Qadimgi ko’p hujayrali organizmlar Koloniya bo’lib yaShaydigan formalarda har bir hujayra mustaqil oziqlanadi va hazm jarayoni hujayra ichida ro’y beradi. Lekin volg’voksning koloniyasi yuqoridagilarga qaraganda ancha murakkab tuzilgan. U bir nechtadan to 60—75 mingtagacha hujayradan taShkil topgan. Volg’vokslarda ko’p hujayrali organizmlarning ba’zi bir xossalari namoyon bo’ladi. Koloniyadagi hujayralarning protoplazma iplari bilan bir-biriga bog’laniShi, hujayralar harakatining o’zaro moslaShganligi, hujayralarda bir qator diffYerentsiyalaniSh ro’y bYeriShi, ya’ni somatik va jinsiy hujayralarga ajraliSh Shular jumlasidandir. Binobarin, hozirgi vaqtda ham tabiatda tarqalgan sodda organizmlarning Shunday vakillari borki, ularning tuziliShi ko’p hujayrali organizmlar ontogenezining muayyan ilk bosqichlariga to’g’ri keladi. Biogenetik qonunga ko’ra, ontogenezda filogenez qisqacha takrorlanadi. Modomiki Shunday ekan, u holda ko’p hujayrali organizmlarning filogenezida ro’y bYergan o’zgariShlar ontogenetik rivojlanishida o’z ifodasini topiShi kerak. Mechnikov mulohazasiga ko’ra, kovakichlilarning ikki qavatli embrioniga mos keladigan forma, ya’ni blastula devoridagi hujayralar ayrimlarining ichkariga migratsiya qiliShi hisobiga endodYerma qavat vujudga keltiriladigan forma qadim zamonlarda bir hujayralilardan dastlabki ko’p hujayralilarning kelib chiqiShini isbotlovchi forma bo’liShi mumkin. Mana Shunday gipotetik ajdodni u fagotsitella deb nomlagan. Uning taxminiga ko’ra, fagotsitella taShqi hujayralar qatlami xivchinlarga ega, ichki hujayralar qatlami, o’sha xivchinlarni yo’qotib, amyobasimon Shaklga kirgan dastlabki ko’p hujayrali organizm ko’riniShida bo’lgan.
Bu trilobit bundan taxminan 500 mln. yil ilgari yashagan
Sinov savollari: 1.Xayotning paydo bo’liShi to’g’risida qanday farazlar mavjud?
2.Italiya olimi Franchesko Redi o’z tajribasi bilan nimani isbotlab berdi?
3. SHved olimi Arreniusni panspYermiya farazi kosmzoylar farazidan nimasi bilan farq qiladi?
4.Fagotsitella gipotezasini kim yaratgan?