanishini to’liq tahminlay olmaydi. CHunki bu fanlarda yaratilgan nazariyalar tarqoq, xususiy xaraktYerda bo’lib, matYeriallarni bir tomonlama qamragan fanning u yoki bu Shoxobchasiga xosdir. Evolyutsion tahlimotda esa turli biologiya bilimlarining sintezi namoyon bo’ladi.
Evolyutsion tahlimot faqat boshqa biologiya fanlarida to’plangan dalillarni umumlaShtiriSh, xulosalaSh bilan cheklanmay, balki o’zi ham, Shu fanlardan mustasno, turli muammolarni hal etadi.